Mavzu: kirish


-Dars. V-XII asrlar adabiyoti



Download 0,82 Mb.
bet19/57
Sana12.01.2017
Hajmi0,82 Mb.
#281
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57
3-Dars. V-XII asrlar adabiyoti

Reja:

1. V-XII asrlar tarixiy muhiti

2. Bu davr adabiyoti haqida
O'rta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi va uning oqibatlari. Qudratli turk xoqonligi (551—744) VII asr boshlariga kelib ikkiga ajralib, Sharqiy va G'arbiy qismlarga bo’lindi. 630-680- yillar davomida Sharqiy Turk xoqonligi zaiflashib boradi va barham topadi.

VII asr oxirlarida Ikkinchi Turk xoqonligi tashkil topadi. U Qapag'on xoqon (691—716) davrida, ayniqsa, shuhrat qozonadi.

VII asr oxiri VIII asr boshlarida O'rta Osiyoga bostirib kirgan arablar istilosidan keyin bu xoqonlik ham tarix sahnasidan tusha boshlaydi.

Arablar Eronni to'lig'icha qo'lga kiritadi.


Ular deyarli besh asrdan beri hukmronlik qilib kelayotgan Sosoniylar davlatini yo'q qilib, Movarounnahrga ko'z tika boshladilar. Bu vaqtda O'rta Osiyo kichik-kichik mustaqil davlatlarga bo'linib ketgan edi.

Arablar 654- yili So'g'dga hujum qilishadi. 667- yili esa (hozirgi Hisor vodiysi)ni zabt etishadi.

Xurosonga Qutayba ibn Muslim xalifa bo'lib keladi (705- yil). Arablar dastlab Buxoro, Samarqand, Ustrushana (O'ratepa)da qarshilikka uchragan bo'lsa, Qutayba ilk qarshilikka Poykentda duch keldi. Poykent 10 yil qamal qilindi.

709-yili Qutayba yangi kuch bilan hujum boshlaydi. U har bir movarounnahrlik jangchining boshi uchun 1000 dirham mukofot belgilagan edi. Bular mahalliy aholi irodasini buka olmadi. Ular qarshilik ko'rsatishni davom ettirishdi.

710- yili Nasaf (Qarshi) va Kesh (Shahrisabz) ham arablar qo'liga o'tadi. Xuddi shu davrda Xorazm ham Qutayba hukmronligini tan olishga majbur bo'ladi.

Bu vaqtda So'g'd podshosi Tarxun Samarqandda vafot etadi. Uning o'rniga Gurek o'tiradi. Panjakent hokimi Devashti arab istilochilariga qarshi kurashga otlanadi. U Choch (Shosh— Toshkent) podshosi va Farg'ona ixshidlariga murojaat qiladi. Ular yordamga rozilik bildirishadi.

Bu suralarga «Qur'on»ni o'zbekchaga o'girgan mashhur tarjimon Alouddin Mansur shunday izoh bergan: «Mazkur oyati karimada mo'minlar jamiyatdagi tartib-intizomni izdan chiqaradigan va mehr-oqibat yo'qolib ketishiga sabab bo’ladigan uch illatdan qaytarildilar. Bulardan birinchisi, o'zgalar haqida yomon gumon qilish, ikkinchisi, birovlarning ayblarini axtarib topish uchun orqalaridan josuslik — ayg'oqchilik qilib yurishdir. Shariati Islomiyada shaxsning zohirda qilayotgan ish-amali va aytgan so'zi mo'tabardir. Ya'ni, masalan, bir kishining muayyan bir ayb yo jinoyatga daxldor ekanligi aniq hujjat bo'lmas ekan, uning o'sha ayb yo jinoyatga gumon qilinishi haromdir. Faqat uning munofiqligi yoki xoinligi aniq bo'lib qolgan taqdirdagina u haqda yomon gumon qilish va undan

-24-


hazar qilish vojibdir. Chunki payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: «Mo'min kishi bir teshikdan (ya'ni unda yashirinib yotgan ilon yo chayondan) ikki marta chaqilmaydi».

Yuqoridagi oyatda yana g'iybatdan qaytariladi. G'iybat o'zi nima? Bu to'g'risida payg'ambarimiz shunday deganlar: «G'iybat birodaringiz ortidan o'zi eshitib qolsa xafa boladigan ayb-nuqsonlarni aytishingizdir». Demak, bir mo'minning ortidan unda bo’lmagan ayblarni unga nisbatan aytish g'iybat emas, balki uning haqiga bo'hton va tuhmat bo'lar ekan. Unda bo'lgan ayblarni ortidan aytish esa uni sifatlash emas, balki g'iybat qilish bo'lar ekan. Endi g'iybatning naqadar og'ir gunoh ekanligi haqida mazkur oyatda Olloh taolo tomonidan keltirilgan misol ibratlidir. Chunki aql-hushi joyida bo'lgan biror inson boshqa bir insonning go'shtini yeyishni istamaydi. Endi agar o'sha inson o'zining birodari bo'lsa-chi, yana o’lgan holda bo’lsa-chi! Uning go'shtini yeyish dunyodagi eng vahshiy hayvon ham hazar qiladigan bir jinoyatdir. Bir mo'minning ortidan g'iybat qilish ana o'shandan-da og'irroq jinoyatdir! Shuning uchun ham payg'ambar alayhissalom: «G'iybat qilish birovni nohaq o'ldirishdan-da yomonroqdir» deganlar.

Bunday axloqiy o'gitlar Qur'onda nihoyatda ko'p. Bugina emas, unda ko'plab badiiy parchalar ham mavjud. Islom adabiyotida Qur'on asosida ko'plab asarlar

yaratilgani bejiz emas. Bu o'rinda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Nosiruddin Rabg'uziyning ijodlarini eslash joiz.

Qur'onda muayyan sujetlarga aloqador bo'lgan alohida shaxs, payg'ambar yoki xalqlarning nomi qayd etilgan sura va oyatlar, mashhur voqealarga ishora qiluvchi ba'zi ifoda va iboralar; mashhur qissa va hikoyalardagi qisqa epizodlar, u yoki bu darajada batafsilroq hikoya qilingan adabiy parchalar mavjud. Nuh va To'fon, Ibrohim, Yusuf, Muso, Iso va boshqa payg'ambarlar haqidagi qissalar shular jumlasidandir. Xususan, unda dunyoning va odamning yaratilishi bilan bog'liq bo'lgan voqealar badiiy go'zalligi, hikmatlarga boyligi bilan barchaga ibratlidir.

“Tasavvuf ” so'zining lug'aviy ma'nosi haqida har xil fikrlar bor. Abu Rayhon Beruniy uni «faylasuf» so'zidagi «suf» so'zi bilan bog'laydi. Suf so'zi arablarda jun va undan to'qilgan matoni anglatadi. So'fiylar kiyimi dastlab jun chakmon yoki qo'y terisidan tikilgan po'stin bo'lgan, shunga ko'ra ana shu talqin to'g'riroqdir. So'fiy degan so'z ham «suf»dan yasalgan «tasavvuf», «mutasavvuf» so'zi bilan o'zakdoshdir.

Tasavvufning paydo bo’lishiga doir real tarixiy sharoit shundan iborat ediki, feodal munosabatlar yuzaga kelishi natijasida dehqonlar feodal iqtisodiy munosabatlarga e'tiroz bildira boshlashadi. Bu esa ishonchsizlik va norozilikni yuzaga kcltirdi. Ana shunday bir sharoitda tasavvuf yuzaga keladi.

Tasavvuf ham diniy g'oyadir. Undagi «Mo'minning mo'minga zulmi haromdir» qabilidagi shiorlari soddadil odamlarni o'ziga maftun qiladi.

Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zohidlik davriga xos xususiyat Olloh yo'lida toat-ibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abduhoshim Ko'fiy shu oqim vakillaridir.

-25-
IX asr o'rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Bu paytda xonaqohlar vujudga kelgan, tasavvuf maktablari shakllanib qolgan edi. XIII—XIV asrlarga kelib unda nazariy-ilmiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham ko'tarilish davri kuzatiladi.

Tasavvuf Islomning o'zi bilan birga rivojlanadi va keng omma orasiga yoyiladi. Shunga ko'ra bu oqimni dunyodagi ko'plab xalqlarning ijtimoiy-falsafiy hamda badiiy tafakkurida uchratish mumkin.

Tasavvuf insonning ma'naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo'l to'rt qismga ajratiladi: 1) shariat; 2) tariqat; 3) ma'rifat; 4) haqiqat.

Shariat ma'naviy komillikning ilk bosqichi hisoblanadi. Unda asosiy islomiy talab va qoidalar o'rganilgan. Qur'on va hadislardagi axloqiy-falsafiy, ilohiy ko'rsatmalarning mohiyati o'zlashtirilgan. Oddiy so'fiy zohid shu bosqichdan yuqoriga ko'tarila olmagan.

«Tariqat» so'zining ma'nosi «yo’l» demakdir. Bu yo'lda inson, ya'ni tasavvuf yo'liga kirgan kishi ruhiy-axloqiy kamolot manzillariga yetishni maqsad qilib oladi. Odatda, tariqat tasavvufning amaliy qismi hisoblanadi. Bu bosqichda shu yo'lga kirgan shaxs (u solih deb ataladi) ning vazifalari,

Uning ustoz — pirga ergashish qoidalari va bir qadar axloq-odob me'yorlari haqida ma'lumotlar olinadi. Tariqat, albatta, ustoz (pir, murshid) bilan birga egallanadigan bosqichdir. Bunda solih o'z ixtiyori, irodasini pir qo’liga beradi. Tariqatning irodat deyilishiga sabab ham shundadir.

«Ma'rifat» arabcha «arafa» so'zidan olingan, uning ma'nosi «bilmoq»dir. Bunda darveshlik darajasiga yetish, barcha azob-uqubatlarga toqat etish, pok xislatlarni izlash, Ollohni tanish, shariat va tariqatning barcha shartlariga amal qilish, bu dunyodan oxiratni afzal bilish, haqiqat sirlaridan ogoh bo'la borish ko'zga tashlanadi.

Bu bosqichga erishgan zohid dunyoning hamma jismida, har bir voqea-hodisada Olloh irodasini, uning sifatlarini ko'ra oladi. Ammo bu hali o'zlashtirishning aql bilan bog'langan bosqichi hisoblanadi.

Ilohiy xislatlarni anglashda yolg'iz aqlning kuchi ojizlik qiladi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida dastlab Kuntug'di va Oyto’ldi — ikki donishmand dunyo hodisalari haqida suhbatlashadi. Oyto’ldi vafotidan so'ng uning o'gli O'gdulmish ayni jumboqlar ustida bosh qotiradi. Uning aql timsoli ekanligini nazarga olaylik. Adib shu uch obraz bilan kifoyalanmaydi. Balki, Zohid—O'zg'urmish obrazini ham kiritadi. Demak, shu asar qahramonlarining tanlanishidayoq tasavvufning bilish yo'liga ishora bor.

Haqiqat tasavvufning eng yuqori — oliy bosqichidir. Unda ezgulik va yomonlikning mohiyatini to'la anglab yetish, har qanday ko'ngil istaklarini pinhon tutishning uddasidan chiqish hamda shariat, tariqat, ma'rifat talablarini to’liq bajarish talab qilinadi. Tasavvuf, asosan, ma'naviy jarayondir. Unda inson qalbini boyitadigan omillarga chorlov nihoyatda kuchli.

Tasavvuf oqimi o'z adabiyotini ham yuzaga keltirdi. Muhammad G'azzoliy, Yusuf Hamadoniy (vafoti 1141- yil) singari allomalar uning nazariy asoslarini yaratishgan.


-26-
Turkiy adabiyotda tasavvuf ta'limoti Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asaridan boshlab o'z aksini topa boshlagan. Asar qahramonlari ma'naviy kamolot pillapoyalarini bosib o'tishda tasavvuf yo’lidan borishadi.

Ahmad Yugnakiy asarida ham shu holat bor. Ammo bu oqimdagi eng yirik adib, hech shubhasiz, Ahmad Yassaviydir. U turkiy, jumladan, o'zbek tasavvuf adabiyotining porloq quyoshidir.

Ahmad Yassaviy zamonasidagi barcha bilimlarni egallaydi. U Qur'on ta'limotini va hadis saboqlarini to'la o'zlashtiradi. Tasavvuf adabiyotida, jumladan, Ahmad Yassaviy she'riyatida ham bir qator o'ziga xos obrazlar yuzaga kelgan. Bular ishq, fano, zohid, obid, orif va boshqalardir.

Ishq odamning odamgagina bo'lgan muhabbatidan iborat emas. Bu ishq insonning Haqqa, haqiqatga muhabbati hamdir. Muhabbatning maskani—ko'ngil. Shuning uchun ham tasavvuf adabiyotida ko'ngil obrazining atroflicha tasviri kuzatiladi.

Tasavvuf o'zbek adabiyotini ham yangi-yangi go'zal fikrlar, g'oyalar, obrazlar tizimi bilan boyitdi. Bu adabiyotning yuksalishi va takomiliga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.
O'RTA OSIYODA ARAB XALIFALIGINING YEMIRILISHI VA MUSTAQIL DAVLATLARNING TASHKIL TOPISHI

Arablarning boshqaruv ishlariga mahalliy yuqori tabaqa vakillarini jalb qilish yerli aholi noroziligini kuchaytira bordi.

Xalifa Horun ar-Rashid (786—809) vafotidan so'ng uning o'g'illari Ma'mun va Amin o'rtasida taxt uchun uzoq muddatli kurash (809—813) davom etdi. Mahalliy zodagonlar Ma'munni quvvatlashiga qaramay, arablar taxtga Aminni ko'tarishadi. Ma'mun ukasiga qarshi kurashga shaylanadi. Unga Tohir ibn Husayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari yordam beradi.

813- yilda Bag'dodga yurish boshlanadi va poytaxt qo'lga kiritiladi. Ma'mun xalifa deb e'lon qilinadi.

821- yilda Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlanadi. Oradan bir yil ham o'tmay, u o'z mustaqilligini e'lon qildi. Ammo ko'p o'tmay, o'zi vafot etdi. Hokimiyat o'g'liga meros bo'lib qoldi. Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida (830—844) poytaxt Marvdan Nishopurga ko'chirildi.

Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Farg'ona, Shosh viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar ham fursatni g'animat bilishadi. IX asr oxirlariga kelib Movarounnahrning barcha viloyatlari somoniylar ixtiyorida edi. Ismoil Somoniy davrida (IX asr oxirlarida) Movarounnahr arab xalifaligi istibdodidan abadiy qutuldi.

Bu davrda shaharlarning rivojlanishi, tovar ishlab chiqa- rishning ortishi, savdo-sotiqning o'sishi ko'zga tashlanadi. Samarqand, Buxoro, Termiz shaharlarining kengayib rivojlanishi shu davrga to'g'ri keladi.

Shaharlarda hunarmandchilik va savdo, ayniqsa, taraqqiy etadi. Me'morchilik rivoj topadi. Termizdagi hukmdor saroyi, Raboti Malik (X asr), Jarqo'rg'ondagi minora (1108—1109), Buxorodagi Arslonxon minorasi (Minorayi Kalon) (1127) va Mag'oqi Attori shu davr yodgorliklari hisoblanadi.

-27-
XI—XII asrlarda madaniyat va ilm-fan ham o'ziga xos rivojlanish yoliga o'tadi. O'rta Osiyo olimlari arab tili orqali dunyo ilm-faniga yo'l ochdi. Bir qator aniq fanlar (matema- tika, kimyo, fizika), tabiiy fanlar (astronomiya, botanika, zoologiya, mineralogiya) hamda ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi fanlar yuqori bosqichga ko'tariladi.

Abu Bakr Narshaxiy (959- yil vafot etgan) ana shu davrda yetishgan yirik tarixchi olimdir. Uning «Buxoro tarixi» asari Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro haqidagi nodir ma'lumot- larni jamlagan bebaho manbadir.

Abu Nasr Utbiy arab tilida «Tarixi Yaminiy» asarini yozdi. Unda Sabuk Tegin hamda Mahmud G'aznaviy hukmronligi davriga oid ko'plab tarixiy ma'lumotlar mavjud.

G'aznaviylar davrida yashagan yirik tarixchilardan biri Abu Said Gardiziydir. Uning «Zayn al-axbor» («Xabarlar chiroyi») kitobi mashhur.

Shu davrda yashagan Abdul Fazl Bayhaqiy (996—1077) 30 jilddan iborat «Tarixi Mas'udiy» yoki «Tarixi Bayhaqiy» deb nomlangan asarini yaratadi. Bu asarda sulton Mahmud va uning o'gli Mas'ud davri (1000—1050)da bo'lgan voqealar, Bag'dod xalifaligi, Misrdagi fotimiylar xalifaligi bilan bo'tlar, ijtimoiy va madaniy hayot, hokimiyat uchun kurashlar keng bayon qilingan


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish