Reja: Fuqarolik jamiyatining shakllanishida xususiy mulk, o‘rta qatlamning o‘rni



Download 142 Kb.
bet2/8
Sana17.01.2022
Hajmi142 Kb.
#382257
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari

Birinchidan, xususiy mulk mulkni oqilona boshqarishni rag‘batlantiradi. Boshqacha aytganda mulkdorlar o‘z mulklarini asrash va uni ko‘paytirish, daromad olish uchun muntazam faoliyat yuritishlari, doimo izlanishda bo‘lishlari talab etiladi. Aks holda, mulkning qadrsizlanishi va oxir oqibatda mulkdorlar inqirozga yuz tutishlari mumkin. Agar mulkka nisbatan e’tibor yuqori bo‘lib, u muntazam rivojlantirilsa daromadni yuksaltirish imkoni kengayib boradi.

Agar mulk davlatga daxldor bo‘lsa yoki unga katta bir guruh birgalikda egalik qilsa, uni to‘laqonli asrash imkoniyati susaya boradi. Sobiq tizim davrida davlat mulkiga nisbatan xo‘jasizlikni bunga misol keltirish mumkin. Buni rivojlangan mamlakatlarda davlatga tegishli bo‘lgan uy-joylarning ayanchli holatidan ham guvoh bo‘lish mumkin.

Ikkinchidan, xususiy mulk odamlarni o‘z moddiy imkoniyatlarini oshirish va undan samarali foydalanishga rag‘batlantiradi. Xususiy mulkni rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj odamlarni o‘z malakalarini oshirish, samarali ishlashga undaydi. Aynan shuning uchun iqtisodiyotni, xususan biznesni boshqaruvga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari rivojlangan mamlakatlarda eng yuksak darajadagi ta’lim dargohlari bo‘lib, ularda tahsil olish ulkan miqdordagi moliyaviy mablag‘larni talab etadi. Bunday oliy dargohlarni bitirgan mutaxassislar uchun hamisha ish o‘rinlari mavjud va tajriba oshgani sari maoshlar ham muttasil ko‘tarila boradi.

Uchinchidan, xususiy mulkdorlar o‘z resurslarini boshqalarning manfaatiga xizmat qildirish uchun harakat qilishadi. Zero, boshqalarga samarali xizmat qiladigan mulk daromad keltiradi. Mulkning boshqalar uchun foydali ekanligi uning qadrini va mulk egasining mavqeini oshiradi. SHu nuqtai nazardan mulkdor tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakat iste’molchilar tomonidan ma’qullansa mulkning qadri oshadi, aksincha bunday xatti-harakat maqullanmasa, mulkning qadrsizlanishi ro‘y beradi. Ko‘rinib turganidek, mulkning holati fuqarolik jamiyatida o‘ziga xos mezon vazifasini ham o‘tamoqda. Aslida har qanday mulkdor garchi o‘z daromadini oshirish uchun faoliyat yuritsa-da, fuqarolik jamiyati sharoitida tadbirkor birinchi inavbatda o‘zining ana shu asl niyatini emas, balki jamiyatga sifatli xizmat ko‘rsatishni birlamchi ekanligini namoyon etadi. Tom ma’nodagi fuqarolik jamiyatida daromad topish niyati ikkilamchi ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlikning fuqarolik jamiyati uchun muhim va zaruriy ekanligini mulkdorlar ham, davlat ham jamiyat ham teng darajada anglab etishi bu erda muhim bo‘lgan jihatdir.

To‘rtinchidan, xususiy mulk resurslardan kelajak uchun oqilona foydalanish va ularni asrash imkonini beradi. Mulkdorlar nafaqat bugungi kun, balki istiqboldagi o‘zgarishlar va daromadni o‘stirishni nazarda tutgan holda bugungi kun va kelajakdagi manfaatlarni muvofiqlashtirishga harakat qilishadi.2

Demak fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari deganda, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarda muhim o‘rin tutgan xususiy mukchillika asoslangan iqtisodiy munosabatlar nazarda tutiladi. Tarixda aynan xususiy mulk va mulkdorlar qatlami fuqarolik jamiyatining rivojiga hissa qo‘shgan. Bugungi kunga qadar aynan aa shu mulkdorlar qatlami nafaqat iqtisodiyotning, balki ijtimoiy munosabatlarni jadallashtiruvchi muhim omil bo‘libqolmoqda.


Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish