Sharq adabiyotida Shoiri Abu Maoniy (Ma’nolar otasi) deb nom qozongan Mirzo



Download 65,88 Kb.
bet2/2
Sana20.07.2022
Hajmi65,88 Kb.
#827198
1   2
Bog'liq
BEDIL

G’AZALLAR

* * *


Bo‘libdir g‘amga oshyon maskani dil, 
Shu bois g‘am kelur, so‘rsam: qani, dil?

Ko‘zim maqsudi vasling-u, qani ko‘z, 


Dilim yodi g‘aming, ammo qani dil?

Adashgan korvonga qo‘ng‘iroqcham, 


Na kuylar kuylamasdan nolani dil?

Kishi yo‘qdir kishiga zoru muhtoj, 


Vale dil tutganidir domani dil.

Qadam qo‘yganda xoki turbatimga 


Bo‘l ogohkim, oyog‘ing bosgani dil.

Agar-chi suvratim Bedildir, ammo 


Qilur boshdin-oyoqashkim mani dil.

* * *


Zahm o‘ldi yana chashmi purob o‘ldi, bizim dil, 
Rangin qadah ichra qon sharob o‘ldi, bizim dil.

Gulbog‘u chaman faslida tosh o‘lsa u ko‘ngil, 


Dasht uzra g‘ubor o‘lsa-da, ob o‘ldi, bizim dil.

Vasl anjumani ichra hayo jom bo‘libdur, 


Ob o‘lsa agar bodai nob o‘ldi, bizim dil.

Ne hosil, ayo nola, bul otash nafasingdan, 


Qon bo‘l, seni deb bo‘yla kabob o‘ldi, bizim dil.

Bir chashma-ku to‘foni xayol ichra bu olam, 


Bedil, na iloj, emdi sarob o‘ldi, bizim dil.

* * *


Parishon xotirim deb g‘am yaralmish, 
Yana chashmim tufayli nam yaralmish.

Qilur mavj gavharu oina javhar, 


Ajab, beorzu dil kam yaralmish.

Atarlar g‘uncha poymolini gul deb, 


Ne hol, shodlik aro motam yaralmish.

Sabo to‘zg‘itgudek bir kaft tuproq 


Qo‘shilgach qon ila, odam yaralmish.

Qoshimga kelsa gar farmoni taslim, 


Egilgum, qoshim asli xam yaralmish.

Agar xeshlik uchun paydo bu olam, 


Mening ko‘nglimga ko‘nglim ham yaralmish.

Dilning dardiga yo‘qdir chora, Bedil, 


Bo‘lib sohibmuhr Hotam yaralmish.
Erkin Vohidov tarjimalari

* * *

Ishq dog‘i kabi nurga niqobdir, yuragim, 


Oyina kabi dard ila sofdir, yuragim.

Har lahza bir uxlab yana tez uyg‘onadur, 


Har dam ishi rohat va azobdir, yuragim.

Mavjlanganidan kim ani sarchashma demish, 


Sarchashma emas, asli sarobdir, yuragim.

Paymonasi lim to‘ldi bo‘lib paydo shahd, 


Mulkingda umrdoshi hubobdir, yuragim.

Kel!.. O’t ber, alangamni tomosha ayla, 


Lov yonmasa, umri ne hisobdir, yuragim.

Sen so‘rading, berdim yulib ko‘ksimdan, 


La’ling bu savol, unga javobdir, yuragim.

Shabnam kabi suv olamidandir gohi, 


Goh misli qadah ichra sharobdir, yuragim.

Umrim necha dam? Tinmay urar bilmakka, 


Chin kasbi sanoq, kori hisobdir, yuragim.

Umrimni xayol etsam, hech yo‘qdir samari, 


Yong‘in nafasim, shunga kabobdir, yuragim.

Ko‘z-ko‘z qiladir daryo pufaklarni necha, 


Vasl ko‘zgusiman, ammo hijobdir, yuragim.

Tosh oyinavu, tomchi guhar bo‘ldi, biroq 


Afsus, hamon xonaxarobdir yuragim.

Ming tomir ila chirmadi g‘aflat, garchi, 


Bedil, necha hikmatga kitobdir, yuragim.

Bedil Sharq adabisshda Mavlono Jaloliddin Rumiy nomi bilan bog‘liq buyuk falsafiy oqimning yangi va yirik davomchisi bo‘lib maydonga chiqdi. U 1721 yilda vafot etdi.


“Irfon”,“Turima’rifat”,“Nukot”,“Chor unsur”, “Muhiti azam”, “Tilsimi hayrat” asarlari bilan O‘rta va Yaqin Sharqdagi behisob ellar, elatlar yuragida katta dovruq qozondi. Ilmiy, adabiy doiralarda bedilxonlik rasm bo‘ldi.
Bedil ruboiylari teran tafakkur va yorqin tuyg‘ularning ajoyib chatishmasidir. Ularda shoirning bszovta ruhi va u yashagan zamon nafasi gupurib turadi…


1 Бедил Куллиёт «Нукот» 2-бет.

2 Ыша асар 24-бет.

3 Мирзо Бедил. «Чор Унсур» 101-бет.

4 Мирзо Бедил. «Чор унсур» 71-бет.

5 Ыша асар 101-бет.

6 Ыша асар 102-бет.

Download 65,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish