Reja: Difteriya (bo’g'ma), etiologiyasi



Download 114 Kb.
bet3/11
Sana01.07.2022
Hajmi114 Kb.
#727711
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1403250433 43905

Burun bo’g'masi. Kasallikning bu turida pardali va kataral yarali turlari mavjud. Pardali turida burun shilliq qavatida, burun to’sig’ida, burun chig'anog'ida va burun bo'shlig’i devorlarida fibrinoz pardalar hosil bo'ladi. Kataral yarali turida burundan oldin seroz keyin esa seroz qonli suyuqlik ajraladi va burun teshiklari atrofida terini ta'sirlab, teri yoriladi. Bo’g'maning ko'z, teri, kindik, jarohat yuzalarida va jinsiy a'zolarda uchraydigan turlari bir muncha kamroq uchraydi. Ko'z bo’g'masi qovoqning shishuvi, qon aralash yiring ajralishi bilan kechadi. Ko'z qonyuktivasida kulrang-oqimtirparda hosil bo'ladi.
Teri bo’g'masi. Terining shikastlangan joylarida, bo'yinda, burun ostida kuzatiladi. Terida giperemiya shish va kulrang fibrinoz pardalar xosil bo'ladi.
Kindik bo’g'masi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda kindigida kulrang fibrinoz karashlar hosil bo'ladi.
Bo'g'maning asoratlari. Asoratlarga qon aylanishining buzilishi, miokardit, chegaralangan falajlar, poliradikulo-nevrit va nefrozlar kiradi.
Tashxisi. Izchillik bilan to’plangan kasallik tarixi epidemiologik vaziyat va difteriyasining asosiy klinik belgilari uning tashxisini qo’yishga imkon beradi. Har bir tashxis bakteriologik yo'l bilan asoslanishi shart.
Davosi. Bo’g’mani davolashda kun tartibi, parhez, parvarish katta ahamiyatga ega. Lekin asosiy davolash usuli bo’g'maga qarshi antitoksik zardob qo'llashdir. Kasallikni davolashda uning turiga, og'riq darajasiga va qaysi bosqichda ekanligiga e'tibor berish kerak. Kasallikning dastlabki kunlarida bemorga faqat suyuq ovqat bergan ma'qul. Agar bemorda miokardit alomatlari bo’lsa, uni qimirlatmay yotqizib qo’yish kerak.
Bo’g’maning asosiy davosi bo’g'maga qarshi zardobni yuborishdan iborat. Bu zardob qanchalik barvaqt qo'llanilsa, uning foydasi shunchalik yaxshi bo'ladi. Shunga qaramay, kasallikning o'ta og’ir turlarida hatto 1-2 kunlarda ishlatiladigan zardob ham yetarali natija bermasligi va kasallik o’lim bilan tugashi mumkin. Zardobda oqsil modda bo’lgani tufayli, bemor organizmini allergiyaga yoki anafilaktik reaksiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham uni yuborishdan oldin bemor organizmining zardobga sezuvchanligini aniqlash zarur. Bemorlarga zardob Bezredko usuli bo'yicha, bo'lib-bo'lib yuboriladi. Kasallikning mahalliy turlarida zardobni bir kunda bir marta yuborish kifoya, lekin og'ir turlarida zardobni kun davomida qayta yuborish va bir necha kun davomida qo'llashga to'g'ri keladi.
Bo’g'mada ko'pincha boshqa a'zolarning faoliyati buziladi, shuning uchun ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida dori-darmonlar ishlatiladi. Agar yurak faoliyati buzilgan bo’lsa, yurak glikozidlari vitamin S va V guruhi vitaminlari qo'llaniladi.
Bemorda zaharlanish alomatlari kuchli bo’lganda gemodez, reopoliglyukin, qon zardobi va boshqalar tavsiya etiladi. Bakteriologik tekshirishning ikki marta salbiy javob olingandan keyingina kasalxonadan javob beriladi. Bo’g'ma tayog'chalarini tashib yuruvchilarni ham davolash zarur. Bakteriya tashib yuruvchilarni antibiotiklar bilan davolash zarur.

Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish