Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


§ 3.3. Tarif siyosatining asosiy ko‘rinishlari



Download 2,2 Mb.
bet47/86
Sana27.01.2022
Hajmi2,2 Mb.
#412776
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
Bog'liq
1-mavzu-TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT VA RAQOBAT MENEJMENTI (3)


§ 3.3. Tarif siyosatining asosiy ko‘rinishlari
Milliy xo‘jaligining holatiga bog‘liq ravishda bojxona siyosati olib borishning ikki variantini ajratib ko‘rsatish mumkin - iqtisodiy rivoj- langan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi bojxona siyosatlari.
Rivojlangan mamlakatlar uchun ko‘p ustunli tariflar xos bo‘lib, u turli import boji stavkalari: barcha davlatlar uchun taalluqli boigan miqdori baland umumiy stavkalar, eng qulay sharoit yaratish rejimi stavkasi (ikki mamlakat o‘rtasida kelishilgan holda o‘matilgan savdo operatsiyalarining imtiyozli tartibi), kambag‘al, past darajada rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlardan qilinadigan importlar uchun belgilangan preferensial koeffitsentli stavkalami nazarda tutadi.
Rivojlangan mamlakatlar bojxona tariflarining boshqa bir xususiyati, bu tariflaming 1988-yilda joriy etilgan «Xalqaro tovarlami tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimi» (UT) bilan korrelyatsiyasi (o‘zaro bog‘liqligi) hisoblanadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi bojxona siyosatining o‘ziga xos xususiyati eksport bojlaridan keng ko‘lamda foydalanish va nisbatan yuqori import tarifi stavkalarini ushlab turish (bu stavkalar rivojlangan mamlakatlar uchun misli ko‘rilmagan darajaga yetadi - 50-100 foizgacha, Misr, Ekvador, Pokistonda hatto bundan ham yuqori) xosdir.
Bundan tashqari ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda, AQSh, Yaponiya va Yevropa deijavalaridan farqli ravishda, eski Bryussel tovar nomenklaturasidan yangi Uyg‘unlashtirilgan tizimga endigina o‘tishmoqda. Shuning uchun ulaming ba'zilari ko‘p kolonkali tarif- lami qo‘llaydi (Senegalda - 9 ta, Malida - 17 ta). Milliy tariflar bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotida bir necha mamlakatlami bojxona ittifoqlariga birlashishi keng tarqalib bormoqda. Bojxona ittifoqlari tashqi savdoni davlatlararo tartibga solishni turli ko‘rinishlaridan amaliy foydalanishmoqda, bunda ular turli hududiy va global xalqaro tashkilotlar ko‘magiga suyanmoqda.
Bojxona bojlarining mohiyati va ko‘rinishlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat amaliyotida tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bojxona bojlari hisoblanadi. Bojxona boji iqtisodiy mohiyati jihatidan tovar davlat chegarasidan o‘tayotganda olinadigan maxsus pul yig‘imi, soliqni bildiradi.
Bojxona bojlari ko‘rinishlarining turli-tumanligi ulaming tovar oqimlarini tartibga solish jarayonida bajaradigan funksiyalarining nihoyatda keng ko‘lamliligi bilan tushuntiriladi. Eslatib o‘tamiz, bojxona bojlarini joriy etishdan asosiy maqsad: budjetning daromad qismini ko‘paytirish va «nohalol» raqobat bilan kurashishdir. Shuning uchun ham savdoga ta'sir o‘tkazishning bu usulidan hozirgi kunda jahonning yuzdan ortiq mamlakatida foydalaniladi.
Tovar oqimlarining yo‘nalishiga bog‘liq ravishda import, eksport va tranzit bojlari mavjud.
Import bojlarini joriy qilish milliy kompaniyalar (rezidentlar) ga ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatini beradi, chunki ular jahon bozoridagi o‘rtacha darajaga nisbatan yuqoriroq xarajatlar bilan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi paytda eksport bojlari ancha kam qo‘llaniladi. Ulardan deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar voj kechishgan, chunki ularni joriy qilish jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitda eksportning qimmatlashishiga olib keladi.
Tranzit bojlar mamlakat hududini kesib o‘tuvchi tovarlardan olinadi va tranzit yig‘imlar ko‘rinishiga ega.
Bojxona bojiga tortishning ikkita asosiy usuli mavjud:
Maxsus, bunda boj miqdori tovaming og‘irligi, hajmi miqdori birligidan belgilangan summa sifatida o‘matiladi (masalan, avtomobil dvigatelining 1 sm3 dan).
Advalor (lot. - ad valorem - qiymatdan), bunda bojxona boji so- tuvchi tomonidan qayd etilgan tovar qiymatidan foiz ko‘rinishida aniq- lanadi.
Bundan tashqari tashqi savdo amaliyotida bojlami hisoblashning kombinatsion usuli mavjud. Uning mohiyati shundan iboratki, ma’lum bir bojxona tashkiloti vaziyatdan kelib chiqqan holda maxsus va adva- lor orasidagi usulni mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega bo‘ladilar.
Bojxona boji o‘matishning u yoki bu usulini tanlash tovar gu- ruhi tabiatiga bog‘liq Xomashyo tovarlariga odatda birinchi usul qo‘llaniladi, eksport bojlariga kelsak, ular ham odatda maxsus usuldan foydalangan holda o‘matiladi. Advalor usuldan foydalanish boisa, mashinasozlik mahsulotlari va butlovchi qismlar, ya’ni yuqori darajada differentsiatsiyaga ega buyumlar importida qulay hisoblanadi. Hozirgi paytda bu usul hissasiga barcha bojxona yig‘imlarining 80 foizidan ko‘progi to‘g‘ri keladi. Savdo aloqalaridagi mamlakatlar bir-biri bilan turli shartnoma munosabatlarida bo‘lganligi uchun import bojlari: preferensial (maxsus imtiyozli) boj, shartnomaviy (minimal) boj va asosiy (jahon bozori uchun maksimal darajada mumkin bo‘lgan) bojlar bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotda davlat tomonidan tashlangan protektsionistik qa- damlar ishlab chiqaravchilar va iste^molchilarga hamda qisqa va uzoq
3.3.1-rasm. Import bojinlng milliy iqtisodiyotga ta’siri.

muddatli istiqbolda daviatning o‘ziga ham har xil ta’sir ko4rsatadi. Bunday siyosatning ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi milliy kompaniyalarga ta’sirini ko‘rib chiqishdan boshlaymiz.


3.3.1- rasm yordamida import bojining kichik iqtisodiyot (ichki narx jahon narxiga ta’sir ko‘rsata olmaydigan iqtisodiyotjga ta’sirini baholashimiz mumkin. Savdo boshlanmasdan oldin, mamlakatda 100 ta tovar ishlab chiqarilyapti va iste’mol qilinyapti, muvozanat narxi 8 dollarga teng (talab va taklif chiziqlari E nuqtada keshishgan). Agar tovaming jahon narxi ichki narxdan past bo‘lsa, mamlakatga jahon narxida (5 dollar) 120 ta tovar kirib keladi, ichki narx jahon narxi darajasigacha tushib ketadi. Buning natijasida, milliy ishlab chiqaruvchilar faqatgina 40 ta tovar taklif qiladi, iste’mol esa 160 taga yetadi. Milliy ishlab chiqaruvchilami himoyalash maqsadida hukumat 2 dollar miqdorida bojxona boji joriy qilsa, eksportyorlar o£z tovarini 7 dollardan sotishga majbur bo'ladi va ichki bozordagi narx ko'tariladi. Buning natijasida ichki ishlab chiqarish 80 ta tovami tashkil qiladi, import esa 40 tagacha qisqaradi. Iste’molchilar jami 120 ta tovar sotib oladi. Bojxona boji o'matilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar a trapetsiyaning yuziga teng bo'lgan qo'shimcha foyda ko'radi. C to£g‘ri to£rtburchakning yuziga teng bo'lgan summa bojxona boji sifatida davlat budjetiga tushadi.
Boshqacha qilib aytganda, milliy kompaniyalaming ichki bozor uchun ishlab chiqargan mahsulotlari bojxona solig'idan ozod bo'lganligi sa- babli uning narxi import qilinayotgan ana shunday tovardan sezilarli darajada past bo'lishi mumkin, bunday sharoitda xo'jalik yurituvchi subyektlar yangi texnologiyalar, xomashyo va materiallami tejash hi- sobiga xarajatlarini kamaytirish zaruriyatiga ehtiyoj sezishmaydi. Amal- da import o‘mini qoplashga yo'naltirilgan sohalardagi milliy firmalar o£z tovarlarini import tarifiga yaqin narxlarda sotadi, natijada qo'shimcha foyda ko'radi. Milliy kompaniyalaming daromadlarini o‘sishi va milliy ishlab chiqarishning kengayishini sabablaridan biri ana shunda.
Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Katta mamlakat uchun import tarifi faqatgina ichki ishlab chiqarishni himoyalash emas, balki tashqi dunyo bilan savdo shartini yaxshilab olish
vositasi hamdir. Darhaqiqat, katta mamlakat importni qi sqartirsa, bu mamlakat ana shu tovaming asosiy xaridori bo‘lganligi sa- babli eksportyor mamlakat ush- bu tovar narxini pasaytirishga majbur bo'ladi. Eksport tovarlari narxi o‘zgarmagan holda import tovarlar narxining pasayishi im- portyor mamlakat uchun savdo shartining yaxshilanishiga olib keladi. lekin katta iqtisodiyotli mamlakat ham import bojini joriy qilishdan sof foyda ko‘rmasligi mumkin.
Katta mamlakat hukumati ichki ishlab chiqaruvchilami xorijiy raqobatdan himoya qilish maqsadida importga boj joriy qildi. Boj o‘matilishi natijasida tovaming jahon narxi tushadi. Lekin ushbu tovaming ichki narxi boj miqdoriga ko‘tariladi ( t) Pw dan Pw+tga. Jami taklif chizig‘i yuqoriga yangi darajaga suriladi. Taklifning yangi darajasida ichki talab va jami taklif G nuqtada muvozanatga keladi. natijada ichki ishlab chiqarish Q^Q^ga ortadi, ichki talab Q5Q4ga kamayadi. Lnport Q,Q5 dan Q2Q4ga qisqaradi.
Import tarifi joriy qilinishi natijasida iste'molchilaming zarari a+b+c+d ga teng boidi. Kichik mamlakatda boigani kabi import bojining ta5sirini ikkiga ajratishimiz mumkin: qayta taqsimlanish effekti va yo‘qotish effekti.
Katta mamlakat misolida daromad effekti ikkiga ajraladi: ichki daromad effekti va savdo sharti effekti.
Ichki daromad effekti, bu - daromadning ichki iste’molchilardan.
Savdo sharti effekti, bu - daromadning xorijiy ishlab chiqaruvchi- lardan davlat budjeti foydasiga qayta taqsimlanishi.
Tarif kvotasi
Import boji ichki qarama-qarshilikka ega. Ya’ni ishlab chiqaruvchilar bir tarafdan xalqaro raqobatdan qutulish maqsadida bundan manfaatdor
bo‘lsa, ikkinchi tomondan ish vaqtidan tashqari paytda iste’- molchi sifatida import tarifiga qarshidirlar. Bu ziddiyat qisman tarif kvotasini joriy qilish orqali hal etiladi.
Tarif kvotasi — o‘zgaruvchan bojxona boji ko‘rinishi bo‘lib, boj stavkasi miqdori import qili- nadigan tovar hajmiga bog‘liq bo‘ladi: ma’lum chegaradagi im- portga pastroq miqdordagi boj, bu chegaradan oshib ketganda yuqori- roq boj o‘matiladi.
Faraz qilaylik, ichki talab (Dd), ichki taklif (Sd) va jahon taklifi (Sw) chiziqlar bilan ifodalangan. Savdo boshlanmasdan oldin tovar narxi 540 dollarga teng. Erkin savdo sharoitida tovar narxi 400 dollarga tushadi. Bu narxda mamlakat 5 birlik tovar ishlab chiqaradi va 40 birlik tovar iste'mol qiladi. Binobarin, 35 birlik tovar import qiladi. Ichki ishlab chiqaruvchilami himoyalash maqsadida dastlabki 5 birlik tovar import- ga 10 foizh, undan ortig‘iga 20 foizli import boji joriy qilinadi. Ilgari mamlakat sezilarli darajada ko‘proq tovar import qilganligi bois, tovaming ichki naixini 480 dollargacha ko'tamvchi ikki qavatli tarif yuzaga keladi. Natijada ichki ishlab chiqarish 15 birlikka etadi, iste'mol 30 taga, import 15 taga kamayadi. Chegaraviy effckt a ga teng bo‘ladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy zarar tarifdagi bo'lgani kabi b+d ga teng boTadi.
Daromad segmenti s bir necha segmentchalargaboTinadi. Dastlabki 5 birlik tovarga 10 foizli, ya’ni 40 dollarga teng boj joriy qilingan, 200 doll. (s^SxS^O^S^OO) miqdoridagi foyda budjetga tushadi. Keyingi 10 birlik tovarga 80 dollarlik boj o‘matilgan, demak 800 dollar (s2+s3= lOx $80= $800) ham budjetga tushadi. s4 (s4= 5x $80- 5x $40= $200) segment esa mahalliy kompaniyalaming ko‘zda tutilmagan foydasidir. Ya’ni bu kompaniyalar tovami 440 dollardan sotib olib, 480 dollar- dan sotish imkoniyatiga ega boTadi. Agar eksportyorlar tovar narxini 480 dollarga oshirishsa, ko‘zda tutilmagan daromadga xorijliklar ega boTadi.
Eksport tarifi
Eksport bojlari eksport tovar- lari mamlakat chegarasidan chiqib ketayotganda olinadigan majbu- riy tofilovdir.
Faraz qilaylik, hukumat eks- portni boj orqali cheklamoqchi. Kichik mamlakat misolida tahlil qiladigan boisak, eksport boji joriy qilinishi jahon narxiga ta'sir koisatmaydi. Binobarin savdo sharti o‘zgarmaydi. Tovar eksportining foydaliligi pasayadi va ishlab chiqaruvchilar tovarlaming bir qismini ichki bozorga qaytarishadi, natijada bu tovaming ichki narxi boj miqdorida Pw dan Pw+tga tushadi. Jami talab chizig‘i eksport tarifi miqdorida pastga ko'chadi Talabning yangi darajasida ichki taklif va jami talab muvozanatiga G da erishiladi, bu vaziyatda eksport tarifi yordamida ichki iste’mol QjQ^ ga ortadi, ichki taklif Q5Q4 ga kamayadi.
Eksport miqdori esa Q5Q} dan Q4Q2 ga qisqaradi. Demak, eksport tarifi joriy qilinish natijasida ichki iste’mol ortdi, ichki taklif va eksport miqdori qisqardi.
Eksport tarifi o‘matilishi natijasida iste5molchilar a segment miq- dorida foyda ko‘rishdi. Davlat eksport boj yordamida s ga teng miqdor- dagi foydani ishlab chiqaruvchilardan o'z foydasiga qayta taqsimlay- di. b+d segmentlari ishlab chiqaruvchilaming sof yo‘qotishIaridir. Umuman olganda eksport tarifi o‘matilganda ham import boji joriy qilingandagi kabi effektlar yuzaga keladi: qayta taqsimlash effektlari va yo‘qotish effektlari.
Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish