Texnologiya ta`limining didaktik tamoyillari va ularning ta`limdagi o`rnini aniqlash


Texnologiya fanining ta`limdagi o`rnini aniqlash



Download 22,87 Kb.
bet3/4
Sana11.06.2023
Hajmi22,87 Kb.
#950655
1   2   3   4
Bog'liq
Texnologiya ta`limining didaktik tamoyillari va ularning ta`limd

Texnologiya fanining ta`limdagi o`rnini aniqlash
Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi faninig maqsadi talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Texnologiya” fanini Davlat ta’lim standarti (DTS) asosida tashkil etish va o‘qitish, pedagogika, psixologiya va maxsus fanlardan olgan bilimlarini mujassamlashtirgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va amalga oshirish yo‘llarini bo‘lajak texnologiya ta’lim o’qituvchilarini metodikaga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Texnologiya fanini oqitish metodikasi fanida talabalar o‘qitish printsiplari va mazmuni, shakl va metodlari, texnologik ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha dasturlar mazmuni, texnologiya ta’limi darslari va darsdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, o‘quv va metodik adabiyotlarni o‘rganish hamda tahlil qilish, darslarni rejalashtirish, me’yoriy hujjatlarni yuritish, texnologiya ta’limi o‘quv xonalarining jihozlanishi, pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari va mazmuni, kurs ishlarini bajarish, o‘quvmoddiy texnik baza tahlili, respublika ta’lim markazi, tashxis markazi faoliyati bilan tanishadilar.
Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi faninig vazifalari quyidagilar: - pedagogik-psixologik bilimlarni o‘quvchilarda umummehnat va umumkasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; 7 - talabalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi fanining maqsad va vazifalari, o‘quv rejasida tutgan o‘rni bilan tanishtirish; - pedagogik-psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; - texnologiya ta’limini o‘qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o‘rgatish; - texnologiya ta’limida qo‘llaniladigan didaktik tamoyillar, texnologiya ta’limida o‘qitish metodlari va shakllarini o‘rgatish; - texnologiya ta’limi darslarini tashkil qilishni, rejalashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqishni va tahlil qilishni o‘rgatishdan iborat.
Texnologiya ta’limi fanining mazmuni shartli ravishda uchga, ya’ni texnologiya ta’limi tayyorgarligi, kasblar bo‘yicha tayyorgarlik va kasbgacha maxsus tayyorgarlik qismlariga bo‘linadi. Bu qismlar har bir dars va mashg‘ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo‘lib, ularning o‘qituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy uslubiy nuqtai nazardan hisobga olingan holda tahlil qilib borilishi texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarining aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishini ta‘minlaydi. Texnologiya ta’limining yo‘nalishlari maktab atrofidagi karxona, tashkilot va kasb-hunar kolledjlarida keng tarqalgan sohalar, kasblarga muvofiq tanlab olinadi. Shunga ko‘ra har bir maktabda texnologiya ta’limining quyidagi yo‘nalishlari asos qilib olinishi mumkin:
- yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi
- metalga ishlov berish texnologiyasi
- polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi
- elektrotexnika ishlari
- gazlamaga ishlov berish texnologiyasi
- ro‘zg‘orshunoslik asoslari - pazandachilik asoslari - xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
5-7 sinflarda ushbu yo‘nalishlardan ayrimlari tanlanadi va 8-9 sinflarda shu tanlangan yo‘nalishlarga muvofiq holda ishlab chiqarish asoslari va kasbga yo‘naltirish kursi o‘qitiladi. U
shbu yo‘nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi bulimlar bo‘yicha o‘zaro uyg‘unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Texnologiya ta’limi darslarida o‘quvchilarda kasblar turlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalar maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiejlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasblar asosida shakllantiriladi. O‘quvchilarning texnologiya ta’limini amalga oshirish uchun quyidagi tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilish lozim.
Xulosa
Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma'noda izohlanadi: a) o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlar; b) ular tomonidan o'zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo'llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar. Bilimlar faoliyat yuritish jarayonidagina mustahkamlanadi, shu sababli o'quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo'llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotdagi tatbiqiga ega bo'lmagan bilimlar tez orada unutiladi. Texnologiya fanining didaktik tamoyillari, ya'ni dastlabki qoidalari ana shulardan iborat. Ularga amal qilingan holda pedagogik faoliyatni tashkil etish o'qituvchining pedagogik mahoratini oshirib borishi, o'quvchilarning aqliy va axloqiy sifatlarni egallashlari, shuningdek, ularda shaxsiy tajribalarning hosil bo'lishiga zamin yaratadi.
Texnologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarni aqliy va axloqiy jixatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlarini, shaxsiy psixologik va fiziologik sifatlarini hisobga olish. O‘uvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini reyting tizimi asosida nazorat qilib borish. Maktabda texnologiya ta’limi va tarbiyasi, kasbga yo‘naltirish jarayonini tashkil qilish hamda uni amalga oshirishda pedagogika, didaktika, psixologiya, fiziologiya, xususiy metodika va maxsus fanlarning ilmiy xulosalaridan keng foydalanish ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlar mavzui amaliyot bilan, o‘quv mavzusini tarbiyaviy muammolarni hal qilish bilan uyg‘unlashtirilgan holda bo‘lishini ta’minlash. Mazkur o‘quv dasturi asosida olib borilgan o‘quv tarbiya ishlari natijalarini, o‘quvchilarning o’zlashtirishlarini aniqlash va nazorat kilish Davlat ta’lim standarti asosida amalga oshiriladi.

Download 22,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish