Bob bo‘yicha xulosa
O‘zbek adabiyotshunosligida satira folklor bilan paydo bo‘la boshlagan. Davrlar o‘tishi bilan rivojlandi va lirikaning asosiga aylana boshladi. Mumtoz adabiyotda Yusuf Xos Hojib, Navoiy asarlaridan boshlangan bo‘lsa, Maxmur, Turdi Farog’iy, Muqumiy ijodida yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi.Mumtoz satirik asarlarda, xususan, Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalari tilida ham yangiliklar va yangilanishlar yuz bera boshladi. Ayniqsa, X1X asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi adabiyot namunalarida xalq orasida ko‘p qo‘llanadigan, adabiy tildan mustahkam o‘rin olmagan so‘zlar izchil qo‘llanila boshladi. Bu hol satirik asarlar tilini xalqqa yanada yaqinlashtirdi, ommalashishini tezlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |