Режа: Болаларда математик тушунчаларни шакллантириш Математикани ўргатишда у тарбиявий чоралар Болаларда математик тушунчаларни шакллантириш


Бу эса гуруҳда болаларни шартли равишда айрим гуруҳларга бўлиш имкониятини беради



Download 189,39 Kb.
bet4/12
Sana13.06.2022
Hajmi189,39 Kb.
#665536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishuuu

Бу эса гуруҳда болаларни шартли равишда айрим гуруҳларга бўлиш имкониятини беради:

  1. Масалани ечиш учун аниқ кўрсатмаларга муҳтож бўлган болалар гуруҳи;

  2. Масалани ечиш учун умумий кўрсатмаларга (мавзу, бўлим, ечиш усули) муҳтож бўлган болалар гуруҳи;

  3. Масалани ечиш учун кўрсатмаларга муҳтож бўлмаган болалар гуруҳи.

Бундай туркум масалаларни аста-секин мураккаблаштириб бориб, педагог (тарбиячи)ларда қатор натижаларни тезроқ олиш қобилиятини ишлаб чиқиш мумкин. Бундай мазмундаги ишлар тарбияланувчиларда математикага бўлган қизиқишни уйғотади, касб-ҳунарга қизиқтиради, уларда қизиқиш жавобгарлигини таъминлайди ва ҳоказо.

Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining nazariy asoslari



Reja:

1. Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirish muammolari.
2. Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirishda ta’lim muammolari.

Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirish muammolari
Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o‘quvtarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri — bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir.
Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o‘rganiladigan xususiyatlar va qonuniyatlarni bilish kerak.
Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to‘laroq o‘rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo‘lgan g‘oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g‘oya paydo bo‘ladi, keyin shu yangilik ham kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi.
Matematik masalalarni yechish jarayoni o‘zining mohiyati bo‘yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo‘ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Har bir mustaqil yechilgan masala, tuzilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.
Ruhshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O‘zining mohiyati bo‘yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning mahsulidir. Har bir fikr — izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat.
А dabiyotlar tahlillari shuni ko‘rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish mahsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish jarayonining o‘ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turli fikrlashlari ularning oldida turgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, chuqur bilimlarni tez egallashga, qulay imkoniyatga yengil o‘tishga undaydi, deb hisoblaydilar.
S.L.Rubinshteynning birinchilardan bo‘lib umumiy aqliy rivojlanish borasida qilgan izlanishlari maqsadga muvofiqdir.
U ruhshunoslikdagi faoliyat toifasini ruhiy izlanishning obyekti hamda maqsadi qilib kiritdi va asosladi. Faoliyat nazariyasi asosida S.L. Rubinshteyn faoliyat tushunchasini subyektdan obyektga o‘tish deb kiritadi. S.L.Rubinshteyn faoliyatning ikkinchi bosqichini obyektdan subyektga qarab borgan aloqadan iborat deb hisoblaydi. S.L.Rubinshteynning diqqat markazida, inson faoliyati jarayonida faqatgina o‘ziga xos bo‘lgan shaxs sifatida o‘zining xususiyatlarininamoyon etib qolmay, balki undagi ruhiyatning shakllanishi obyekt bo‘lib aniqlanadi, degan mazmun turadi. “Faoliyat”, “harakat” tushunchalarining fundamental psixologik tushunchalari A. N. Leontyev ishlarida yoritilgan.
Faoliyat — subyektning bir-biriga bog‘langan realligining o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi deb bilgan A.N.Leontyev, reallikning bola ongida aks ettirilishi — “ta’sir”ning natijasi bo‘lmay, o‘zaro ta’sir, ya’ni bir-biriga duch kelgan jarayonlarning natijasidir, deb hisoblaydi.
A. N. Leontyev va S.L. Rubinshteynning o‘qitish amaliyotidagi xulosalariga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirishda faoliyat shakllarining ishlanmasi va ishlatilishi hamda ta’limdagi faoliyat tamoyillarining birbiriga ketma-ket o‘tkazilishi eng foydali va natijali yo‘nalishdir.
Matematik tushunchalarni rivojlantirishda bo‘lgan barcha izlanishlar ikki asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo‘nalishda matematik tushunchalarning o‘ziga xos xususiyatlari ta’riflanadi.

Download 189,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish