San’at va mafkura
Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish jarayonida san’at alohida o’rin tutadi . Shuningdek san’at inson manaviy dunyoqarashini kengaytiruvchi , uni shaxs sifatida tarbiyalovchi vositlardan biridir . san’at insoniyatning ezgulik tomon harakati uchun zarur bo’lgan o’zaro muloqatlar vositasi bo’lib turli qit’alar va davlatlarni o’zaro bog’laydi . San’at odamlarning his – tuyg’ularini tafakkurini mavhum tarzda emas , balki jonli badiiy qiyofalarda aks ettiradi , chunki u o’ziga hos his – tuyg’ular hazinasidir .
San’at badiiy qiyofa obraz vositasida to’la namoyon bo’ladi . Badiiy qiyofa san’atkor o’zlashtirib olgan tashqi dunyo bilan uning ichki dunyosi birligida ko’rinadi . Iste’dodli aktyorlar haqqoniy hayot manzarasini yaratib
o’z his – tuyg’ulari va kechinmalari bilan zavqlantirib o’zligini to’la namioyon qila olishi mumkin . San’atkorning ichki kechinmalari bilan sug’orilgan badiiy qiyofaga hech narsa teng kela olmaydi .
Teatr , musiqa , kino “ oynai jahon “ kabi talqiniy san’at turlarida badiiy qiyofa o’sha qiyofa timsolini talqin qilish jarayoniga bog’liq . Bu yerda yozuvchi yoki bastakor ijodi mahsuli ular yaratgan badiiy qiyofalar talqini san’atkor mahorati tufayli yuzaga chiqadi . Masalan : Abror Hidoyatov , Sora Eshoto’rayeva , Hamza Umarov , Razoq Hamroyev , Olim Xo’jayev , Zaynab Sadriyeva , Nabi Rahimox kabi ijodkorlar ijrosida “Navoiy” , “Jaloliddin Manguberdi” , “Atello“ , “Hamlet” , “Qirol Lir” , “Nurxon” , “ Qaynona “ , “ Ota “ kabi asarlardagi badiiy qiyofalar bunga misol bo’ladi . San’atkorni dunyoqarashi qanchalik keng va aqliy tajribasi qanchalik boy bo’lsa uning ijodi ham shunchalik samarali va mazmundor bo’ladi . San’atni idrok etish insonga hamma vaqt o’zini yaxshi anglashga imkoniyat yaratadi , badiiy asar individual ijod mahuslidir .
San’at asarlari yaratilishi ikki narsani , ya’ni badiiy obrazli tafakkur qilshni hamda uni amalda ifoda eta olish malakasini o’z ichiga oladi . San’at ilohiyatning tuhfasi , ijodiy mehnat mahsulidir . Agar badiiy obrazli fikr yuritish voqelikni badiiy o’zlashitirish badiiy imkonni tug’dir bo’sa faqat ijodiy mehnatgina uning voqelikka aylanishiga asos bo’la oladi .
Hayotni kuzatish san’atkorga ham , olimga ham juda zarur . San’atda voqelik badiiy to’qimasiz , to’qima esa voqea narsalarsiz aks etmaydi . Voqelik hayol tasavvur hosil qiladi . San’at voqelikni obrazli aks ettiruvchi shaklidir . Badiiy qiyofa mazmuni uning shakli yaratishlish jarayonida o’zgarib ketishi ba’zan uni qayta mushoxada qilish sodir bo’lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |