13-Mavzu. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING
VA INDEKSLARDAGI O`RNI VA NUFUZINING ORTIB BORISHI
Reja
1. O`zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o`rnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
1. 2017-2021 yillarda `zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini ashib borishi
Tayanch iboralar:
xalqaro reyting, indekslar, investitsiya, islohotlar, korruptsiya, Xarakatlar strategiyasi, iqtisodiy erkinlik
1. O`zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o`rnini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach barcha sohalarda yuksak marralarni qo`lga kiritib bormoqda. Ayniqsa so`ngi yillarda inson xuquqlari kafolati va qonun ustuvorligini ta’minlanishi, soliq siyosatining liberallashtirilishi hamda iqtisodiy islohotlar xorij mamlakatlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning xalqaro reyting va indekslarda o`rni oshib bormoqda. Bu boradagi islohotlar va erishilgan natijalarni keng jamoatchilikka tanishtirib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o`rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon eng avvalo inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta’minlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko`rsatkichlari oshishiga sabab bo`lmoqda.
Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017–2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalari belgilandi1.
Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida “O`zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to`g`risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish” nazarda tutilgan. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O`zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o`rnini yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida"gi qaror bu yo`nalishdagi islohotlarning yana bir yangi bosqichini boshlab berdi.
Jumladan, so`nggi to`rt yil mobaynida mamlakatimiz “Meros“ jamg`armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pog`onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pog`onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pog`onaga ko`tarildi. O`zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko`tarildi. Shu bilan birga, ayrim rahbarlar reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratmayotganligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan o`tkazilayotgan so`rovlarda aksariyat islohotlar o`z aksini topmayotganligi oqibatida ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O`zbekiston Respublikasi quyi pog`onalarda qolmoqda.
2019 yilda Turkiyaning moliyaviy-iqtisodiy Tursomoney nashri tomonidan tuziladigan reytingda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yil xorijiy davlat arbobi” sifatida tan olindi hamda Osiyo jurnalistlari Assotsiatsiyasi talqini bo`yicha (AJA) Osiyoning “Yil odami” deb topilgani ham mamlakat islohotlari boshida turgan mamlakat rahbariga berilgan yuksak baho hisoblanadi2.
Do'stlaringiz bilan baham: |