O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2016 yil “11” martda
“№190”-son raqam bilan
RO‘YXATGA OLINGAN
|
O‘zbekiston Respublikasi
Davlat Raqobat qo‘mitasining
2016 yil “5” martdagi
№01-k-PO- sonli buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
|
«O’ZBEKOZIQOVQATXOLDING» XOLDING KOMPANIYASI
AKSIYADORLIK JAMIYATI USTAVI
(YANGI TAXRIRDA)
I. Umumiy qoidalar
-
Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish choralari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2016 yil 11 martdagi Korporativ boshqaruv kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xoldinglar to‘g‘risida”gi nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan.
-
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda - Jamiyat) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-sonli “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016 yil 5 martdagi 01K-Po-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.
Jamiyat “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.
-
Jamiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konuni 2016 yil 11 martdagi Korporativ boshqaruv kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.
-
Jamiyatning to‘liq nomi:
o‘zbek tilida:
lotin yozuvida:
«O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati;
kirill yozuvida:
«Ўзбекозиқовқатхолдинг» холдинг компанияси акциядорлик жамияти;
rus tilida:
Акционерное общество холдинговая компания “Узбекозиковкатхолдинг”;
ingliz tilida:
«O’zbekoziqovqatxolding» holding joint-stock company.
Jamiyatning qisqartirilgan nomi:
o‘zbek tilida:
lotin yozuvida:
«O’zbekoziqovqatxolding» XK AJ;
kirill yozuvida:
«Ўзбекозиқовқатхолдинг» ХК АЖ;
rus tilida:
АО ХК “Узбекозиковкатхолдинг”;
ingliz tilida:
«O’zbekoziqovqatxolding» HJSC.
-
Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili):
Indeks: 100015, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 73-a uy.
-
Jamiyatning elektron pochta manzili: oziqovqatxolding@oziq-ovqat.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |