So’z turkumlari. (VI sinf. I chorak). Darsning maqsadi



Download 4,26 Mb.
Sana30.12.2021
Hajmi4,26 Mb.
#88769
Bog'liq
dars ishlanma internetga


So’z turkumlari.

(VI sinf. I chorak).

Darsning maqsadi:

-o’quvchilarga so’z turkumlari, ularning xususiyatlari haqida ma’lumot berish;

-o’quvchilar ongida ahillik va totuvlik kabi tushunchalarni singdirish;

-o’quvchilarning aqliy tafakkuri va ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish.



Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.

Darsning uslubi: ”Klaster”,”Aqliy hujum”, guruhlarda ishlash.

Darsning jihozi: noutbuk, videoproyektor, so’z turkumlari haqida plakat,multimediya,boshqotirmalar.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism.Salomlashish. Navbatchi hisobotini tinglash. Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish.(“Mustaqil so’zlar”, “Yordamchi so’zlar”, “Alohida so’zlar”)

II.Otgan mavzuni hamda uyga vazifani so’rash.

O’tgan mavzu: To’plam va tasnif.

Har bir guruhdan bitta o’quvchi doskaga chiqariladi.Ularga o’tilgan mavzu bo’yicha 3 tadan tezkor savol berib, “Aqliy hujum” o’tkaziladi.

1-guruhga.

1.To’plam nima?

2.O’quv qurollari to’plamini tasniflang.

3.Buxoro, Toshkent, Guliston, Jizzax kabi so’zlar qanday nom ostida birlashadi?

2-guruhga.

1.Tasnif nima?

2.Bo’rikalla, Asati, Sherozi kabi so’zlar qanday nom ostida birlashadi?

3.Davlat ramzlari to’plamini tasniflang.

3-guruhga.

1.So’z turkumlarini to’plam deya olamizmi?

2.”Kurash”, ”Kim oladi-ya”, “Oq terakmi, ko’k terak?” kabi so’zlarni qanday nom ostiga birlashtirish mumkin?

3.Milliy qahramonlar to’plamini tasniflang.

O’quvchilar bergan javobiga qarab, “Ofarin”, “Balli”, hamda “Olg’a” kartochkalari bilan baholab boriladi.

O’tgan mavzuni mustahkamlash hamda yangi mavzuga kirish maqsadida “Klaster” usuli asosida tayyorlangan slayd o’quvchilarga ko’rsatiladi.



Uyga vazifa sifatida berilgan 77-mashq so’raladi.Ushbu mashqda “O’zbekistonning qazilma boyliklari”mavzusida matn tuzish berilgan.O’quvchilar tuzgan matnlarning mazmuni va mavzuga mosligiga ko’ra baholanadi.

III.Yangi mavzuning bayoni: Yangi mavzu yozuv taxtasiga yoziladi.

O’qituvchi monitor orqali har bir guruhga bir necha so’zlarni ko’rsatadi.O’quvchilar ularning qanday so’roqqa javob bo’lishiga ko’ra guruhlaydi.

Masalan: 1-guruhga – Tilla,olim, guruh, shakl,ya’ni, hatto,oh,obbo,lip, sariq, zilol, shamol…

2-guruhga – ikki, yarim, o’ndan besh, ishlamoq, hamda, chunki, vaholanki, yalt, bajarmoq, sotib olmoq…

3-guruhga – bu, hech kim, kimdir, ko’p, oz, mardlarcha, o’z, balki,taq, afsuski, va…

Yuqoridagi so’zlardan so’roqqa javob bo’ladigan va so’roqqa javob bo’lmaydigan sozlar ajratiladi.Ular mustaqil va yordamchi so’zlar ekanligi, qolgan so’zlar esa alohida so’zlar turkumiga tegishlim ekanligi tushuntiriladi.

Demak, so’zlar ma’no va vazifasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1.Mustaqil so’z turkumlari.2.Yordamchi so’z turkumlari.3.Undov so’zlar.4.Taqlid so’zlar.5.Modal so’zlar.

O’qituvchi tomonidan monitorda so’z turkumlariga oid multimediya namoyish etiladi.

Darslikdagi 78-mashq o’quvchilar tomonidan o’qiladi hamda undagi matn tarkibidan mustaqil va yordamchi so’zlar aniqlanadi.






79-mashq og’zaki bajariladi.So’zlarga so’roq berib, guruhlanadi va ular orqali gaplar tuziladi.

80-mashq yozuv taxtasida bajariladi.Hikmatli so’zlar tahlil qilinadi.

Masalan: Olimlarning xizmati mangu qoladi.

Tahlil: gapdagi har bir so’zga so’roq berib, qaysi turkumga mansubligi aniqlanadi.Hikmatli so’zning mazmuni ochib beriladi.



Mustahkamlash:

O’quvchilarning so’z turkumlari yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash uchun guruhlarga boshqotirmalar beriladi.

1-guruhga

2-guruhga.

3-guruhga.

V.Baholash.

So’ng monitorda boshqotirmalarning javobi ko’rsatiladi.Guruhlar javobiga qarab rag’batlantiriladi.

(“Ofarin”, “Balli”, “Olg’a” kartochkalari bilan)

Dars oxirida to’plagan kartochkalar soniga qarab, g’olib guruh aniqlanadi. Faol o’quvchilar baholanadi.



VI.Uyga vazifa: 81-mashq.

Buxoro viloyati Jondor tumani 39-umumiy o`rta ta`lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Ismoilova Sayramning bir soatlik


dars ishlanmasi.
Download 4,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish