Shaxsning individual o‘ziga xosliklari. Reja



Download 36,96 Kb.
bet1/4
Sana22.07.2022
Hajmi36,96 Kb.
#838901
  1   2   3   4
Bog'liq
SHAXSNING INDIVIDUAL O


SHAXSNING INDIVIDUAL O‘ZIGA XOSLIKLARI.
Reja:


1.Shaxs va uning individuallii. Shaxs vauning qobiliyatlari.
2.Qobiliyat. Kasbiy qobiliyatlar.Qobiliyatlar diagnostikasi.
3.Qobiliyatning psixologik strukturasi. Qobiliyatlarni rivojlantirishda kasbiy psixologik bilimlarning ahamiyati .Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi
4.Shaxsning genetikasi va unda kasb tanlashga moyillik va layoqatning mavjudligi
Har bir shaxs o‘ziga xos individualdir. Ya’ni, har birimizda muayyan ma’noda hech kimda qaytarilmaydigan sifatlar (nuqsonlar) va fazilatlar kompleksi mavjudki, biz aynan shu bilan betakror, o‘zimizga xos insondirmiz. Bu sifatlar avvalo bizning o‘zgalar bilan muloqatimizda, ish-faoliyatni yuritishimizda, fe’l-atvorimizda, yurish-turishimiz, kasb tanlashimiz va unga bo‘lgan munosabatlarimizda, jamiyatda o‘zimizni tutishimizda namoyon bo‘ladi. Kasbiy psixologiyada har bir kasb egasi, xodimning o‘ziga xosligini bilish, shunga qarab unga topshiriqlar berish, proforientatsiyani o‘tkazish, boshqarish muammolari echiladi. Shuning uchun ham shaxsning individual-psixologik xususiyatlari masalasi bu fan uchun ham o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi.

Avvalo, psixologiya shaxsning individual-psixologik xususiyatlari kompleksiga quyidagilarni kiritadi:


A. Shaxsning temperamenti va temperamental xususiyatlari;
B. Shaxsning xarakteri yoki fe’l-atvor xususiyatlari;
V. Shaxs qobiliyatlari va kasbiy layoqati masalasi.
Shu o‘rinda avvalo individ tushunchasidan farq qiladigan “individuallik” tushunchasiga izoh berish darkor. “Individuallik”- konkret bir insonni boshqa bir insondan farqlovchi barcha o‘ziga xos. Betakror xususiyatlar majmuini bildiradi. Ya’ni, individuallilik – insonning noyobligi, originalligini ifodalovchi kategoriyadir. Bu noyoblik ayrim insonlarda o‘ta namoyishkorona bo‘lib, yarq etib ko‘zga tashlansa, boshqa birovlarda u deyarli sezilmaydi ham. Bu o‘rinda bir rus olimi A.G. Osmolovning so‘zlarini keltirish mumkin: “Odam individ bo‘lib tug‘iladi, shaxs bo‘lib shakllanadi, individuallilikni esa tik turib namoyish etadi (otstaivaet)”. Bundan tashqari, individual psixologik xususiyatlarga temperament, xarakter, qobiliyatlardan tashqari irodaviy sifatlar, hissiyot (emotsiyalar), ijtimoiy ustanovkalar ham kiradi.
Kasbiy psixologiyada qobiliyatlar muammosiga juda katta e’tibor va ahamiyat beriladi. Chunki kasb-hunarni tanlash, egallash va uni ro‘yobga chiqarish orqali o‘z individualligini namoyon etish fan uchun ham, amaliyot uchun ham katta ahamiyatga egadir. Psixologiyada qobiliyatga shaxsning individual-psixologik xususiyati sifatida quyidagicha ta’rif beriladi:
Qobiliyat - shaxsning muayan faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti bo‘lib, buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Individ bo‘lib tug‘ilgan insondagi tug‘ma qobiliyatlar psixologiyala layoqat deb ataladi. Masalan, ilk yoshlikdanoq, bolaning predmetlar olamida yaxshi orientatsiya qilishiga imkon beruvchi sifatlari – ko‘zining va zehnining o‘tkirligi, qo‘llarining mobilligi, oyoqlarining tetikligi, uzunligi, sezgirligi, miyasining yaxshi ishlashi kabilar uning layoqatlari majmuini tashkil etadi.

Inson qobiliyati taraqiyotining eng yuksak darajasini ta’minlovchi tug‘ma imkoniyat psixologiyada iste’dod deb ataladi. Layoqatli odamlarni ko‘pincha iqtidorli deb ham atashadi. SHu o‘rinda bu tushunchalarning bilim, malaka va ko‘nikmalarga aloqasini ta’kidlagan xolda shuni aytish lozimki, qobiliyatlar bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zi emas. Oxirgilarga nisbatan qobiliyatlar ichki psixologik imkoniyatlar hisoblanadi va ularning tez o‘zlashtirilishi yoki yorqinroq namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Qobiliyatlar rivojlanganlik darajasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:


A) iqtidor – bir qancha qobiliyatlar yig‘indisi bo‘lib, u shaxsni muayyan kasb sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Iqtidorli odamlarda qobiliyatlar rang-barang bo‘ladi.
B) talant – insonga o‘zgalar orasida o‘z faoliyatining noyobligi, yangi va qadrliligi bilan ajaralib turishini ta’minlaydigan, bu faoliyat ijtimoiy ahamiyati bilan ham boshqalardan yuqori turadigan qobiliyatlar majmuini bildiradi.
V) geniylik – shaxs qobiliyatlari rivojlanishining cho‘qqisi bo‘lib, u tarixiy ahamiyatli, mutloq ahamiyatli natija va samaralarga erishishni ta’minlovchi qobiliyatlarni bildiradi.
Qobiliyatlarni yana bir boshqa toifalanishi mavjudki, u bevosita inson faoliyati, kasb-koriga aloqasi bilan xarakterlanadi:

  • umumiy qobiliyatlar – har qanday faoliyatni amalga oshirish, uning samarasini ta’minlovchi umumiy integrativ qobiliyatlardir;

  • ijodiy qobiliyatlar – ilgari hech kim tomonidan kashf etilmagan yoki yaratilmagan yangiliklarga aloqador qobiliyatlar bo‘lib, ular aslida har qanday faoliyatda – ilmiy, badiiy, ishlab chiqarish, siyosiy, iqtisodiy, pedagogik sohalarda namoyon bo‘ladi.


Download 36,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish