The image of the hero in the stories of abdullah qahhor and chekhov and his psychophysiological interpretations



Download 78,5 Kb.
bet1/2
Sana16.07.2022
Hajmi78,5 Kb.
#806112
TuriРассказ
  1   2
Bog'liq
7-maqola Nabiyeva Abdulla Qahhor va Chexov


ABDULLA QAHHOR VA CHEXOV HIKOYALARIDA QAHRAMON TASVIRI VA UNING PSIXOFIZIOLOGIK TALQINLARI
THE IMAGE OF THE HERO IN THE STORIES OF ABDULLAH QAHHOR AND CHEKHOV AND HIS PSYCHOPHYSIOLOGICAL INTERPRETATIONS
ОБРАЗ ГЕРОЯ В РАССКАЗАХ АБДУЛЛЫ КАХХОРА И ЧЕХОВА И ЕГО ПСИХОФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ИНТЕРПРЕТАЦИИ
I.Nabiyeva FarDU I kurs magistri
M.Tursunboyeva FarPI o‘qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada Chexov va Abdulla Qahhor ijodidagi o‘ziga xosliklar ularning hikoyalaridagi uslubiy o‘xshashliklar haqida fikr yuritilgan. Yana e`tiborli tomoni maqolada hikoya qahramonlarining ruhiy holatlari jamiyat va undagi odamlarning ruhiyatiga qarama-qarshi tarzda ochib beriladi.
Annotation
The article discusses the features of the works of Chekhov and Abdulla Qahhor, the stylistic similarities in their stories. Another noteworthy aspect of the article is that the mental states of the protagonists in the story are revealed in a way that contradicts the psyche of the society and the people in it.
Аннотация
В статье рассмотриваются особенности произведений Чехова и Фбдуллы Каххора и стилистическое сходство в их рассказах. Ещё одним примечательним аспектом статьи является то, что психические состояния главных героев рассказа раскрываются таким образом, который контрастирует с общества и людей в нем.
Kalit so‘zlar: hikoya, ijodkorlik uslubi, xarakter, psixofiziologik talqin, jamiyat ma`naviyati.
Кey words: story, creative style, caracter psychophysiological interpretation, community spirituality.
Ключевые слова: история, креативный стиль, характер, психофизиологическая интерпретация, общественная духовностью.
Abdulla Qahhor mohir so‘z san`atkori bo‘lib, muayyan xarakter va holatni aks ettiradigan so‘zni qo‘llab va uni qolipiga tushgandek o‘rnini topib ishlata olishi yozuvchining o‘ziga xos uslubga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu jihatdan u haqiqiy mo‘jizakor adib edi. Uning so‘zlarni ayab, son jihatdan kam so‘zlar bilan teran fikrlarni ifodalay olishi, rus yozuvchisi Chexovning uslubini yodga solidi. Bu ikki yozuvchi ham o‘z qahramonlarini, ular tushgan vaziyatni hayotning o‘zidek tabiiy tasvirlay oladilar. Quyida yozuvchilarning “Hasrat” va “Asror bobo” hikoyalrida qahramonlarning ruhiyati va ularning jamiyatdagi bosimlarga qay darajada chidamliligini ko‘rishimiz mumkin.
L.N.Tolstoy jamiyat va san’atkor masalasiga to‘xtalib “bir jamiyatda yashagan holda shu jamiyatdan ozod bo‘lish mumkin emas” 1degan edi. Tolstoyning san’atkorlarga qarata aytgan bu so‘zlari umuman jamiyat a’zolariga tegishlidir.Darhaqiqat, biror jamiyatda yashagan odam o‘sha jamiyat qonun-qoidalaridan ,o‘sha jamiyatda qonun tusiga kirgan odatlardan,yuzaki sotsial va iqtisodiy prinsiplardan holi yashay olmaydi. Sinfiy jamiyatda insoniy hislatga ega bo‘lganlar doim o‘sha jamiyatning iqtisodiy-siyosiy iskanjasiga olingan holda yashaydi. Buni inson faqat unga nisbatan ekspluatatlar munosabatidan emas, balki o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan munosabatdan ham sezib turadi.
Chexovning “Hasrat” nomli hikoyasida : zamonaning zayli bilan oddiy bir rus kishisi baxt izlab tug‘ilib-o‘sgan qishlog‘ini tashlab shahri azim Peterburgga kelib qoladi. Uning baxti – bir iloj qilib tirikchiligini o‘tkazish.Qo‘lida bor-yo‘g‘i oti-yu izvoshi.Bu rus insoni Ion Potapovning boshiga og‘ir kulfat tushadi.Uning yakka-yu yagona o‘g‘li o‘lib qoladi.Bu hasratni birga tortadigan qarindosh-urug‘lari qishloqda. O‘g‘lidan tashqari bitta qizi bo‘lib, u ham qishloqda qolib ketgan. Hikoyada mana shu izvoshchining hasratda o‘tgan bir kuni tasvirlanadi.
Ion Potapov hamma yog‘i oppoq qor bosgan, xuddi arvohga o‘xshab izvoshning kursisida bukchayib o‘tirar edi. U birgina orzu bilan tirik edi:biron kishi kelib izvoshga o‘tirsa-yu, yo‘l-yo‘lakay uning dardini eshitishlarini xohlardi.
Bir vaqt izvoshga harbiy kishi kelib o‘tiradi. Og‘ir hasratdan siqilgan Ion izvoshni haydarkan, ko‘chaning o‘ng tomni qolib chap tomonga o‘tib ketar va kishilardan so‘kish eshitardi. Ancha iymanishlardan keyin dardini harbiyga aytishga qaror qiladi. Biroq harbiy uning hasratini oddiy xabardek eshitib qo‘ya qoladi. Ionning ichidagi hasrati va qayg‘usi unga mutlaqo begona edi.
So‘ng Ion saroyga qaytadi va hasratini uchinchi odamga ya’ni yosh izvoshchi yigitga aytishga harakat qiladi. Afsuski, o‘zining gaplari yigitga qanday ta’sir qilganini bilmoqchi bo‘lib, yigit tomon o‘girilib qaraganda uning allaqachon burkanib uyquga ketganini ko‘radi va bus safar ham dardi ichida qolganini anglaydi . “Chol og‘ir xo‘rsinib qashindi…Yosh yigit qanchalik chanqagan bo‘lsa, buning xuddi shunchalik so‘zlagisi kelardi. O‘g‘lining o‘lganiga bir hafta bo‘lib qolgan bo‘lsa ham, hali biron odamga yorilib ichidagi dardini,hasratini ayta olgani yo‘q…”2
Ionning bugungi kuni ham shu xilda hasrati yuzaga chiqmasdan o‘tib ketayotir. Keladigan boshqa kunlar ham xuddi shu tarzda o‘ta berishi mumkin. Ammo hasrat kundan-kunga zo‘rayar va Ionning yuragiga sig‘mas edi. Oqibat shu bo‘ldiki, Ion o‘z hasratini eshitadigan tirik insonni jamiyatdan topa olmagach, noiloj otiga so‘zlab beradi: “Shunaqa ekan, uka, - deb otiga murojaat qiladi Ion.
-Kuzma Ionichdan ham ayrilib qoldik…Bizlarni tashlab…o‘ldi, ketdi, chakki qildi…Mana, chunonchi sening quluning bor, sen uning tuqqan onasisan…Chunonchi, o‘sha quluning birdaniga seni dog‘-u hasratga qo‘yib o‘lsa-yu, ketsa…kishi achinadi-da?”3
Tanlangan vaziyat ham, qahamonning taqdiri ham nihoyatda fojiaviy. Bu yerda fojia Ionning o‘g‘li o‘lib qolganidagina emas. Fojia Ionning yolg‘izligida, odam bo‘la turib, o‘zini odamlar qatorida seza olmaganligida, Ion shunday bir jamiyatda yashaydiki, unda har kim o‘zi bilan band, har kim o‘z yo‘lidan qolgisi kelmaydi, yo‘lida keta turib, ikkinchi bir kishiga dardkash b’lishni xohlamaydi. Balkim, shundaydirki, o‘sha harbiyning ham, chelakni boshiga ko‘tarib suvini ichib, Ionning dardiga quloq solmay burkanib yotib olgan yigitning ham o‘ziga yarasha dard va hasrati bordir, balkim, Ionning izvoshiga mingan uchta yigitning sho‘xliklari ham og‘ir dard va hasratning natijasidir – xullas, Ionning muhiti tabiatan hasratga to‘la edi.
“Hasrat”dan kelib chiqadigan ma’no bugina emas. Ionnikiga o‘xshagan og‘ir dard va hasratlar hamma davrlarda ham uchrab turishi mumkin. Biroq bunday dard va hasratlar ma’lum bir muhit, ma’lum bir davrda kishilar orasida bo‘ladigan munosabat natijasida yengillashadi, ma’lum bir muhit va davrda og‘irlashadi. Ion yashagan davr va muhit shunday ediki, uning dard va hasrati borgan sari og‘irlashib bordi.
A.P.Chexovning “Hasrat”ida tasvirlangan manzaraga o‘xshaganini bizning davrimizda, bizning muhitda Abdulla Qahhorning “Asror bobo” hikoyasida ko‘rishimiz mumkin.
“Asror bobo” hikoyasining g‘oyaviy va badiiy quvvati ko‘proq asar qahramoni Asror boboning xarakter xususiyatlariga bog‘liq. Abdulla Qahhor o‘zi Asror bobo xarakter xususiyatini izohlab shunday deb yozgan edi:
“Vatan urushi yillari chiqqan “Asror bobo” hikoyasini yozishda Taras Bulba obrazi menga ilhom berdi. Asror bobo kampiriga qalbini o‘rtab yurgan og‘ir musibat – o‘g‘lining jangda halok bo‘lganligi xabarini aytmay, yashirib yuradi. Bu musibatning hamma dard-alamiga o‘z qalbini tutib beradi. Bunda Asror boboga Taras Bulba chiziqlaridan birini berishga uringanligimni ko‘rish mumkin”.4
Ha, oila boshiga tushgan butun dard va alamlarga Asror bobo “o‘z qalbini tutib beradi”. Bu ishni u faqat kampirini ayaganlikdangina qilmaydi. Agar kampirini ayasa, bu haqda Haydar ota bilan dardlashishi mumkin edi. U hech kimga o‘z dardini to‘kmaydi. U dard-alamni o‘z qalbining chidam bera bilishiga ishonib o‘ziga oladi. Gap bu yerda ma’lum bir muhitda inson xarakterida paydo bo‘ladigan xususiyatga bog‘liqqa o‘xshaydi.
Asarda voqealar rivojida Asror bobo xarakterida siri xislatlar paydo bo‘ladi. “Uning tetikligi, shahdam qadam tashlashi, yosh bolaga chiqqan soqolda kishining kulgusini qistarar edi”. Uning ustiga bobo “xo‘p ozgan va qorayib ketgan”. Ilgari chilim chekmaydigan chol endi chilim chekadigan bo‘libdi. Bobo xarakteridagi bu yangiliklar uning hayotidagi bu yangiliklar uning hayotida qandaydir sirli muhim bir voqea ro‘y berganidan darak berar edi. Lekin bu voqea nimadan—buni na kampir biladi na atrofdagilar…5
Bundan tashqari Asror bobo xarakterida ba’zi bir voqealarga nisbatan mujmallik paydo bo‘ladi. Uning Haydar otaga yozgan xati mavhum. Shuning uchun Haydar ota Asrorqul “xafami, nima balo…” deb O‘targa yetib kelgan edi. Haydar ota “Yodgorboydan xat kelib turibdimi?” deb so‘rasa “har xatida seni so‘raydi” deb javob beradi-da : “ O‘glim, Abror , bitta chilim sol”, deb gapni boshqa tomonga buradi.
“Kasalni yashirsang istimasi oshkora qiladi” deganlaridek, Asror bobo harakteridagi drammatizm ham asta-sekin oshkora bo‘ladi. Biroq bu oshkoralikda ham qandaydir sir bor. Haydar otaning qoshida kampirga dushmanga o‘z vaqtida javob berilmasa, uning beradigan zarari ko‘payishini tushuntirib, gapni tugatar ekan:
“Asrorqulning tovushi o‘zgardi. U irg‘ib o‘rnidan turdi-yu , chilimni ko‘tarib o‘choq boshiga qarab ketdi. Haydar ota bildiki, uning o‘pkasi to‘ldi. Buni kampir ham payqadimikan deb sekin razm soldi, payqabdi, payqabdi-yu, aftidan ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushibdi. Haydar ota buni uning qult etib yutunganidan bildi”. 6
Bu “tovush o‘zgarishi”, “o‘pka to‘lishi” bobodagi kuchli kuchli dramatizmdan darak berar edi. Asror bobodagi pinhoniy muhiti, real hayot bilan mahkam bog‘liq. Abdulla Qahhor shuni to‘g‘ri aks ettrib berdi.
Asror bobo ba’zan kampirga qattiq qattiq aytadi. Kampir o‘g‘lidan kelgan xatlarni talab qilganda Asror bobo: “Yaxshi xat yozsa ham yig‘laysan, yomon xat yozsa ham yig‘laysan, nima qilaman ko‘rsatib?” deydi. Keyinroq kampir avjiga chiqa bergach: “Ammo lekin xo‘p kaltakbop bo‘libsan-da. Burungi zamon bo‘lsa, bironta qovurg‘angni butun qo‘ymas edim…” deydi. Kampir ham undan qolishmaydi. “Mana uring, sindiring qovurg‘amni. Qo‘rqmay qo‘ya qoling, arz qilmayman”, deydi.
Boshqa bir joyda kampir boboga undan ham qattiqroq gap qiladi.Ovqat yeb o‘tirganda ichidan yig‘i to‘lqinlanib kelganda o‘zini tutish uchun Asrorqulga xarxasha qiladi: “Namuncha qurt-qurt qilib chaynaysiz”. Asror boboning kayfiyatini tushunib yumoq ohangda javob beradi: “Turp shunaqa bo‘ladi-da, jonidan”. Kampir ohangni yana bir parda ko‘tardi: “Qayoqda, yumshoq non yesangiz ham otga o‘xshab chaynaysiz”.7
Kampir bilan bobo oralarida shunga o‘xshash bir-birlariga qattiq tegadigan gaplar bo‘ladi. Bu gaplar og‘ir muhit natijasi edi. Biroq bu gaplar ularda o‘tkinchi bir kayfiyat oqibati bo‘lib, ularning xarakter yo‘nalishiga uncha sezilarli salbiy tas’ir ko‘rsatmaydi. Voqeani kuzatar ekanmiz, kampir bilan chol orasida qandaydir buzilmas, yemirilmas bir mehr borligini his qilamiz.
Mehr bilan mehrning ham farqi ham bor. Asror bobo bilan uning kampiri oralaridagi mehr N.V Gogolning “ Eski Dunyo pomeshchiklari” dagi Afanasiy Ivanovich bilan Pulxeriya Ivanovna oralaridagi mayda manfaatlar, bir xil hayot natijasida sifatida paydo bo‘lgan mehrni emas. Ular oralaridagi munosabat samimiy , insoniy.
Qalbirasolik va mehr oqibatda Asror bobo butun dard-alamga o‘zini tutib bergan bo‘lsa, qalbirasolik va mehr tufayli kampir ham Asror bobo qilgan ishini takrorlaydi. O‘g‘lining nobud bo‘lganini frontdan qaytganlardan eshitar ekan, “qarib qoldi, ko‘tara olmaydi” ma’nosida bu xabarni cholidan yashiradi. Shu yo‘sinda Asror boboda tasvirlangan mustahkam irodalik, dard-alamlarga o‘z qalbini tutib berishlik ma’lum darajada kampir obrazida ham takrorlaydi. Bu xislatning ikk obrazda ham takrorlanadi. Bu xislatning ikki obrazda ham bir xil takrorlanishi asarni orginal va ma’noli tugallanishiga olib keladi. Haydar ota kampirni ko‘ngil yozib, havo almashtirib kelish uchun o‘z qishlog‘iga taklif qilar ekan, bu paytdagi holatni yozuvchi shunday ta’riflaydi. “Chol bilan kampir bir-biriga yalt etib qaradi. Bu qarashda har ikkisining ham ko‘nglidan bir gap o‘tdi: “Men yo‘g‘imda bu xabarni eshitsang, yolg‘izlik qilib qolmasmikinsan?”
Xulosa o‘rinida hikoyadagi ikki qahramonning hayot yo‘lini qiyoslarkaniz, ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli tomonlarini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin.


Download 78,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish