ORALIQ NAZORAT (ON)
5 semestrdan keyin oraliq nazorat o’tkaziladi. JB dan to’liq kredit olmagan talaba ONga kiritilmaydi. ON semestr oxirida, og’zaki amaliy ko’nikmalarga asoslangan xolda mulyajlar va fantomlardan iborat maxsus savolnomalar asosida amalga oshiriladi 100 balli tizimda baholanadi, o’tish bali 55 ball.
YAKUNIY NAZORAT (YAN)
JNga ajratilgan kreditlarni to’liq to’plagan, ONni topshirgan talaba YANga kiritiladi. YAN modul yakunida yozma shaklda o’tkaziladi. Bunda talabalarning kompetensiyalarni, amaliy ko’nikmalarni egallash darajasi va nazariy bilimlari tekshiriladi. Biletda 3 ta nazariy savol va 1 ta amaliy ko’nikma beriladi, xar biriga 25 ball beriladi. Maksimal ball 100, utish bali 55 ball. YANda saralash balini (55) yig’a olmagan talaba YANdan o’tmagan va modulni o’zlashtirmagan deb xisoblanadi (JNda to’liq kreditni yiqqan bo’lsa xam).Ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi raxbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davomiy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan xollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.Kasalligi sababli yakuniy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki xafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.Semestr yakunida yakuniy nazoratda saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor xisoblanadi.Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan kursdan kursga qoldiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, modul bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday xolda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi xamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv bo’limi xamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |