Texnologik xarita


Mahsulot ishlab chiqarishni tashkil



Download 476,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.01.2022
Hajmi476,56 Kb.
#323971
1   2   3
Bog'liq
Texnalagik xisoblash xaritalari

Mahsulot ishlab chiqarishni tashkil 

etishning texnologik kartasi

 

Texnologik karta ayrim ekin turlari bo`yicha mahsulot yetishtirish bilan 



bog`liq ishlarni tashkil etishning asosiy hujjati hisoblanadi. U har bir 

korxona, brigadaning aniq sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan 

holda ekin turlari bo`yicha tuziladi. Texnologik karta bo`yicha 

korxonaning mashina va uskunalar, ishchi kuchlari va mehnat 

xarajatlari, yoqilg`i va moylash materiallariga bo`lgan talabi, 

mexanizatsiya ishlarining hajmi, traktor va qishloq xo`jaligi mashina va 

uskunalari ta’miri hamda texnika qurollari aniqlanadi. Texnologik 

kartani tuzishda qishloq xo`jaligi ekinlariga ishlov berish va hosilni 

yig`ib olish ilg`or agrotexnika va mashinalar tizimiga asoslanishi talab 

qilinadi. 

Tuzilgan texnologik 

karta mashina va uskunalar

, ishchi kuchlaridan 

yuqori unumli foydalanishni ta’minlash, ishlarni yuqori sifatli va 

belgilangan agrotexnika muddatlarida o`tkazish orqali ekinlar 

hosildorligini oshirish va mahsulot birligiga bo`ladigan sarflarni 

kamaytirish imkonini berishi kerak. Texnologik kartani tuzishda shu 

hudud (ya’ni korxona joylashgan hudud) uchun ishlab chiqarish va 

tavsiya qilinadigan dehqonchilik yuritish tizimi asos qilib olinishi kerak. 

Chunki, dehqonchilik tizimi yerning unumdorligi va ekinlar 

hosildorligini oshirish uchun talab qilinadigan agrotexnika va tashkiliy 

xo`jalik tadbirlarini o`z ichiga oladi. 




Texnologik karta mavjud agrotexnika, mashinalar tizimi, istiqbol 

texnologiyasi va mashina tizimida tuzilishi mumkin. Ishlab chiqarish 

joriy yilga rejalashtirishda texnologik karta mavjud texnika va 

texnologiyaga asosan tuziladi. Xo`jalik taraqqiyotining istiqbol rejalarini 

tuzish, ya’ni 5 yillik va tashkiliy xo`jalik tuzilish rejalarini ishlab 

chiqishda texnologik kartalar istiqbol texnologiyasi va mashinalar 

tizimiga asosan tuziladi. 

Hozirgi paytda paxtachilik bo`yicha tabiiy iqlim, 

tuproq sharoitlari

agrotexnika, mashinalar tizimi va ularga qo`yilgan talablarga ko`ra 



tuproq ma’lum hududga bo`linib, shu hududlar uchun namunaviy 

istiqbol texnologik kartalar ishlab chiqilgan va xo`jaliklar uchun tavsiya 

etilgan. 

Ekilgan paxtani mashina bilan ikki marta terib olish samarali 

hisoblanadi. Birinchi mashina terimi jami hosilning 55-60% ochilganda, 

ikkinchi mashina terimida qolgan hosil terib olinadi. Qolgan hosil 

(podborchi) terib oluvchi va qo`l bilan terib olinadi. Hosilning 5% 

ko`rakka to`g`ri keladi. To`kilgan hosil va ko`rakdan ajratib olinadigan 

sof paxta (kondension og`irlikda) 50% tashkil etadi. Hamma 

maydondagi g`o`zapoyani maydalab, yerga ko`mib, haydab yuborish 

ko`zda tutiladi. Boshqa ekin turlari bo`yicha texnologik kartani tuzishda 

shu ekinlar agrotexnikasi va uni takomillashtirish vazifalari ko`zda 

tutiladi. 

Texnologik karta tuzishda asosiy e’tibor ekinga ishlov berish bilan 

bog`liq agrotexnika tadbirlarini to`g`ri belgilash, ya’ni qanday ish 

turlarini o`tkazish kerakligiga qaratish kerak. Bu masala har bir aniq 




sharoitda 

tuproqning tuzilishiga

, yerning relyefi, tabiiy iqlim sharoiti, 

ekiladigan ekin naviga, yer osti suvlarining sayoz va chuqurligiga 

bog`liq. Shu bilan bir qatorda texnologik kartadagi eng asosiy 

mashinada bajariladigan ishlarning jismoniy hajmini aniqlashdir. Chunki 

ishlarning hajmiga ko`ra, mashina va uskunalarga, mehnat 

xarajatlari va 

ishchi kuchlari

, yoqilg`i, moylash, materiallariga bo`lgan talablar 

aniqlanadi. Ishlarning hajmi rejalashtirilgan ekin maydoniga, 

hosildorlikka va texnologiya bo`yicha ishlarni bajarish sifati 

ko`rsatkichlariga bog`liq. 

Traktor ishlarining jismoniy hajmi bilan bir qatorda shartli etalon gektar 

hajmida aniqlanadi. Buning uchun traktor ishlarining har bir turi 

bo`yicha jismoniy hajmi, shartli etalon-gektarga aylantirish 

koeffitsiyentlariga ko`paytiriladi. Ishlarni bajarish usuli va traktor 

agregatlari tarkibi shu ishlarni bajarish talabiga, korxonadagi mavjud 

traktor va qishloq xo`jaligi mashinalari turiga bog`liq. U yoki bu ish 

turini bajarish uchun traktor agregatini belgilashda ishni bajarishning 

iqtisodiy samaradorligi va traktorlardan yil davomida bir me’yorda, to`la 

foydalanish hisobga olinadi. Xizmat qiluvchilarning soni agregat tarkibi 

va ishning bajarish usuliga bog`liq. 

Agar traktor agregatiga bir kishi xizmat qilsa, 

xizmat qiluvchilar birga

agar bir necha kishi xizmat qilsa, shu ishchilar soniga teng bo`ladi. 



Masalan, ekish uchun agregatda uch kishi band bo`lsa, xizmat 

qiluvchilar soni uchga teng bo`ladi. Smena koeffitsiyent, taxminiy 

agrotexnika muddati, ish kunlarining sonini belgilashda har bir aniq 

xo`jalikda ko`p yillik ma’lumotlarga hamda agrometeorologiya 




bulletenlariga ko`ra texnikadan, ishchi kuchlaridan samarali 

foydalanishni ko`zda tutgan holda belgilanadi. 

Ishlarni bajarish me’yori texnologik karta tuzishdan oldin har bir ish turi 

bo`yicha me’yorlarini tashkil qiluvchi omillarni hisobga olgan holda 

texnik yo`l bilan belgilanishi kerak. Agrotexnika muddatda bajariladigan 

ish hajmi har bir ish turi bo`yicha bir soat uchun belgilangan ish 

me’yorini, smena davridagi vaqtga (qishloq xo`jaligida bir smena ish 

davri 7 soatga belgilangan), smena koeffitsiyent va agrotexnika davrdagi 

ish kuniga ko`paytirish yo`li bilan aniqlanadi. Ayrim ish turlarini 

bajarish uchun talab qilinadigan traktor va qishloq xo`jaligi mashinalari 

shu ish turlari bo`yicha jismoniy ish hajmini agrotexnika muddatida 

bajariladigan ish hajmiga bo`lish orqali aniqlanadi. 

 

 

 



bunda: 

 

T



soni

 - ish hajmini bajarish uchun 

talab etiladigan traktor soni

 



JIX

 - bajariladigan jismoniy ish hajmi, ga; 

 

S

agr

 - agregatning soatli unumi 

7 - bir smena vaqti, soat; 



 

 

K



s

 - smena koeffitsiyent 

 

I

aik

 - agrotexnika muddatidagi ish kunlari. 

Ish birligiga sarf qilinadigan kishi soatiga mehnat sarfini aniqlash uchun 

xizmat qiluvchilar sonini ishni bir soatda bajarish me’yoriga ega bo`lish 

orqali aniqlanadi. Ishning jami hajmiga sarf qilinadigan mehnat xarajati 

bir ish birligiga sarf qilinadigan mehnat xarajatining jami jismoniy ish 

hajmiga ko`paytirish orqali aniqlanadi. 

Mexanizatorlar va qishloq xo`jaligi mashinalarida xizmat qiladigan 

ishchilar soni talab qilingan traktor agregatlari sonini bir traktor 

agregatiga xizmat qiluvchi ishchilar soniga ko`paytirish orqali 

aniqlanadi. Masalan, jami maydonga paxta ekish uchun 80 ta traktor 

agregati talab qilinadigan bo`lsa, bir agregatga 3 

kishi xizmat qilishi 

kerak


, jami, xizmat qiluvchilar 240 kishiga (180 x 3) teng bo`ladi. 

Bunda 80 kishi traktorchi 160 kishi oddiy ishchilardan iborat bo`ladi. 

Qo`lda va ot-ulovda bajariladigan ishlarga talab qilinadigan ishchilar 

soni har bir ish turi bo`ycha ish hajmini bir ishchi agrotexnika 

muddatida bajaradigan ishi hajmiga bo`lish orqali aniqlanadi. Ish haqi 

fondini rejalashtirish uchun har bir ish turi bo`yicha bajariladigan smena 

me’yorlar soni, ishchilar tarif razryadi va tarif stavkalarini aniqlash talab 

qilinadi. 




Smena me’yorlari soni jismoniy ish hajmini bir smenada (bir soatdagi 

ish me’yorini 7 soatga ko`paytirish) bajariladigan ish me’yoriga bo`lish 

orqali aniqlanadi. Ishlarning tarif jadvalini qaysi razryadga 

o`tkazilganligi tarif malaka qo`llanmasidan, tarif miqdorlar tarif 

stavkasidan olinadi. Tarif ish haqi fondini aniqlash uchun ish turlarini 

har bir ishchi kategoriyasi bajarishi kerak, bo`lgan smena me’yorlarini 

shu ishlar tarif razryadini miqdoriga ko`paytirish orqali aniqlanadi. 

 


Download 476,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish