Qurilish vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


Ohak bog‘lovchilarni qotishi



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/164
Sana31.12.2021
Hajmi4,47 Mb.
#225763
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   164
Bog'liq
boglovchi-moddalar

 
Ohak bog‘lovchilarni qotishi 
Ohakni  turiga  va  qotish  sharoitlariga  ko‘ra  qotish  uchta  turga  bo‘linadi: 
karbonatli, gidratli, gidrosilikatli. 
1.  Karbonatli  qotish  -  so‘ndirilgan  ohak  asosida  tayyorlangan  beton  va 
qorishmalarni uglekislota ta’sirida asta-sekin qotishi. 
Sa(ON)
2
-SO
2
-
n
N
2
O-SaSO
3
-(nQ1)N
2
O karbonatli qotish havo quriq sharoitlarda 
sekin va yillar davomida o‘tadi. Karbonlashish yuzagi qatlamlardan boshlanadi, SO
2
 
dan iborat zich qatlam hosil bo‘lib qorishma va betonlarni ichki qatlamlariga suv va 
SO
2
  o‘tishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Shu  munosabat  bilan  karbonlashish  jarayoni 
kristallanish markazlarni hosil qilib beradi, bu esa o‘z navbatida karbonatli ohakni tez 
qotishini va o‘ta mustahkamlikni ta’minlaydi.  
Qorishmadan  suv  bog‘langan  sari  ohak  hamirning  gel  massasi  zichlanadi  va 
mustahkamlanadi. Kalsiy gidrat oksidi karbonlashadi qattiq fazaning hajmi kengayadi 
va qotayotgan qorishmani zichlanishiga va mustahkamlanishiga qo‘shimcha yordam 
beradi.  So‘ndirilgan  ohak  asosida  tayyorlangan  qorishma  va  betonlarni  oddiy 
sharoitda  siqilishga  bo‘lgan  mustahkamligi  bir  oyda  0,5-1  MPa  ga  boradi.  Sun’iy 


72 
 
karbonlashish  natijasida baland  mustahkamlikka  ega  (30-40 MPa)  beton tayyorlash 
mumkin. 
2.  Gidratli  qotish  —  maydalangan  so‘ndirilmagan ohak asosida  tayyorlangan 
qorishma  va  betonni  suv  bilan  ta’sirlashib  asta-sekin  qattiq  toshsimon  moddaga 
aylanish  jarayoni  gidratli  qotish  deb  ataladi.  Bu  holatda  qotish  va  mustahkamlikni 
o‘sishi  Sa(ON)ning  kristallarni  to‘planishiga,  bir-biri  bilan  jipslashib  qurishiga 
asoslangan. 
Gidratli qotish qorishma orqali (Le-Shatelye bo‘yicha) va qattiq fazaga suvni 
qo‘shilishi (A.A. Baykov, Mixaelis) bilan o‘tadi. Jarayonni qaysi yo‘nalish bo‘yicha 
o‘tishi  ohakni  xossasiga,  muhit  haroratiga,  suv  miqdoriga  va  boshqa  omillarga 
bog‘liq. 
Maydalangan  so‘ndirilmagan  ohak  asosida  tayyorlangan  qorishma  va 
betonlarni  quruq  sharoitlarda  uzoq  vaqt  saqlaganda  suv  bug‘lanishi  hisobiga  va 
Sa(ON)
2
 ni mustahkam SaSO
3
 ga o‘tishi mustahkamligi oshiradi. 
Maydalangan ohak suv bilan aralashtirilganda gidratli qotish o‘tadi, bunda SaO 
gidratlanadi  va  gidratatsiya  mahsulotlari  kristallanadi  va  kolloidlanadi.  Oddiy 
sharoitda  gidratli  qotishga  quyidagi  sabablar  to‘sqinlik  qilish  mumkin:  SaO  ning 
gidratlanish juda tez o‘tadi va issiqlik ajralishi bilan natijada suvni bir qismi bug‘ga 
o‘tishi mumkin, bu esa kristallanish jarayonida hosil bo‘lgan strukturani buzilishiga 
olib  keladi.  Bundan  tashqari  CaOni  Sa(ON)

ga  o‘tishida  uning  hajmi  ko‘payishi 
kuzatiladi,  bu  esa  salbiy  holatga  olib  kelishi  mumkin,  ayniqsa  xali  plastik  holatda 
bo‘lsa.  Shuning  uchun  SaO  ning  kristallanishi  jarayonida  strukturani  buzmaydigan 
sharoitlar  tug‘dirib  berilsa,  unda  ohakni  gidratli  qotishi  natijasida  zich  mustahkam 
modda olish mumkin. 
3. Gidro-silikatli qotish - so‘ndirilgan ohak oddiy haroratlar juda sekin qotgani 
va  katta  mustahkamlikka  ega  bo‘lmagani  uchun  uzoq  vaqt  davomida  ularni 
ishlatilishi  sohasi  rivojlanmadi.  1880  yilda  Mixaelis      tomonidan  ohak-qum 
buyumlariga issiqlik ishlovi berish taklif qilindi. Ohak qorishmasida qum sinch rolini 
bajaradi va qorishmani qurishi vaqtida hajmi o‘zgarishga to‘sqinlik qiladi, shu bilan 


73 
 
birgalikda uni g‘ovaklarini ko‘paytiradi, bu esa suv chiqib ketishini yengillashtiradi 
hamda  qum  va  ohak  zarrachalari  orasidagi  bog‘liqlikni  mustahkamlaydi.  Bu  holda 
ularni  mustaxkamligini  tez  ravishda  ko‘tariladi  va  bu  usul  silikatli  g‘isht  ishlab 
chiqarishda  asos  bo‘ldi.  Bu  usul  bilan  ishlab  chiqarilgan  moddalar  baland  bosimda 
(9-13at)  avtoklavlarda  olinadi  va  avtoklav  moddalar  deb  ataladi.  Zarur  bo‘lgan 
mustahkamlikka  xomashyoviy  qorishmadagi  asosiy  moddalar  qum  va  ohak  orasida 
bo‘lib  o‘tadigan  kimyoviy  reaksiya  orqali  erishadi.  Avtoklav  ishlovidagi  yuqori 
harorat  ortiqcha  suv  miqdori  ishtirokida  Sa(ON)
2
  va  qumni  orasidagi  kimyoviy 
reaksiyani  tezlashtiradi. Ohak-qumli qorishmalar  tayyorlashda ohak  miqdori 8-12% 
va kvars qumi (88-92%) olinadi. 
Ilmiy  izlanishlar  shuni  ko‘rsatadiki,  qotish  jaryonida  har  hil  gidrosilikatlar 
yuzaga  keladi,  masalan:  S2SN  -  kalsiy  gidrosilikat  tobermorit  S4S5N5  -  va 
hokazolar. Bu gidrosilikatlarni (past asoslilar SSN(1)) mustahkamligi yuqori, ammo 
sovuqqa chidamligi past. Avtoklav qotishda ohak va SiO
2
 ni suyuq fazada erishadi va 
keyin  kimyoviy  ta’sirlashadi.  Hosil  bo‘layotgan  gidrosilikatlar  eritmadan 
mikrokristall holatda tushadi, ya’ni eritma nihoyatda to‘yingan. Ohak va SiO
2
 yangi 
qismlari  erigan  sari  mayda  va  yirik  kristallarni  o‘sishi  kuzatiladi.  Ularni  o‘sishi 
kristallarni  umumiy  sinch  hosil  qilishini  tashkil  qiladi.  SiO  zarrachalarni  orasidagi 
bo‘shliqlar  kristallar  bilan  to‘ladi.  Kristallar  soni  ko‘paygan  sari  kristall  markaz 
mustahkamlanadi  komponentlarni  reaksiyaga  kirishmagan  zarrachalari  bog‘lanadi, 
mayda  zarrachalar  yiriklashadi  va  bo‘lar  hammasi  mustahkamlikni  oshishiga  olib 
keladi. Shunday qilib, qotish jarayoni 3 ta bosqichga bo‘linadi: 
1. Gidrosilikatlarni kristall o‘simtasi hosil bo‘lishi,
 
ularni o‘sishi. 
2. Kristall o‘simtani 
shakillanishi. 
3.  Kristallararo  kontaktlarni  qayta 
kristallanish 
natijasida  o‘simta 
mustaxkamligini kuchsizlanishi. 
Kalsiy gidrosilikat kristallari ilk bor kolloid holatida hosil bo‘ladi, ammo suvli 
sharoitda va yuqori haroratda vaqt o‘tishi bilan yirik kristallarga o‘tiladi. bug‘lanish 
jarayonining oxirida hosil bo‘lgan moddalar har hil strukturaga ega bo‘lishadi. 


74 
 
Ohak-kremnezemli 
avtoklav 
moddalar 
tayyorlashda 
maydalangan 
so‘ndirilmagan ohak qo‘llaniladi. Kremnezemli modda sifatida kvars qumi, shlaklar, 
kuydirilgan  jinslar,  kullar  qo‘llaniladi.  Ohak-qumli  buyumlar  havo  muhitida  uzoq 
vaqt  turib  qolsa,  ular  havodagi  SO
2
  ta’siriga  duch  keladi.  Bu  holda  bog‘lanmagan 
Sa(ON)
2
 karbonlashadi, so‘ng gidrosilikatlar tarkibidagi SaO ham karbonlashadi. Bir 
vaqtda gidrosilikatlar SiO
2
 ni ajratgan holda bo‘linadi. Buyumlarni mustahkamligini 
yoki o‘zgarmaydi, yoki oshadi. 
Qotish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: 
1. Ohak yoki qumni yoki ikkalasini maydalik darajasini ko‘paytirish masalan: 
Sa(ON)
2
-100
0
S  haroratga  so‘ndirib  yoki  SaO  va  qumni  pishirsa,  buyumlarni 
mustahkamligini 50% ko‘tarish mumkin. 
2. Haroratni ko‘tarish - ohak va SiO
2
 ta’sirlashuvini tezlashtiradi. 
3. Bug‘ bosimini kuchaytirish. 
4. Qo‘shimchalar qo‘llanishi. 
A)  gidrosilikatlar  hosil  bo‘lishini  tezlashtiruvchilar  (KON,  NaON,  NaSO
4

Na
2
SO
4
, NaSl-0,5%). 
B)  aktiv  o‘ta  mayda  qo‘shimchalar  masalan:  SiO
2
,  Al
2
O
3
,  Fl
2
O
3
  yoki  ularni 
birikmalari bo‘lar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 
-  mustahkam  qotuvchi  qo‘shimchalar,  granullangan  domna  shakli,  kullar, 
kuydirilgan mergellar. Bo‘lar qisman yoki butunlay ohakni o‘rniga ishlatish mumkin. 
-  mustaqil  qotishga  egamas  qo‘shimchalar  nordon  gidravlik  qo‘shimchalar  - 
diatomit,  opoka,  gliyaj,  trepellar.  Bu  qo‘shimchalar  oddiy  va  avtoklav  qotish 
qobiliyatiga ega. 
-  faqat  avtoklavda  qotuvchi  qo‘shimchalar  tuproq,  maydalangan  qum, 
qumtuproq, rudalar. 
- kristall ko‘rinishdagi qo‘zg‘atuvchi qo‘shimchalar silikat buyumlarni sinig‘i, 
sun’iy gidrosilikatlar ularni qo‘shish miqdori - 3% gacha. 
 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish