Qonun hujjatlaridan foydalangan holda vaziyatga huquqiy baho bering


Qonun hujjatlaridan foydalangan holda vaziyatga huquqiy baho bering



Download 26,3 Kb.
bet2/2
Sana29.01.2022
Hajmi26,3 Kb.
#416360
1   2
Bog'liq
mamuriy huquq

Qonun hujjatlaridan foydalangan holda vaziyatga huquqiy baho bering

Masalaga huquqiy tomondan yondashadigan bo`lsak, avvalo ushbu Qarshi shahridagi muammoli vaziyatni mayda qismlarga bo`lib sharhlashimiz zarur. Negaki bir qaraganda ushbu vaziyat o`ta qiyindek tuyulishi mumkin, ammo masalaga atroflicha yondashib, uning har bir detaliga e`tibor qaratadigan bo`lsak unchalik ham qiyin emasligini ko`rishimiz mumkin.


Ushbu masalani aysbergga qiyoslaydigan bo`lsak, uning ustki qismi oilaviy masalalar, okean tubidagi qismida esa ma`muriy masalalar, ya`ni ma`muriy huquqqa borib taqaladi. Quyidagi ma`muriy munosabatni tahlil qilishdan avval munosabat ishtirokchilarini ajratib olamiz. Buning uchun eng avvalo ma`muriy munosabat, ma`muriy organ, ma`muriy hujjat nima degan savolga javob topib olsak maqsadga muvofiq bo`ladi.
Buning uchun O`zbekiston Respublikasining “Ma`muriy tartib-taomillari to`g`risida”gi qonunga murojaat qilamiz va fikrimizni qonuniy tasdiqlab o`tamiz. “Ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar”1.
Keling, endi ushbu munosabatdagi ma`muriy organni aniqlashtirib olamiz. Bunda taraflardan biri, ya`ni mahalliy ijroiya hokimiyat organi – bu Qarshi shahar hokimi. Ikkinchi taraf esa, ya`ni ham manfaatdor shaxs, ham adresat – Z. Qo`ldosheva. Ushbu munosabatdagi har ikkala tarafda ham qonuniy vakolat doirasi va huquqlari mavjuddir. Ularni kengroq yoritib o`tsak. Bunda ma`muriy organ ma`muriy hujjat chiqazishi, chiqazgan ma`muriy hujjatning ijrosini ta`minlashi va uni nazorat qilish huquqiga ega. Ma`muriy munosabatda ishtirok etayotgan manfaatdor shaxs chiqazilgan ma`muriy hujjat yuzasidan ma`muriy tartibda yoki sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Endi ma`muriy hujjat tushunchasiga to`xtalib o`tsak.
“Ma’muriy hujjat — ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi”2.
Quyidagi munosabatdagi ma`muriy hujjat bu Qarshi shahar hokimining 2018-yil 16-iyundagi Q-15/02-sonli voyaga yetmaganni mehribonlik uyiga vaqtincha joylashtirish to‘g‘risidagi qarori. Ma`muriy hujjatni chiqazishda ma`muriy organ ushbu talablarga rioya qiladi:
1.Qonuniy
2.Asoslangan
3.Adolatli
4.Aniq
5.Tushunarli
Yuqoridagi ma`muriy hujjatning qay darajada qonuniy, asoslanganligi, adolatliligi, aniqligi, tushunarliligiga izoh berib o`tsak.
Qarshi shahar hokimi nima sababdan A.Qoʻldoshevni mehribonlik uyiga vaqtichalik joylashtirgan degan savol tug`ilishi mumkin bizda ? Ko`z oldimizga keltirishimiz uchun tahmin qilib ko`ramiz. Balki ushbu bolaning ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilinayotgandir. Bunda bizga oila kodeksining 79-moddasi yordam beradi. Oila kodeksining 79-moddasida ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari doirasi sanab o‘tilgan.
Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa; uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa; ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa; muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, o‘z bolalarining hayoti va sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.3
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar — alohida g‘amxo‘rlikka, shuningdek o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, ota-onalik huquqidan mahrum etilmagan ota-onasi bo‘lgan hamda bolalarning hayoti yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘dirayotgan yoki ularning ta’minoti, tarbiya va ta’lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan bolalar, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar.
Aytish joizki, voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mavjud huquqiy tizim har tomonlama mukammalligini namoyon qiladi desak mubolag`a bo`lmaydi. Shu bilan birga, milliy urf-odat va an’analarimizga mos ravishda voyaga yetmaganlarga ta’lim-tarbiya berishga imkon beradi. Zero yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Bizning vazifamiz, kerak bo‘lsa, oliy burchimiz – farzandlarimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan uyg‘un rivojlangan, zamonaviy bilim va tajribalarni puxta egallagan, Vatanimiz va xalqimiz kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha-barcha ishlarni amalga oshirishdan iboratdir”.4
Masalaning tub mohiyatiga yetish uchun mana endi vasiylik va homiylik qanday organ ekanligiga to`xtalib o`tamiz;
Vasiylik — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli;
Homiylik — o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin;
Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
Masalaning ikkinchi tomoniga o`tadigan bo`lsak, ushbu munosabat bo`yicha chiqarilgan ma`muriy hujjat qay darajada qonuniy ekanligini aniqlashtirish uchun masalaga ikki xil yondashamiz. Agar ota voyaga yetmagan farzandini mehribonlik uyiga joylashtirayotganda ona farzand tarbiyasi bilan qiziqmagan, tarbiyasi buziq yoki farzandni mehribonlik uyiga joylashtirayotgan paytda chet elda bo`lgan bo`lsa haqiqatan ham mehribonlik uyi direktori farzandni otasining roziligisiz onasiga topshirish mumkin emas. Lekin yuqoridagi sanab o`tgan holatlarimiz mavjud bo`lmagan hollarda onaning roziligisiz farzandni mehribonlik uyiga joylashtirish mumkin emas. Agarda joylashtirilgan hollarda farzandni onaga topshirish kerak hisoblanadi. Albatta bu vaziyatda shahar hokimi masalani atroflicha o`rganib, so`ng qaror chiqarishi kerak.
Fikrimizning so`ngida shuni xulosa qilamizki, fuqaro Z.Qo`ldosheva sudga murojaat qilganligi o`rinli. Bunda ma`muriy tartib-taomillar to`g`risidagi qonunning 63-moddasida ko`rsatilgan tartib bo`yicha murojaat qilishi mumkin.
“Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyatni qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy shikoyatlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi ma’muriy organga yoki boshqa vakolatli ma’muriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud ma’muriy harakatni amalga oshirgan ma’muriy organ orqali berishi mumkin”. 5
Bunda sud hokimning qarorini o`z kuchida qoldiradi yoki bekor qiladi. Ishni ma`muriy sud 2018-yil 25-yanvar kuni ma’muriy sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqib hal etishga doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy ishlarni yuritish to‘g‘risida”gi kodeksi asosida tartibga soladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni;
2. С.А.Муратаев, Б.Т.Мусаев, Д.Р.Артиков. Маъмурий ҳуқуқ ва процесс. – Тошкент: Тошкент давлат юридик университети, 2019. – 418 б;
3. Б. Мусаев, Д. Артиков, Б.Қосимов Маъмурий ҳуқуқ ва процесс. – Т.: ТДЮУ нашриёти, 2019. – 165 бет.

FOYDALANILGAN INTERTET SAYTLARI



1. www.norma.uz
2. www.lex.uz
3. https://library.sbtsul.uz
4. https://library.tsul.uz

1 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son

2 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son.

3 Oila kodeksi 79-modda

4 Karimov I.A. “2014-yil yuqori oʻsish surʼatlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, oʻzini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili boʻladi”. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maʼruzasi. Xalq soʻzi, 2014-yil 16-yanvar.

5 Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son.


Download 26,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish