Qarshimaxsusenergomontaj” mchJ tarixi haqida umumiy ma’lumotlar


-rasm. Tarmoq variantlari



Download 395,36 Kb.
bet10/12
Sana16.06.2022
Hajmi395,36 Kb.
#675903
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Alisher ilmiy amaliyot hisobot

7.1.2 -rasm. Tarmoq variantlari:

        1. liniya; b) ikkita parallеl liniya; bitta v) liniya-transformator bloki.


Ziyon aniqlanadi:


Z S  (1 Е )К U
2 2 К 2 2
Uv  Тv Рк ЕNUоv ,

Bu yеrda ω - uzilish oqimi paramеtri (bir yilda o'rtacha uzilishlar soni); TV – o'rtacha yillik tiklash vaqti, yil uzilish;
Rk – mе‘yoriy tartib uchun jami yuklama yigindisi, kVt; ЕN – istе‘molchi yuklamasini chеklash koeffitsiyenti;
UOV – elеktr ta‘minotining majburiy uzilishi oqibatidan kеladigan hisobiy solishtirma yillik ziyon ming so'm/kVt.yil.
Elеktr tarmoqlari elеmеntlarining ω va TV ko'rsatkichlari ma‘lumotnomadan olinadi.
ЕH koeffitsiyenti shu tartibdagi uzilishda o'chirilishi zarur bo'lgan yuklamani mе‘yoriy tartibdagi jami yuklama yig'indisi nisbatiga tеng. Elеktr ta‘minoti to'liq uzilsa, ЕN=1 ga tеng. To'la zaxiralangan tarmoqda 7.1.2 b-rasm) ЕN=0.
РNЕN –kattaligi, uzilishdan o'chiriladigan yuklama quvvatiga tеng.
Ziyonning solishtirma ko'rsatkichlari chiziqlardan yuklama tarkibiga va ЕH ga

bog'liq holda aniqlanadi.
Yuqorida ko'rsatilgan ziyonning ifodasi elеktr tarmog'ining bitta elеmеntini avariyali o'chirish mumkin bo'lgan holatga tеgishli. Haqiqatdan elеktr tarmog'ida avariya natijasida bir nеchta elеmеntlar: liniyalar, transformatorlar, o'chirgichlar, shinalar va boshqalar o'chirilishi mumkin:. Shuning uchun, bu holatdagi o'rganilayotgan tarmoq uchastkasining tarkibiy almashtiruv sxеmasi tuziladi.
7.1.2 b– rasm – parallеl ulangan elеmеntlarning tarkibiy sxеmasi
7.1.2 v– rasm – kеtma-kеt ulangan elеmеntlarning tarkibiy sxеmasi.
Kеtma-kеt ulangan elеmеntlardan tashkil topgan tarmoqning tarkibiy sxеma shoxobchasi uchun majburiy (avariyasi) bеkor to'xtab turishdan ziyonning matеmatik kutilishi UV aniqlanadi:

Bu yеrda KV – majburiy bеkor to'xtab turish koeffitsiyenti, (nisbiy birlikda). Tarmoqning bir elеmеnti uchun


Кв ωТв
Elеktr tarmoqlarini loyihalash vaqtida ishonchlilikni hisobga olish uchun tarmoq elеmеntlarini avariyali o'chirilishidan tashqari rеja asosida o'chirilishini ham (rеjali ta‘mirlash paytida) hisobga olish kеrak. Bunda, avariyali va rеjali bеkor to'xtab turish sababli elеktr ta‘minotini uzulishidan ko'rilgan ziyonlarning matеmatik kutilishlari yig'indisi xarajat tarkibiga kiritiladi.

7.8. Balandlikda ishlarni olib borish qoidalarini o’rganish, ularga qoʻyiladigan talablar, 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishda ish olib borishda bajariladigan tadbirlar va sinov meʼyorlari boʻyicha koʻrsatmalar.


Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini ishlatish man qilinadi.
1.1.3. Himoya vositalari, ularni amalga tadbiq Qilish harakteriga qarab ikki turga boʻlinadi: kollektiv himoya vositalari, shaxsiy himoya vositalari (GOST 12. 4. 011-75).
Elektr uskunalari konstruksiyalarining himoya vositasi funksiyasini bajaruvchi (muntazam toʻsiqlar, statsionar yerga ulagich pichoqlar va hokazolar) qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi.
1.1.4. Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- izolyatsiyalovchi shtangalar (operativ, oʻlchov, yerga ulagichni oʻrnatish uchun), izolyatsiyalovchi va elektr oʻlchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari uchun), kuchlanish koʻrsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish koʻrsatgichi va hokazolar;
- 1000 V dan yuqori kuchlanish ostida taʼmirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladigan izolyatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yigʻuv asboblari;
- dielektrik qoʻlqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolyatsiyalovchi qoplamalar va izolyatsiyalovchi tagliklar;
- shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
- koʻchma yerga ulagichlar;
- toʻsiq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish olib borilganda himoya koʻzoynagi va kaskalar, protivogazlar, qoʻlqoplar, montyorning himoya belbogʻlari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash mumkin.
1.1.5. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi va elektr oʻlchovchi qisqichlar, kuchlanishni koʻrsatgichlar, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish koʻrsatgichlari;
- elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok oʻtkazuvchi qismlarga tegib turib taʼmirlash ishlarini olib borishda qoʻllaniladigan izolyatsiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolyatsiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolyatsiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun moʻljallangan koʻchma minoralar va hokazolar).
1.1.6. Asosiy himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismi dielektrik xususiyati chidamli boʻlgan materiallardan (chinni, qogʻozbakilet quvurlari, ebanit, getinaks, yogʻoch qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va hokazolardan) tayyorlanishi zarur.
Oʻziga nam tortuvchi materiallar (qogʻozbakelit quvurlar, yogʻoch va boshqalar) namga chidamli lak bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan boʻlishi kerak.
1.1.7. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qoʻllaniladigan qoʻshimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- dielektrik qoʻlqoplar;
- dielektrik etiklar;
- dielektrik gilamchalar;
- shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
- izolyatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
- dielektrik qalpoqlar;
- koʻchma yerga ulagichlar;
- toʻsiq qurilmalari;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1.1.8. 1000 V kuchlanishgacha boʻlgan elektr uskunalarida qoʻllaniladigan asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- izolyatsiyalovchi shtangalar;
- izolyatsiyalovchi va elektr oʻlchovchi qisqichlar;
- kuchlanish koʻrsatgichlari;
- dielektrik qoʻlqoplar;
- izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yigʻuv asboblari.
1.1.9. 1000 V kuchlanishgacha boʻlgan elektr uskunalari uchun qoʻshimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
- dielektrik kalishlar;
- dielektrik gilamchalar;
- koʻchma yerga ulagichlar;
- izolyatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
- toʻsiq qurilmalari;
- xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1.1.10. Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar asosida, “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Sanoat chastotasida ishlayotgan oʻzgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish meʼyorlari va qoidalari“ hamda boshqa tegishli meʼyoriy texnik hujjatlar bilan, shuningdek, mazkur hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab aniqlanadi.
1.1.11. Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qoʻshimcha himoya vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham ishlatiladi.
1.1.12. Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning1 (Bu yerda va bundan kyoyin kuchlanish deganda himoya vositalari uchun moʻljallangan kuchlanish sinfi tushuniladi.) eng yuqori qiymatida ishlatishga moʻljallangan boʻlishi zarur (GOST 1516.1-76 va 20690-75).
1.2. Himoya vositalaridan foydalanish tartibi. Umumiy nizomlar
1.2.1. Elektr uskunalariga xizmat koʻrsatuvchi xodim xavfsiz ish bajarilishini taʼminlovchi barcha zarur himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Himoya vositalari inventar sifatida taqsimlovchi uskunalar, elektrostansiya sexlari, elektr tarmoqlarini taqsimlovchi punktlari va transformator podstansiyalarida saqlanishi yoki tezkor harakatdagi brigada, markazlashgan taʼmirlash brigadasi, koʻchma laboratoriya va hokazolarning inventar mulkiga kiritilishi hamda shaxsiy foydalanish uchun berilishi mumkin.
1.2.2. Inventar himoya vositalari ishlatishni tashkil qilish sistemasi, mahalliy sharoitlar va keltirilgan komplektlash meʼyorlari (6-ilova) asosida obyektlar, tezkor chiqadigan brigadalar va boshqalar oʻrtasida taqsimlanadi. Himoya vositalarining saqlanish joyini koʻrsatgan holda ushbu taqsimlanish roʻyxatlarda qayd etilgan boʻlishi va u korxona bosh muhandisi yoki tuman elektr tarmoqlari boshligʻi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
1.2.3. Xodimlarni oʻz vaqtida himoya vositalari bilan taʼminlash va elektr uskunalarini meʼyorlariga muvofiq sinovdan oʻtkazilgan himoya vositalari bilan komplektlash, ularni toʻgʻri saqlashni tashkil kilish va zarur zaxirani hosil qilish, muntazam kuzatuv va sinovlarni oʻz vaqtida olib borish, yaroqsiz himoya vositalarini chiqarib tashlash hamda himoya vositalarini hisobga olishni tashkil qilish javobgarligi sex, xizmat joyi, podstansiya, elektr uzatish tarmoqlari uchastkasi boshligʻi va uchastka ustasi zimmasida boʻladi, umumiy korxona boʻyicha esa maʼsuliyat bosh muhandisga yuklatiladi.
1.2.4. Alohida elektr uskunalari uchun berilgan himoya vositalari yaroqsiz boʻlib qolganligi aniqlangan taqdirda, ushbu uskunani ishlatuvchi xodim himoya vositasini ishlatishdan darhol chikarib tashlashi, 1.2.3-bandda koʻrsatilgan shaxslardan biriga maʼlum qilishi va himoya vositalari qayd etiladigan jurnalga yoki operativ hujjatlarga yozib qoʻyishi zarur.
1.2.5. Himoya vositalarini yakka oʻzi ishlatish uchun olgan shaxslar ushbu himoya vositalarini toʻgʻri ishlatishga va oʻz vaqtida yaroqli-yaroqsizligini aniqlashga javob beradilar.
1.2.6. Himoya vositalarining sozligi va ishlatishga yaroqliliga taʼminlanadigan sharoitda saqlash va tashish zarur. Shuning uchun ular namlikdan, ifloslanishdan va mexanik buzilishlardan himoyalangan boʻlishi kerak.
1.2.7. Himoya vositalari berk xonalarda saqlanishi zarur. Rezinadan tayyorlangan himoya vositalari maxsus shkaf, tokcha, quti va hokazolarda alohida saqlanishi kerak. Ular yogʻ, benzin va rezinani yemiradigan boshqa moddalardan, hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nuri va isitkich asboblari taʼsiridan himoyalangan boʻlishi lozim. Ombordagi zaxiraga olib qoʻyilgan rezinadan tayyorlangan himoya vositalari harorati 0 - 25°S boʻlgan quruq xonalarda saqlanishi kerak.
1.2.8. Izolyatsiyalovchi shtanga va qisqichlar xona devorlariga tegmaslik hamda egilmaslik choralari koʻrilgan holatda saqlanishi zarur. Kuchlanish koʻrsatgichi va elektr oʻlchovchi qisqichlar jild yoki gʻiloflarda saqlanishi lozim. Koʻchma yerga ulagichlarni saqlashga moʻljallangan maxsus joylarga tartib raqami qoʻyiladi, ularning raqamlari koʻchma yerga ulagichlardagi raqamlarga mos kelishi kerak.
1.2.9. Protivogazlar maxsus sumkalarga joylangan boʻlib, quruq xonalarda saqlanishi shart.
1.2.10. Ishlatilayotgan himoya vositalari maxsus ajratilgan joylarda, odatda, xonalarning kirish joylarida va elektr uskunalarini boshqaruv shchitlarida joylashtiriladi. Ushbu joylarda himoya vositalarining roʻyxati boʻlishi kerak. Saqlanish joylarida shtangalar, qisqichlar, koʻchma yerga ulagichlar, xavfsizlik plakatlari va belgilari uchun kronshtyoyn yoki ilgaklar boʻlishi, shuningdek, dielektrik qoʻlqop, dielektrik kalish, dielektrik etik, dielektrik gilamcha, dielektrik qalpoq, izolyatsiyalovchi taglik va qoplama qoʻlqop, himoya belbogʻi va arqonlari, himoya koʻzoynagi, protivogaz va kuchlanish koʻrsatgichlar va boshqalar uchun shkaflar hamda tokchalar bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
1.2.11. Tezkor chiqadigan va taʼmirlash brigadalari, laboratoriyadagi yoki shaxsiy foydalanishda boʻlgan elektr himoya vositalari quti, sumka yoki jildlarda saqlanishi lozim.
1.2.12. Kuchlanish ostida taʼmirlash ishlarini olib borishda ishlatiladigan izolyatsiyalovchi vositalar quruq va havosi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi, ularni tashishda va ochiq havoda vaqtinchalik saqlaganda jildlarga solingan boʻlishi zarur. Izolyatsiyalovchi qurilmalar va moslamalarni ishlatishdan oldin quruq latta bilan artish, ishlatish mobaynida namlanishiga yoʻl qoʻymaslik talab qilinadi. Izolyatsiyalovchi vositalar namiqqan boʻlsa, ularni quritish va navbatdan tashqari elektr sinovidan oʻtkazish darkor.
Himoya vositalari holatini nazorat qilish va ularning hisobini olib borish
1.2.13. Raqamlanishi zarur boʻlmagan gilamchalar, tagliklar, hamda xavfsizlik plakatlari va belgilaridan tashqari, ishlatilayotgan barcha izolyatsiyalovchi himoya vositalari, himoya belbogʻlari ham raqamlangan boʻlishi zarur. Elektrostansiya, elektr tarmoqlari va podstansiyalarda har bir himoya vositasi uchun alohida raqamlanadi. Inventar raqamlar bevosita himoya vositasiga yozib qoʻyiladi.
Agar himoya vositalari bir necha boʻlaklardan iborat boʻlsa (kuchlanish koʻrsatgichlari, izolyatsiyalovchi shtangalar va hokazolar), ushbu vosita uchun umumiy boʻlgan raqam jami boʻlaklarga alohida yozilishi zarur. Himoya vositalarining raqami barcha boʻlaklarda bir xilda boʻlsa, zavod raqamini qoʻllash mumkin.
1.2.14. Elektrostansiya sexlari, podstansiya (markazlashtirilgan xizmat koʻrsatilganda boʻlim va uchastkada) laboratoriya, qurilish-montaj tashkilotlari uchastkalari va boshqa joylarda himoya vositalarini hisobga oluvchi va holatini nazorat qiluvchi, ularning nomi va raqami qayd qilingan, saqlanish joyi koʻrsatilgan, vaqti-vaqti bilan sinash va koʻrikdan oʻtkazish muddati koʻrsatilgan qayd etish jurnali olib borilishi zarur. Jurnal tavsiya qilingan shaklda (1-ilovaga qaralsin) toʻldirilib borilishi va har 6 oyda bir marta himoya vositalari holatiga javobgar maʼmuriy texnik xodim tomonidan nazorat qilib turilishi zarur. Shaxsiy foydalaniщda boʻlgan himoya vositalari ham, himoya vositalarini hisobga olish va saqlash jurnalida qayd kilinishi, ularning berilgan vaqti va xodimning vositani olganligi toʻgʻrisidagi imzosi boʻlishi zarur.
1.2.15. Himoya vositalari tayyorlangandan soʻng har bir himoya vositasi namunasini qabul qilish va topshirish, davriy (vaqti-vaqti bilan) va namunaviy sinovlardan oʻtkazish talab qilinadi (GOST 16504-81). Ishlatilayotgan himoya vositalari davriy va navbatdan tashqari (taʼmirlashdan kyoyin oʻtkaziladigan) sinovlardan oʻtkazilishi lozim.
1.2.16. Izolyatsiyalovchi tagliklar, dielektrik gilamchalar, koʻchma yerga ulagichlar, toʻsiqlar, plakat va belgilardan tashqari, zavodlardan yoki omborlardan ishlatish uchun olingan hamma himoya vositalari ishlatish sinovlari meʼyorlari boʻyicha sinovdan tekshirilishi shart.

AYRIM TURDAGI HIMOYA VOSITALARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR VA ULARDAN FOYDALANISH QOIDALARI


2.1. Elektr himoya vositalari. Umumiy nizomlar
2.1.1. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismi dastak tomonidan elektr izolyatsiyalovchi materialdan qilingan ajratgich halqa yoki tirgovich bilan ajratiladi. Ajratgich halqaning tashqi diametri dastakning tashqi diametridan kamida 10 mm ga ortiq boʻlishi kerak. Izolyatsiyalovchi qism bilan dastak chegarasini faqat boʻyoq bilan ajratib qoʻyish man qilinadi. Ajratgich halqa esa izolyatsiyalovchi qismning bir boʻlagi hisoblanadi. 1000 V kuchlanishgacha boʻlgan elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalaridagi tirgovichning balandligi texnik shartlarda keltirilgan talablarga mos kelishi lozim.
Himoya vositalarini ishlatish jarayonida ularning ajratgich halqa yoki tirgovichni tashqarisidagi izolyatsiyalovchi qismiga tegish man qilinadi.
2.1.2. Elektroizolyatsiyalovchi trubkadan qilingan himoya vositalari konstruksiyasida trubka ichiga chang va suv kirishiga qarshi chora koʻrilgan boʻlishi zarur. Ushbu talab izolyatsiyalovchi chang tortuvchi shtangalarga taalluqli emas.
2.1.3. Shtanga va kuchlanish koʻrsatgichlarning konstruksiyasi va ishchi qismining oʻlchamlari uskunalarning (qutblari) fazalari orasida va ularni yerga ulangan qismiga nisbatan tutashuviga imkon bermasligi darkor.
2.1.4. Izolyatsiyalovchi himoya vositalarining laklangan yuzasi buzilgan yoki boshqa nosozliklar aniqlangan taqdirda ularni ishlatish man qilinadi.
2.1.5. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida izolyatsiyalovchi shtangalar (oʻlchov shtangalaridan tashqari) yerga ulash uchun, izolyatsiyalarni changdan tozalash uchun izolyatsiyalovchi qisqichlar, elektr oʻlchovchi va kuchlanish koʻrsatgichlaridan dielektrik qoʻlqop kiyib foydalanish zarur. Oʻlchov shtangalari bilan ishlaganda dielektrik qoʻlqopdan foydalanish zarur emas.


Download 395,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish