SIRLI SANDIQCHA
KIRISH
Ushbu kitob Farg’ona viloyati Bag’dod tumani Mehnatobod qishlog’i 57-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi ijodkor o’qituvchi va o’quvchilarini ijod mahsulidir. Kitobda ijodkorlarni his tuyg’ulari ichki kechinmalari aks ettirilgan. Aziz kitobxonlar inson va hayot, inson va hayol, iymon , diyonat, oqibat uyg’unligi ushbu kitobimizni bosh mavzusi bo’lib,yaxshilikning yomonlik ustidan g’olib kelishi mehr muhabbat kitobxonlarning balki asl insoniy fazilatlaridan yuragida ajib bir taskin tuyadi. Maqsadli yashab o’tilgan hayot mazmunli va barakali bo’ladi. Xuddi shu singari, o’z oldiga buyuk maqsadlar qo’yib yashayotgan ijodkorlarimiz ham tarix zarvaraqlarida o’chmas iz qoldiradi degan umiddaman.
Ijodiy madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi
Pirmatova Gulnozaxon.
Marufjonova Ezoza 2010-yil 10-iyulda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 5-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida rasim,tasviriy sanat fanidan to’garaklarga qatnashadi va tabiat qo’ynida rasim chizib turad. Kelajakda Dizayner bo’lish istagi bor.
OTA - OHA
Jannat yerda bo’lsa ustida onam.
Jannat ko’kda bo’lsa ostida onam .
Jannat bitta bo’lsa o’shadir onam.
Bu dunyoda Jannat bo’lsa jannatim onam.
Yoningda bo’lsalar ko’ngil to’larkan ,
Sen uchun jon kuyib, ming bor o’larkan
Samoda farishtalar borligi bu rost
Yerdagi farishta ona bo’larkan.
Yo’ldashaliyeva Asalxon 2008-yil 31-martda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 7-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida fizika fanidan to’garaklarga qatnashadi va badiy kitoblar o’qishni yaxshi ko’radi. Kelajakda jurrnalist bo’lish istagi bo.
ONAJONIM.
Yuzingizdan mehr nuri o’chmaydi doim ,
Sizga teng kelolmas hech qaysi oyim
Dunyodagi barcha onalardan siz ,
Azizsiz men uchun onajonginam!
Siz hayotning shodligu qayg’ulariga ,
G’amgin kunlariyu bayramlariga,
Bardosh berib chidagan jonajonginam,
Azizsiz men uchun onajonginam!
Onajonim sizni xafa qilib qo’ysam gar,
Kechalari uxlolmay yurak qiynalar.
Shuning uchun yuragimdasiz,
Dunyoda yagona, mehribonginam.
Sog’ bo’ling azizim, onajonginam!
DADAJONIM.
Har kun ishdan kelishin,
Poylab turamiz bizlar.
Dadajonim kelsalar ,
Yayrab ketadi dillar .
Men dadamsiz bir kun ham,
Xech ham yashay olmayman .
Shuning uchun dadamni,
Hech ham hafa qilmayman .
Dadajonim bizlarni,
Tog’ri yo’lga boshlaydi ,
Xaqiqatu rostlikni.
Hamma joyda qiladi.
Odamlarga yaxshilik,
Qilib duo olinglar .
Yomonlarga hech qachon,
Zimdan sherik bo’lmanglar.
Opa singil chin dildan ,
Ahl inoq bo’linglar .
Nasiyhati bir jahon ,
Ular biz uchun marjon .
Dadajonimni juda
Qattiq hurmat qilamiz ,
Yana ishdan kelguncha.
Intizor bo’lib kutamiz.
ONA VATAN
Onamizdek yagona
Bu ona vatan.
Dillarni yashnatadi
Bu ona vatan.
Yagona bu bittadir
Bu ona vatan .
Chamanlar chamanidir
Bu ona vatan.
Vatanjon, ona vatan
Yashnagin doim .
Sotmagayman hech qachon,
Hovuch tuprog’ing .
Yuldashaliyeva Farangiz 2010-yil 29-avgustda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 5-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida rasm chizish bilan shug’ullanadi. Kelajakda dizayner bo’lish istagi bor.
ONA
Ona dunyodagi eng go’zal inson.
Oyoqlari ostida Jannat.
Onangizni eslang insonlar,
Ona dunyodagi eng go’zal inson .
Onamni bag’rida o’sdim ulg’aydim.
Kamchilik ko’rmasdan bir g’am ko’rmasdan.
Yaratganim sendan bitta iltimos ,
Otam bilan onamni jannati qilgin.
с
SINFDOSHLARIM
Ertalab turishga eringanlarim ,
Darslarda o’tirib zerikkanlarim ,
Gohida urishib yarashganlarim,
Hayr meni aziz sinfdoshlarim.
Gohida urishdik ,yarashdik bizlar.
Yomonlik bilmadi bu qora ko’zlar.
Sho’x shodon kulgular beg’ubor dillar,
Hayr meni aziz, sinfdoshlarim.
а
No’monjonova Munojatxon 2010-yil 21-yanvarda tavallud topgan. Xozirgi kunda. 57-maktabning 5-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida kitob o’qishga rasim chizishga qiziqadi.
OTA VA ONA
Otam davlatim ,onam jannatim .
Har ikkisi mening, baxtu omadim .
Baxtli kunlarimda, raxbarim bo’lgan .
G’amgin kunlarimda, sirdoshim bo’lgan.
Bu mening, onam !
Bu mening, otam!
O’QUVCHILARNING ORZUSI.
Goho uxlab qolib, goh chala uxlab,
Ba’zan dars qilolmay, alamdan yonib.
Ustozlardan o’git ,nasihat olib.
Yuragimni tubida birgina ohim ,
Talabalik baxtiga, yetkaz alloxim.
ff
SINGLIMNING O’YINCHOG’I
Singilim yaxshi ko’rgan o’yinchoq,
Yo’qolibdi go’yo qo’g’irchoq.
Bir daqiyqa turaolmay jim,
Izlay izlay yig’ladi singlim.
Afsus topa olmay ,mayus qoldi u
Topib berar edi bir zumda darhol,
Mehribonim, onajonim , uyda bo’lganda.
Ergashaliyev Sanjarbek 2010-yil 2-Oktabrda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 5- sinf o’quvchisi .Bo’sh vaqtlarida maktabda tashkil etilgan Ingliz tili to’garagiga qatnashadi. Musiqaga qiziqadi.Kelajakda Bugajter bo’lish istagi bor.
MENINHG AKAM
Mening baxtu omadim,
Jonim akam, jon akam.
Sog’intirdingiz juda,
Mexribonim jon akam.
Hovlimizni huvillatib,
Student bolib ketgan.
Bilimdonim ,boyligim
Savlatligim jon akam.
Pirmatova Gulnozaxon 1987-yil 15-noyabrda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktab Ijodiy madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi lavozimida.Bo’sh vaqtlarida sherlar yozib turadi.O’quvchilar va ularni ijodiy ishlari bilan ishlash unga huzur bag’ishlaydi. Shiyoriozodalik tuman boylik.
ONAJONIM
Dunyolarni lol qoldirgan ,bir jahonim
Azizimsiz mening uchun qadri osmonim.
Sog’inganda sevinib borar joyim,
Bag’ri issiq mehribonim, onajonim.
Ichimdagi porlab turgan chirog’im,
U bor bilinmaydi dardu firog’im ,
O’zingizsiz qalb to’rida yongan chirog’im
Bag’ri issiq, mehribonim onajonim .
Ko’zlaringiz jovdiratdim yo’llarimga ,
Betop bo’lib ,o’y qo’shardim o’ylariga
Sog’inganda boraolmasam yonlariga
Beminnatim, mehribonim ,Bag’ri bo’stonim.
Onaginam kech ochilgan ko’zimdan o’pib
Menga sabiru –bardosh bilan yashashni aytib
Qo’llarin duoga ko’targan onam.
Mehribonim , duogo’yim, jannatim onam.
Yoldashaliyev Jamshidbek 2010-yil 9-iyulda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 5-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida sher yozadi va Sport bilan shug’ullanadi. Kelajakda milliy gvardiya hodimi bo’lish istagi bor.
ONAJONIM
Onajonim siz jaxonim
Kechalari uhlolmay,
Alla aytgan jonajonim.
Onajonim mehribonim ,
Siz hammadan azizjonim.
O’zi yemay yedirgan,
O’zi kiymay kiydirgan,
Bizga mehr ko’rsatgan,
Mehribonim onajonim,
Sizga rahmat qadri osmonim .
Vosiljonov Temurbek 2009-yil 4-noyabrda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 6-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida sportning futbol turi bilan shug’ullanadi. Kelajakda prakro’r bo’lish istagi bor.
O’ZBEK SHOIRLARI
Ustoz kelib so’zladi,
Xudoyberdi haqida.
So’ngra davom ettirdi,
Mir Alisher haqida.
Gapni davom ettirdi,
Bobur Mirzo haqida.
Gapirmoqchi boldi u,
G’ofur G’ulom haqida.
Tarif bermoqchi bo’ldi ,
Ko’plab shoir haqida.
Qo’ng’iroq ham chalindi
Vaqt ham tugap birpasta.
Saminjonov Sanjarbek 2009-yil 7-oktabrda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 6-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida maktabda tashkil etilgan fan to’garaklariga muntazam qatnashib boradi.Sher yozishni xush ko’radi. Kelajakda Kimyogar ,Ingliz tili o’qituvchisi bo’lish istagi bor .
TARIX DARSIDA
Sinab tarix darsida
O’quvchilardan ustoz.
Bir bir so’rar vazifa,
Savol berib u biroz.
Navbati kelib Javlon,
Ustoz berdi bir savol.
Navoiy bobomiz qachon?
Tug’ilgandir qil ayon.
Chaqqon Javlon der-buni
O’zingizga aytaman .
,,2’’qo’ymay tusangiz,
Darrov so’rab qaytaman.
TOVUQLARIM MUZLATKICHDA
Kirib keldi mana yoz,
Bu axir juda ham soz.
Bu yili ham menimcha,
Issiq bo’ladi biroz.
Huddi men ham ulardek
Qumsashar deb sovuqni.
Keyin quvib charchatdim,
Ikki qari tovuqni.
So’ng ularni tutdimu,
Oyoqlarin bog’ladim.
Qanotlarin qayirib,
Muzlatkichga joyladim.
Saminjonova Sarvinoz 2011-yil 21-dekabrda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 4-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida maktabda tashkil etilgan rus tili to’garagiga qatnashadi. Raqsga tushishni va musiqa tinglashni qo’shiq aytishni xush ko’radi . Kelajakda Rus tili o’qituvchisi bo’lish istagi bor.
KITOBIM OFTOBIM
Kitob oftobga o’xshar
Yo’limga ziyo sochar.
Qalbimni nurga burkab,
Kelajakka yol ochar.
Do’stim bergan kitobim,
Yorug’ yuzim sirdoshim,
Menga omad tilagan,
Ezgulikka chorlagan,
Kitobjonim, kitobim.
Qalbimdagi oftobim.
Qoldashova Kanizaxon 1982-yil 15-dekabrda tavallud topgan.Xozirgi kunda 57-maktab Boshlang’ich sinf o’qituvchisi .Bo’sh vaqtlarida rasm chizish,turli xil gullar yasash va kitob o’qishga qiziqadi. Xush momila, o’quvchilarining sevimli ustozi.
SIRLI SANDIQCHA
Tipratikon o’rmonda,
Topib oldi sandiqcha.
Sandiqni ochib ko’rgach,
Xursand bo’ldi u ancha.
Sandiqchada ko’rindi,
Mo’jazgina bir kitob.
Kitobni qo’lga olib,
O’qib chiqdi bir zumda.
Quvnoq shodon sherlarni,
Yod olib yurdi kunda.
Sherlarni siz ham o’qing!
O’gillarim qizlarim,
Ilm sari intiling !
Sizga aytar so’zlarim.
Qo’ldashov Nodirjon Sotvoldiyevich 1978-yil 17-martda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktab Jismoniy tarbiya o’qituvchisi.Bo’sh vaqtlarida spo’rtning shaxmat, tennis,fudbol turlari bilan shug’ullanadi.Tabiat shaydosi, o’zi bunyod etgan bog’da ishlash unga huzur bag’ishlaydi.
BANDA BO’L
Ozod qushdek jahonda,
Yashay desang omonda,
Xaqsevar bu zamonda ,
Qaboxatga urma qo’l.
Olloh suygan banda bo’l
Sila yetim boshini .
Art ko’zdagi yoshini
But qil usti boshini.
Shijoatga katta yo’l
Olloh suygan banda bo’l.
Olib otadan ibrat
Ka’bani ziyorat qil.
Ona bersa ijozat
Mayli kez sahro-yu cho’l
Olloh suygan banda bo’l .
Yo’qlasa do’stu dushman
Yoki desa gadoyman
Bo’lmagin sira manman.
Dasturxoning bo’lsin mo’l
Olloh suygan banda bo’l.
Ey Nodir bor qalaming
Nazdidasan hammaning
Ayama jonu taning
Yurting uchun mayli o’l
Olloh suygan banda bo’l.
BO’LMAS.. [OnamPattinsaga]
Sizsiz onajon ona
Ko’ngilga shodlik to’lmas .
To’y bolalar to’yida,
O’ynamasangiz bo’lmas.
Xassani nari surib,
Qomadni roslab turib.
Davrada G’ozdek turib,
O’ynamasangiz bo’lmas.
Ammajon o’ynab toling,
Onamni kutib oling.
Boy kampir chiqa qoling,
O’ynamasangiz bo’lmas.
Sevinchdan ko’zlarda nam,
Yo’qolsin to’y kuni g’am .
Otamning o’rniga ham,
Oynamasangiz bo’lmas.
Gapimning indallosi ,
Qo’shiqni yo’q adosi.
Ko’zimning oq qarosi,
O’ynamasangiz bo’lmas.
Abdugapporova Gulsanam 2006-yil 21-iyulda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 5-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida sport to’garaklarga qatnashadi va sherlar yozadi . Kelajakda huquqshunos siyosatchi bo’lish istagi bor.
ONAJONIM
Sahardanoq charxpalakdek aylanasiz
Bir ish bitsa, bosh qasiga shaylanasiz
Onaginam , ayting qachon dam olasiz.
Shuncha ishga qanday yetar bardoshingiz
Qo’lingizdan o’psam nonni isi kelar
Keling endi mehribonim ish ham bitar
Bir ozgina suhbatingiz g’animat bo’lar.
Kunlar kelar siz ko’rasiz roxatini
Onajonim qachon bitar mehnatingiz.
USTOZIM SIZNI JUDA SOG’INDIM
Erkaliklarimni ko’targan ham siz ,
Dardlarimga sherik bo’lgan o’zingiz.
Qiyin kunlarimda yonimda ham siz,
Ustozim sizni juda sog’indim .
Qadringiz yomon o’tdi , buni bilsangiz
Qaniydi yonimda hozir bo’lsangiz.
To’yib bag’rimga bosardim sizni,
Ustozim sizni juda sog’indim.
Bolangizdek aziz ko’rgansiz bizni,
Bag’ringizga bosib ulg’aytirgansiz
Ustozim sizni juda sogindim,
Mehribonim sizni juda sog’indim.
Yaminjonova Sadoqatxon 2008-yil 29-iyulda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57–maktabning 5-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida rasim,tasviriy sanat fanidan to’garaklarga qatnashadi va tabiat qo’ynida rasim chizib turad. Sheriyatga qiziqadi Kelajakda Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lish istagi bor.
QO’GIRCHOG’IM
Sochi xuddi tilladay
Labi xuddi g’unchaday
Ko’zi xuddi munchoqday
Qo’g’irchog’im, Sabina .
Sochini qilib turmak
Ustiga kiyib ko’ylak
Pardoz qilibdi yuzin
Qo’g’irchog’im, Sabina .
Menga o’hshaydi juda
Dunyolarda yagona
Dugonamsiz har chog’da
Qo’g’irchog’im, Sabina .
Olimjonov Shaxriyor 2013-yil 11-yanvarda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 2-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida maktabda tashkil etilgan rus tili to’garagiga qatnashadi. Sportga qiziqadi . Kelajakda Harbiy bo’lish istagi bor.
DO’STIM
Meni eshit o’rtog’im
Piyoda yursang agar
Kichik yo’lakdan yurgin
Nari bo’lar xaf xatar.
O’nni uchga qo’shsak
Do’stim o’n uchdir
Mard yigitlar yig’ilsa,
Yengilmas kuchdir.
Vatanim uchun
Kuchga to’laman
Katta bo’lganda
Harbiy bo’laman.
Marufjonova Ezoza 2010-yil 10-iyulda tavallud topgan. Xozirgi kunda 57-maktabning 5-sinf o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida rasim,tasviriy sanat fanidan to’garaklarga qatnashadi va tabiat qo’ynida rasim chizib turad. Kelajakda Dizayner bo’lish istagi bor.
OTA - OHA
Jannat yerda bo’lsa ustida onam.
Jannat ko’kda bo’lsa ostida onam .
Jannat bitta bo’lsa o’shadir onam.
Bu dunyoda Jannat bo’lsa jannatim onam.
Yoningda bo’lsalar ko’ngil to’larkan ,
Sen uchun jon kuyib, ming bor o’larkan
Samoda farishtalar borligi bu rost
Yerdagi farishta ona bo’larkan.
Hakimjonova Muxlisa 2008-yil 26-iyulda tavallud topgan .Xozirgi kunda 57- maktabninng 7-sinfi o’quvchisi. Bo’sh vaqtlarida maktabda tashkil etilgan fan to’garakilariga qatnashadi va sherlar yozib turadi. Kelajakda o’qituvchi bo’lish istagi bor
Dugonalar .
Biz uchala dugona ,
Doim birga yuramiz.
Ta’tilga chiqqandachi ,
O’ynab kulib yayraymiz.
Bo’sh o’tirmay uchalamiz
Bosh qotirma yechamiz
Savollarga javob berib,
Topishmoqlar topamiz .
Topshiriqni bajarib
Darsda beshlar olamiz .
Ikki olmaslik uchun
Xo’p harakat qilamiz.
Ustozlar
Bizlarga bilim berib,
Bilimu saboq berib .
Yaxshi baholar qo’yib
Bizni o’qitar ustoz.
Bizlarni quvontirar
Chiroyli bo’lib kelar
Ko’nglimizga xush yoqib,
Bizni kuldirar ustoz.
Shuning uchun ustozni
Juda yaxshi ko’ramiz,
Kelajakda barchamiz
Shunday ustoz bo’lamiz.
Mundarija:
Kirish. ___________________________________ 3
Ota-ona. _________________________________ 4
Onajonim. ________________________________ 5
Dadajonim. _______________________________ 6
Ona-vatan.________________________________ 7
Ona. _____________________________________ 9
Sinifdoshlarim. ____________________________10
Ota-onam.________________________________11
O’quvchilarning orzusi.______________________11
Singlimning o’yinchog’i. ___________________12
Mening akam.___________________________13
Onjonim._______________________________14
Onajonim.______________________________16
O’zbek shoirlari. _________________________17
Tarix darsida.____________________________18
Tovuqlarim muzlatkichda.__________________19
KItobim oftobim._________________________ 20
Sirli sandiqcha.___________________________21
Banda bo’l. ______________________________23
Bo’lmas._________________________________25
Onajonim. _______________________________27
Ustozim sizni juda sog’indim. ________________28
Qo’g’irchog’im. ___________________________29
Do’stim. _________________________________30
Ota-ona. _________________________________31
Dugonalar ________________________________32
Ustozlar __________________________________33
Yonib yasha ishla ijod et,
Olam taxsin aytsin shaningga.
Yani elni ishontirib ket,
O’lish uchun kelmaganingga.
Do'stlaringiz bilan baham: |