Terining virusli kasalliklari virusli dermatozlar



Download 39,66 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2022
Hajmi39,66 Kb.
#673355
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Terining virusli infeksiyalari


TERINING VIRUSLI KASALLIKLARI


Virusli dermatozlar (VIRAL DERMATOSES)
Viruslar sabab bo‘ladigan dermatozlar teri kasalliklari ichida salmoqli o‘rin egallaydi. Ularga asosan oddiy uchuq, o‘rab oluvchi yoki belbog‘simon uchuq, o‘tkir uchli kandi loma, so‘gallar va kontagioz mollusk kiradi. Bu kasallik- larning klinik ko‘rinishi har xil bo‘lishiga qaramay yuqish yo‘llari bir-biriga juda yaqin, qo‘zg‘atuvchilari esa viruslardir. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra yuqumli mollusk va o‘tkir uchli kandiloma jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalar qatoriga kiritilgan.


Oddiy uchuq (HERPES SIMPLEX)

Oddiy uchuq virusli teri kasalliklari ichida ko‘p uch- raydi. Mutaxassislarning ma'lumotlariga qaraganda, katta yoshdagi odamlar orasida oddiy uchuq qo‘zg‘atuvchisini tashuvchilar 90 % va undan ortiqni tashkil etadi. Bu esa oddiy uchuq virusining o‘ta yuquvchan hamda juda keng tarqalganligini bildiradi. Oddiy uchuq virusi boshqa viruslardan farq qilib, u organizmda yillab saqlanishi, ba'zi noxush omillar (zo tiljam, har xil intoksikatsiya va boshqalar) ta'sirida faol- lashib, kasallikni yana yuzaga keltirishi mumkin. Aksariyat cho‘chish, sovqotish, shamollash, gipovitaminoz, ruhiy ta'sirotlar viruslarni qo‘zg‘atib oddiy uchuqqa sabab bo‘- ladi. Bemor bilan muloqotda bo‘lganda ham ba'zan ka- sallik yuqishi mumkin.




K l i n i k a s i. Badanning turli qismida teri qizarib, g‘uj-g‘uj mayda pufakchalar hosil bo‘ladi. Kasallik alo- mati ko‘ringunga qadar xuddi shu joylar sal-pal achishib, qichishadi, biroz sanchib turadi. Oradan bir-ikki kun o‘tgach kattaligi tariq donidan tortib, to moshdek keladi- gan g‘uj-g‘uj pufakchalar paydo bo‘ladi, ular asosan gipe- remiyalanib turgan teri yuzasiga toshadi, ichida tiniq suyuqlik bo‘ladi. Pufakchalar ichidagi suyuqlik bora-bora loyqalanadi, tortishib og‘riydi. Ular tezda yorilib, yupqa sarg‘imtir-qoraqo‘tir bilan qoplanadi. Kasallik alomatlari 10—14 kun ichida o‘tib ketadi, pufakchalar o‘rnida vaqtincha jigarrang dog‘ qoladi. Ba'zan kasallik qaytalashi mumkin. Bunda bosh og‘rib harorat ko‘tarilishi, darmonsizlik, ishtaha yo‘qolishi kuzatiladi. 0ovqotish, o‘ta toliqish, ruhiy iztirob, jarohat- lanish, yuqumli kasalliklar kasallik qo‘zishiga sabab bo‘- ladi. Bunda bemor holsizlanadi, uyqusi buziladi, yangi paydo bo‘lgan uchuqlar achishib og‘riydi, regionar limfa tugunlar shishadi.

Download 39,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish