SAYDULLAYEV MURODULLO
5.06.20
BIOLOGIYA
1. Qaysi biogeografik viloyat o`rmonlarida bambuk,
banan, qora daraxtlar o`sadi ?
A) Hindomalay
B) Habashiston
C) Paleoarktik
D) Neoarktik
2. Qaysi o`simliklarda toq bargchalar o`zgarmasdan
saqlanib qolgan (a) va o`rniga gajaklar hosil bo`lgan (b)
?
A) a-yeryong`oq; b-no`xat B) a-burchoq; b-no`xat
C) a-qizilmiya; b-burchoq D) a-shirinmiya; b-yong`oq
3. Qoraqatning ko`payish usullarini aniqlang.
1) qalamchasidan; 2) ildiz bachkisidan; 3) parxesh
yo`li;
4) tugunaklaridan; 5) qo`sh urug`lanish orqali;
6) ajratuvchi kurtaklardan
A) 1,2,3,5 B) 1,3,5,6 C) 2,3,4,5 D) 1,2,4,6
4. Mevasi suv o`tkazmaydigan qobiqqa ega bo`lgan
qaysi o`simliklar iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda
davom etaveradi (a) va barglari qor tagida qishlab
qoladi (b) ?
1) zubturum; 2) qurttana; 3) sachratqi; 4) qo`ypechak;
5) qoqio`t; 6) achambiti.
A) a-1,5; b-2,6 B) a-3,4; b-5
C) a-1,4; b-2 D) a-2,3; b-6
5. Qaysi organik moddalar chirituvchi bakteriyalar
tomonidan parchalanadi ? 1) kletchatka; 2) glikogen;
3) interferon; 4) nukleaza; 5) adenin; 6) uzum shakari;
7) EcoR1; 8) maltoza; 9) dezoksiriboza
A) 1,2,3 B) 4,5,7 C) 5,6,8 D) 2,3,9
6. Qaysi organizmlar “tuxum-lichinka-voyaga yetgan
davr” ketma-ketligida rivojlanadi ?
1) oq planariya; 2) nereida; 3) suv shilling`i; 4) mita;
5) yomg`ir chuvalchangi; 6) korall polip; 7) suluv
ninachi; 8) baqachanoq; 9) qayin odimchisi; 10)
aktiniya
A) 1,2,4,7,9 B) 3,5,7,8,10
C) 2,4,5,6,8,9 D) 2,6,7,8,10
7. Batsidiyaning batsilladan farqini ko`rsating.
1) yadroga ega; 2) yadroga ega emas; 3) plastidalari
bor;
4) plastidalari yo`q; 5) murein qobiqqa ega; 6) ATF
sintez qiladi; 7) barcha genlari “ishlab turadi”; 8) DNK
si oqsillar bilan komnpleks hosil qiladi; 9) mezasomaga
ega
A) 1,3,6,8 B) 2,4,5,7 C) 1,3,5,8,9 D) 2,6,7,9
8. Qaysi hayvonlar yuragining chap qorinchasidan
chapga yo`naluvchi aorta qon tomiri (a) va o`ngga
yo`naluvchi aorta qon tomiri (b) chiqadi ?
1) qiloyoq; 2) shinshilla; 3) tupay; 4) gornostoy;
5) kuropatka; 6) lira; 7) kapachi; 8) kazuar; 9) qora
suvke
A) a-5,6,7,8,9; b-1,2,3,4 B) a-2,3,5,9; b-1,4,6,7,8
C) a-1,4,6,7,8; b-2,3,5,9 D) a-1,2,3,4; b-5,6,7,8,9
9. Floema va ksilema oralig`idagi hujayralari
bo`lmaydigan o`simliklarni aniqlang.
A) yulg`un, saksovul B) shirach, xolmon
C) shashir, kovrak D) yong`oq, terak
10 Gen ATG GCT GGC AAT CAA CTA TAT TAG
Matritsa TAC CGA CCG TTA GTT GAT ATA ATC
Nukleotid soni 4 7 10 13 16 19 22
Quyidagi keltirilgan mutatsiyalardan qaysilari eng qisqa
oqsil hosil bo’lishiga olib keladi ( genetik kod
jadvalidan foydalaning)
A) 7-nukleotidning deletsiyasi
B) 9-nukleotidning G→C transversiya
C) 13-nukleotidning G→A tranzitsiyasi
D) 18-nukleotiding T→A transversiya
11. Yong`oq va terak uchun umumiy bo`lgan
xususiyatlarni aniqlang. 1) murtakdagi boshlang`ich
ildizdan asosiy ildiz o`sib chiqadi; 2) gulqo`rg`oni
yo`qolib ketgan yoki tangachaga aylangan; 3) gu bir
jinsli; 4) changchili guli kuchala to`pgulda joylashgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |