Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108
Bog'liq
l

 

10 

Odam va Havoga man qilingan meva – aql mevasi ekan... 

Har  birimizda  ikki  dunyo  mujassam  –  qalb  va  aql.  Ko’pincha  ikkisi  ziddiyatda. 

To’g’rirog’i – aql qalbga qarshi chiqib qoladi. Qalb – o’z-o’zicha mukammal dunyo. U 

ziddiyatga borishni,  g’azablanishni, xafa bo’lishni,  yomon  ko’rishni bilmaydi.  U faqat 

sevishni va ezgulikka intilishni biladi. 

Biroq  aql  nuqsonlardan  holi  emas.  U  g’arazgo’y,  arazgo’y,  manfaatparast  va 

kaltabin.  Ha-ha  –  aql  oxirini  ko’ra  bilmay  ish  qilishga  usta.  U  mudom  rejalar  tuzadi, 

hisob-kitob  qiladi,  ishonadi,  umid  qiladi,  istaydi,  izlaydi  –  ammo  uning  aytganlari  har 

doim ham to’g’ri chiqavermaydi. Chunki u – qalbchalik mukammal emas. 

Barchamiz  mukammal  qalb  bilan  dunyoga  kelamiz.  Chaqaloqning  aqli  –  oppoq 

qog’ozdek,  unga  hali  hech  narsa  yozilmagan.  Ammo  bu  uzoqqa  bormaydi  –  yashash 

muhiti va ota-ona darhol qo’llariga qalam olib, o’z tushunchalaridan kelib chiqqan holda, 

bu oq qog’ozni yozuv bilan to’ldira boshlaydilar. Bu jarayon butun umr davom etadi – 

oila, maktab, jamiyat o’z haqiqatlarini kishi onggiga dastur tarzida kiritib boraveradi. 

Siz-u biz shunchalar ishongan 



aql

 ana shunday shakllanadi. 

Dunyoda bajarilishi shart bo’lgan bir qonun borki, uning oldida barchamiz ojizmiz. 

Bu, albatta, muvozanat qonuni. Odamzod ham o’ziga xos qarama-qarshiliklar to’plami – 

bir yoqda ezgulik mayog’i bo’lmish qalb tursa, boshqa tomonda manfaat ta’qibchisi – aql 

turadi. 


Hech  o’ylab  ko’rganmisiz  –  nima  uchun  aqlsiz  jonzotlar  Oxirzamonda  ajrsiz 

Jannatga  kiritiladi?  Nima  uchun  telba  odamni  ko’pincha  begunoh  banda  deyishadi? 

Chunki  ularda  aql  yo’q.  Biz  odamlar  aqlimizga  ishonib,  shu  darajaga  yetganmizki, 

o’zimizni Tangrining boshqa mavjudot-u mahluqotlaridan yuqori hisoblaymiz. To’g’rida, 

axir, odamni hayvon bilan tenglashtirish – gunohi azim. Shundaymikan?.. 

Aqlsiz  hayvon  faqat  qorni  ochsa  yoki  o’zi  va  nasli  hayotiga  xavf  tug’ilsagina 

boshqa jonzotni o’ldiradi. Ongli inson esa – shunchaki, maroq uchun ham o’ldiraveradi 

(ovga  chiqmaganmisiz?).  Aqlsiz  hayvon  faqat  mavsumi  kelib,  nasl  qoldirish  zarurati 

bo’lgandagina  jufti  bilan  qovushadi.  Ongli  odam  bo’lsa  istagan  paytda  istagancha 

shahvoniy lazzatga beriladi. 

Hayvonlarning, va umuman – har qanday tirik jonzotning ham ruhi – qalbi bor. Ular 

ham Tangrining buyuk qudrati mevasi. Dunyoda bir mavjudot qolganlaridan yuqori qilib 

yaratilmagan. Muqaddas bitiklarda bu borliqdagi ne’matlar inson hayotini farovon etish 

uchun yaratilgani aytiladi. Bunday ta’kidni o’zini “koinot markazi” deb bilgan odamzod 

juda  xato  tushungan.  Bunda  Yaratganning  marhamatini  ko’ra  bilish  va  unga  shukr 

keltirishga  ishora  etilgan  aslida.  Buni  qarangki,  o’sha  biz  o’zimizdan  quyi  deb  bilgan 

mavjudotlar bizsiz yashay oladi (yovvoyi tabiatni nazarda tutsak) – biz esa ularsiz yashay 

olmaymiz. Ular bizga emas – biz ularga qay darajadadir tobemiz. 

Ko’pchiligimiz  aql  va  qalb  tushunchalarini  farqlashga  qiynalamiz.  Misol  uchun 

“aqldan ozgan” iborasini qanday tushunasiz? Sizningcha, aqldan ozgan odam pichoq olib, 

o’ng-u so’lda hammani so’yib yurishi mumkinmi? 

Aslida  bunday  odamning  aqli  ishdan  chiqmagan  –  balki  uning  qalbi  tamoman 

ko’mib  tashlangan.  Odamda  uni  xatti-harakatga  undovchi  ikki  kuch  bor  –  biri  qalb, 

boshqasi  aql.  Ko’p  hollarda  kishi  ko’ngli  istagan  narsasini  aqli  xohlamaydi  (ko’ngil 





Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish