O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim tog’risida” gi qonunning asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
Javob: ta'lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini yagona o'quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash
Pedagogikafani nima haqida bahs yuritiladi?
Javob: yosh avlod hamda kattalarni tarbiyalash haqida bahs yuritadi.
Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasini aytib bering.
Javob: Avvalo har bir o’quvchi, o’qituvchi-murabbiy o’z ona yurti tarixini bilishi, uni sevishi, vatanparvar bo’lishi zarur. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o’tmishdagi taraqqiysini bilmoq kerak. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz.
Pedagogika fanining bo’limi
Javob: oila pedagogikasi, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi va kattalar pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, harbiy pedagogika, menejment pedagogikasi, iqtisodiy pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi va boshqa tarmoqlarga bo’lingan. Undan tashqari, sezgi organlarining biron bir turi ishlamaydigan kishilarga bilim berishning o’ziga xos tomonlarini o’rganuvchi maxsus pedagogika guruhiga - surdopedagogika, (illopedagogika va olifrenopedagogikalar kiradi. Butun pedagogik jarayonni amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini ko’rsatib beruvchi uslubiyat (metodika)ni ham, o’z navbatida - maktabgacha ta’lim uslubiyati, umum ta’lim uslubiyati, hunar ta’limi uslubiyati, oliy ta’lim uslubiyati va malaka oshirish uslubiyati va boshqa tarmoqlardan iborat.
Pedagogika asoslari, didaktika, tarbiya va ta’lim menejmenti
Do'stlaringiz bilan baham: |