Qon aylanish organlari: Oshqozon yaqinida yuragi joylashgan, u muskulli xalta shaklida bo’lib keyingi tomonidan qon tomir chiqadi. Oldingi tomir jabrali deb ataladi va ko’p o’simtalari xalqumning qorin qismiga boradi. Orqa tomir ichakli deb ataladi va bo’laklarga bo’linib ichki organlarga boradi. Bu tomirlar organlarga borib uning bo’shligiga ochiladi. Assidiyaning qon aylanish sistemasi ochiq holatda bo’lib, yurakni o’ziga xos tuzilishi qonni ikki tomonga haydab berish vazifasini bajaradi. Shunday qilib astsidiyada har-bir qon tomir navbat bilan xizmat qiladi (arteriya va vena).
Ko’payish organlari: Oshqozoni oldida bir-biriga yaqin ikkita jinsiy bezlar joylashgan bo’lib, ular erkaklik va urg’ochilik bezlaridir. Tuxumdon oval shaklida bo’lib, ko’plab tuxum xujayralaridan iborat har-xil rangdagi yorqin ranglardan iborat. Urug’donlar oq rangdagi ko’p qismlardan iborat bo’lib, hamma qobiqlilar germofradit hayvonlar. Ikki jinsli bezlar bir vaqtda yetishmaydi, shuning uchun yetilishiga qarab har bir astsidiya individi samets va samka rolini bajarishi mumkin.
Ayiruv organlari: Ko’pchilik astsidiyalarda ayiruv organlari ko’p sondagi buyrak pufakchalardan iborat bo’lib sariq sekret bilan to’lgan bo’ladi. Bu pufakchalar mantiya devoriga yopishgan bo’lib, xalqum oldi bo’shlig’iga ochiladi.
Nerv sistemasi: Markaziy nerv sistemasi og’iz va kloaka teshiklari orasida joylashgan nerv boylamlaridan (gangliy) iborat bo’ladi. Bu boylamlarning ichki tomoni nerv moddasi bilan to’la bo’lib-nevrotsel bo’shliq yo’q. Nerv boylami og’iz oldi aylanma nervini hosil qilib, og’iz o’simtalarini ta’minlaydi, bu nerv tarmoqlanib tanani keyingi qismiga boradi.
Sezgi organlari yo’q, lekin maxsus o’simtalar sezish vazifasini bajaradi.
Mantiya va jabra oldi bo’shligi: Yo’g’on devorli xalta-tunika ichida ikkinchi yupqa devorli xalta-mantiya bo’ladi. U teri xaltasiga mos keladi (ichakdan nafas oluvchilar va halqali chuvalchanglar).
Urchishi: Jinsiy hamda kurtaklanish yo’li bilan boradi. Jinssiz urchishda ona organizmining qorin tomonida turli organlarga (tomoq, ichak, yurak xaltasi) ega bo’lgan kolbasimon bo’rtma (kurtak hosil qiluvchi stolon) hosil bo’ladi. Stolonda kurtaklar rivojlanib ulardan keyinchalik barcha organlar hosil bo’ladi. Yakka holda yashovchi assidiyalarda kurtak tez alohidalanib o’troq hayot kechira boshlaydi. Koloniya xoldagi assidiyalarda kurtak stolonda qoladi u ham kurtaklanib ko’paya boshlaydi. A. O. Kovalevskiy tekshirishicha jinsiy urchishda urug’langan tuxumdan voyaga yetgan assidiyalarda, kurtaklanish yo’li bilan rivojlangan assidiyalardan tubdan farq qiluvchi erkin suzib yuruvchi lichinka rivojlanadi.
Lichinka xordalilarning sistematikasi. Sinf: Appendikulyariyalar (Appendiculariae). Appendikulyarlar, 0,5-3 mm uzunlikdagi hayvonlar bo’lib, qobiqlilarning erkin holda yashovchi sodda tuzilishdagi vakili hisoblanadi. Butun hayoti davomida xorda saqlanadi. Teri epiteliyasi tana atrofida alohida boshpana vazifasini bajaruvchi «qobiq» hosil qiladi. Bu qobiq ichida hayvon erkin harakat qila oladi. Appendikulyar dumi to’lqinsimon harakatlanib suvni oldingi teshikka haydaydi va suv orqa teshik orqali chiqib ketadi. qobiqni oldingi qismidan mayda ipchalardan tashkil topgan turga mayda plankton organizmlar tutilib oziqa bo’lib xizmat qiladi. Appendikulyarlar neotenik gruppalarga kiradi ya’ni lichinkalik davrida ko’payish xususiyatiga ega, hamma dengizlarda tarqalgan.
Appendikulyariyalarning haqiqiy qobig’i bo’lmaydi. Qobig’i murakkab tarkibga ega dildiroq tiniq moddadan iborat. Bu modda hayvon tanasini o’rab turadigan uycha hosil qiladi. Appendikulyariyalar uychasini tashlab chiqib oqib ketishi va 1-1.5 soat ichida yangi uycha hosil qilishi mumkin.2
Do'stlaringiz bilan baham: |