Bajardi:Anorqulov Samandar Reja:
Tashqi iqtisodiy faoliyat to’grisida tushuncha
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha - Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining asoschisi deb haqli ravishda belgiyalik olim Adolf Ketleni (1796-1874) hisoblash mumkin. Chunki u birinchilardan bo‘lib to‘plangan statistik ma’lumotlarga statistik usullar yordamida ishlov berishni qo‘lladi. U, shuningdek, ilk bor Belьgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda taniqli matematik olimlar bilan hamkorlik qildi. A. Ketleni matematik bo‘lgani uchun u o‘z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. Ushbu holat statistika vujudga kelishida, boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida o‘z ifodasini topdi. Chet el mamlakatlarida hozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida qismi sifatida tashkil topdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining majburiyatlari - O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O‘zbekistonda belgilab qo‘yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
- Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida tushuncha - Tashqi iqtisodiy aloqa - bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib, iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi.
- Bu munosabatlar quyidagi shakllarda bo’ladi:
- - xalqaro savdo-sotiq;
- - ishlab chiqarish kooperatsiyasi;
- - kapital migratsiyasi;
- - ishchi kuchi migratsiyasi;
- - o’zaro to’lovlar va hisob valyuta operatsiyalari va boshqalar. Savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi o’rinda turadi va bu jahon bozorida o’z ifodasini topadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi metodologiyasi va uning vazifalari - TIF statistikasi ham o‘z ob’ektini xususiy metodlari yordamida o‘rganadi. Ular quyidagilardan iborat:
- 1. Ommaviy statistik kuzatish metodi;
- 2. Kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash;
- 3. Turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni (masalan, mutlaq va nisbiy miqdor, o‘rtacha miqdor, indeks va hakozo)hisoblash;
- 4. Tanlanma kuzatish usuli, statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko‘rinishida ifodalash.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar - Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida TIF statistikasi oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:
- 1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni, boshqarishni va keng jamoatchilikni haqqoniy statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash.
- 2. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalqaro iqtisodiy aloqalarni har tomonlama keng qamrovli ifodalovchi yangi statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.
- 3. Mamlakatimiz turli tarmoqlari iqtisodiy faoliyatini chet el mamlakatlari iqtisodiyoti bilan muvofiqlashtirish yordamida yuzaga keladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish.
- 4. Chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish manbalarini va omillarini aniqlash.
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA - 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 182-modda, 1992-yil, № 9, 335-modda) o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin
Tashqi iqtisodiy faoliyat - Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
- O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir.
- Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi;
- savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik;
- tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari - Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
- xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
- tashqi savdo faoliyati;
- chet el investitsiyalarini jalb qilish;
- O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.
Foydalanilgan adabiyotlar - . Statistika. Darslik. Prof. ShodievX. Va Xabibullaev I. tahriri ostida. – T.: Iqtisod-moliya, 2013-384 b. 4. Shodiyev X. va Xabibullaev I. tahriri ostida. Statistika bo’yicha praktikum. – T.: Tafakkur bo’stoni, 2015-336 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |