XONLIKLAR DAVRIDA BOJXONA
Buxoro amirligi (XVI - XX asrlar boshi) janubda Xurosonning sharqiy qismini oʻz ichiga olgan, sharqda Qashqar bilan chegaradosh boʻlgan, gʻarbiy chegara Orol va Kaspiy dengizi sohil-larigacha, shimoliy chegara Turkiston va Sayramga yetib borgan. 1753-yilda Muhammad Rahim taxtni egallagan va oʻzini “amir” deb eʼlon qilgan. Shundan keyin xonlik – “Buxoro amirligi” deb yuritil-gan. Buxoro amirligi asosan Chor Rossiyasi, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari hamda Xiva va Qoʻqon xonliklari bilan savdo-sotiqni amalga oshirgan.Tashqi savdo aloqalari Bojxona nazorati yuritilishinitaqozo etgan va bir nechta chegara Bojxona maskanlari tashkil etilgan. Oʻsha davrda Afgʻoniston bilan chegarada Karki, Kalif, Chushkaguzar, Termiz, Ayvoj, Saroy va Chebek Bojxona maskanlari faoliyat yuritgan. Chunonchi, 1895-yilda Afgʻoniston va Buxoro amirligi oʻrtasida chegarani kesib oʻtish qoidalari va tartibi toʻgʻrisida imzolangan kelishuvga asosan Termizda “Pattakesar” Bojxonasi tashkil etilgan. Bojxona maskanlari orqali Buxoroga kirib kelgan chet el tovarlari-dan boj toʻlovi bojgirlar tomonidan undirilgan. Oʻsha davrlarda Buxoroda 12 ta darvoza boʻlib, shundan Xoʻja, Namozgoh, Sallaxona darvozalaridan chetdan keltirilgan tovarlar Bojxona koʻrigidan oʻtkazilib, shaharga kiritilgan. Bevosita ushbu darvozalar yonida bojgirlar tomonidan xorijdan keltirilgan tovar-lardan boj olingan. Buxoroda xivalik, qoʻqonlik, afgʻon va rus savdogarlari bilan bir qatorda hindlar ham oʻzlarining karvonsaroylariga ega boʻlishgan. Chet mamlakatlarga tovarlarini chiqargan mahalliy savdogarlargaoʻsha davrlarda muayyan imtiyozlar berilgan. Jumladan, Buxoro tovarlari Afgʻoniston, Angliya va Hindiston tovarlari bilan raqobatlasha olishi uchun savdogarlarga tovarlar qiymatining maʼlum bir foizi miqdorida maxsus mukofot pullari tayinlangan. Bunday imtiyozli tovarlar koʻzdan kechirish va ularga maxsus tamgʻalar osish uchun Samarqanddagi Bojxona omboriga joylashtirilgan. Shu joydan tovarlar karvonlarga yuklanib Afgʻonistonga joʻnatilgan. Afgʻoniston chegarasida joylashgan Bojxona maskanlarida eksport qilinayotgan tovarlar koʻzdan kechirilib, tamgʻalar olib qolingan hamda Samarqand Bojxona omboriga qaytarilgan va ular evaziga tovar egasiga maxsus mukofot pullari berilgan.
Qoʻqon xonligi (XVIII-XIX asrlar) eng shimoliy viloyati Turkiston, Betpaqdala choʻllariga borib taqalgan, shuningdek xonlik tarkibiga Oloy hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻida-gi yerlar kirgan.
Qoʻqon xonligining Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Xitoy, Hindis-ton, Eron, Turkiya, Chor Rossiyasi kabi mamlakatlar bilan savdo muno-sabatlari mavjud boʻlgan. Qoʻqon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Koshgʻar, Buxoro amir-ligi, Afgʻoniston, Chor Possiyasidan olib kelingan mollar toʻplangan va Bojxona koʻrigidan oʻtkazilgach, boj hisoblanib, undirilgan. Shun-dan soʻng, bojbonlar tomonidan tovarlar joylangan xurjunlarga bojolinganligini tasdiqlovchi tamgʻa bosilgan. Xonlikka kirayotgan karvonlarni ichki hududda harbiylashgan boj-xona guruhlari kuzatib borgan, karvonlarni koʻzdan kechirish va boj undirishni bojbonlar taʼminlagan.
Xitoyning Buxoro va Xiva xonliklari, Eron hamda Chor Rossiyasi bilan savdo aloqalarida xonlik tranzit hudud vazifasini oʻtagan. Karvonlar xonlik hududidan oʻtganligi uchun ulardan boj yigʻimlari undirilgan. Hindistonda Qoʻqon ipagiga talab katta boʻlgan va shu sababli haryili Qoʻqondan Hindistonga 1000 tuyada ipak joʻnatilgan. Bundan tash-qari, Qoʻqondan Hindiston va Afgʻonistonga “chilla” deb ataluvchi ipakgazlamasi, qoʻqon qogʻozi ham olib ketilgan. Oʻz navbatida, ushbu mamla-katlardan Qoʻqonga olib kelingan qand, gul tikilgan koʻylaklik mato-lar, shakar, indigo, bombey choyi va boshqa tovarlardan xonlik xazina-siga boj undirilgan.
Manbalarda Qoʻqon savdogarlarining karvonlari Turkiyagacha yetib borganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Jumladan, taniqli venger sharqshunos sayyohi Vamberi: “Qoʻqondan Turkiyaga kelgan bir karvonda-gi ziyoratchilar oʻzlari bilan 40 dyujina (480 dona) ipak, buxoro roʻmollari, 2000 atrofida pichoq, 30 boʻlak namangan ipak matosi, koʻp-lab qoʻqon doʻppilari olib kelgan” - deb yozib qoldirgan. Shuningdek, maʼlumotlarga koʻra 1832-yilda Xitoy imperatoriningmaxsus farmoni bilan Qoʻqon savdogarlariga Koshgʻarda bojsiz savdo qilishiga hamda choy va ravoch olib ketishiga ruxsat berilgan.
Xiva xonligi ( XVI-XX asrlar ) janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh boʻlgan. Xiva xonligida savdo-sotiq asosan Buxoro va Qoʻqon xonliklari, Chor Rossiyasi, Xitoy, Eron, Hindiston kabi mamlakatlar bilan amalga oshirilgan.
Oʻsha davrlarda savdogarlardan boj, tamgʻa kabi toʻlovlar olinib, boj undiruvchilar “bojbon” deb atalgan. Ichan-Qalʼaga kiradigan Ota darvozaning oʻng tarafida ikki xona mavjud boʻlib, ulardan birida chetdan mol olib kelayotgan savdogarlar-dan boj undirilgan (Bojxona), ikkinchisida esa xorij pullari xorazmpuliga almashtirilgan (sar-rafxona).
Manbalarga koʻra, Xiva xoni Muhammad Rahim I hukmronligi davri-da Xoʻja Mahram ismli saroy amaldori Bojxona idorasi boshligʻi etibtayinlangan. Xivadagi Ichan-Qalʼa markazida 1839-yili Xoʻja Mahram rahbarli-gida Bojxona ish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydigan maxsus mad-rasa qurilgan. Ushbu madrasada bir vaqtning oʻzida 30 kishi taʼlim olgan.
XIX asrga kelib xonlik savdogarlari oʻz mollarini Buxoro va Qoʻqonxonliklari bilan bir qatorda, Chor Rossiyasi, Xitoy, Eron, Hindistonkabi davlatlarga olib borishgan. Bu mamlakatlardan esa turli xil xorijiy tovarlar Xiva xonligiga olib kelingan va ulardan tegishli boj toʻlovlari undirilgan. Karvonsaroylarda bojbonlar tomonidan musulmon boʻlmagan savdo-garlar tovarlari miqdoridan 5%, musulmonlarnikidan esa 2% boj olingan.
Xiva xonligi davrida muayyan savdogarlarni boj, xiroj va shu kabitoʻlovlardan ozod qilish toʻgʻrisida xon farmonlari chiqarilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida Xiva xonlari:
-Irang Muhammad Bahodurxon (1687-1688-yillar)
-Abul-Gʻozi Sayyid Sher-Gʻozi Muhammad Bahodurxon (1715-1716-yillar)
-Abul-Gʻozi Sayyid Muhammad-Rahim Bahodurxon (1867-yil)kabilar tomonidan qabul qilingan soliqlar va boj toʻlovlaridan ozodqilish toʻgʻrisidagi farmonlarning asl nusxalari saqlanmoqda. Umuman, xonliklar oʻrtasidagi oʻzaro nizo, kelishmovchiliklar savdo-sotiq rivojiga va bu oʻz navbatida Bojxona ishiga -jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |