Til – millat faxri



Download 19,75 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,75 Kb.
#248180
Bog'liq
Mustaqil ta'lim 1 (2.1)


Til – millat faxri

Til benihoya muqaddas va mo`tabar ne`mat, u odam degan mavjudotni shakllantirgan, taraqqiyot bosqichlariga olib chiqqan, ruhiy takomilga boshlagan, tafakkur gulshanining darvozalarini ochgan sehrli bir jilodir. Shuning uchun ham tilga nopisandlik insoniyatning o`zligiga nopisandlik demakdir. Tilga ehtirom va e`tibor esa dunyoda inson bolasi muhtaramligining e`tirofidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga, xususan o`zining ona tiliga muntazam muhabbat bilan qaragan, uni e`zozlab ardoqlagan, o`zbek tilining mukammalligi va betakror ohanglaridan faxru iftixor qilgan.

1989 yil 21 oktabrda O`zbekiston Rispublikasi Oliy kengashining sessiyasida Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Bu voqea millatimiz taqdirida tarihiy voqea, istiqlol yo`lidagi dastlabki va muhim qadam bo`ldi. Shundan buyon har yili xalqimiz bu kunni tabarruk ayyom sifatida keng nishonlab kelmoqda. Davlat tili haqidagi qonun mamlakatimizda o`zbek tilining davlat tili maqomiga ega ekanligini belgilash bilan birga, boshqa tillarning kamsitilmasligini ham e`tiborga oladi.

Albatta, biz bu kunga osonlikcha yetib kelmadik. Davlat tili haqidagi qonun muxokamaga qo`yilgan chog`da ziyolilar, jumladan siyosatshunoslar orasida ham turli fikrlarni dastak qilib chiqqanlar bo`ldi. Ularning bir qismi o`sha davrning siyosatidan cho`chiydigan toifa bo`lsa, ikkinchi qismi masalani mohiyatini to`g`ri tushunmagan, tahlil qilolmagan odamlar edi. O`sha kezda davlat tili ikki tilda bo`lsin, degan takliflar ham yuzaga chiqdi. Lekin davlat tili bitta bo`ladi. Mamlakatning Konstitutsiyasidan tortib har bir hujjati bitta tayin tilda yaratiladi. Va bu til shu millatning irodasi, kayfiyati, bilimi, saviyasi, siyosiy huquqlarini namoish qiluvchi oyna hisoblanadi. Mana mustaqilligimizning 20 yilligini nishonladik. Bugun yangi avlod, yangi qatlam paydo bo`ldi. Endi ona-tilimizda gapirish o`z kundalik xayotimizga aylandi.

Hozir o`zbek tili butun dunyodagi tillar qatori o`z o`rninga, obro` va maqomiga ega. Shu bilan birga bugun ona tilimiz imkoniyatlarini qay darajada namoyon eta olyapmiz, degan haqli savol ham borki, u har birimizni o`ylantirishi kerak. Biz farzandlarimizni tilimiz boyliklari bilan ta`minlashimiz, til hazinamizning nodir me`rosini saqlab turgan asarlarni ularga kengroq o`rgatishimiz lozim. O`zbek tili millatimizni ko`rsatuvchi kuch, milliy taraqqiyotimizning ko`zgusi, bu bebaho boyligimizni asrash hammamizning burchimizdir.

Har bir davlat o`z rasmiy tilining sofligi va boyib borishini ta`minlaydi va uning ist`emol doirasi kengayib borishi uchun g`amxo`rlik qiladi; uni o`rganish va o`qitish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi. Ushbu qonun ham ona tilimizning mavqei oshishi va ravnaq topishi, yanada takomillashuvi uchun keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Hozirgi kunda tilimiz yanada rivojlanmoqda, unga bo`lgan e`tibor yanada oshib borayapti.

Matbuotda, radio-televidenieda, O`zbekiston milliy nashriyotlarida chop etilayotgan nodir asarlar, darsliklar, ko`p jildlik O`zbek Davlat milliy ensiklopediyalari ham buning yaqqol isbotidir. Ulug` bobolarimiz o`zbek tili xaqida bizga me`ros qoldirgan ne-ne hikmatlari va naqllaridagi mantiq, ma`no, zakovat va zarofat, bitmas-tuganmasdir, ular hamma zamonlarda jamiyat kamoli uchun kamarbasta bo`lgan. Shu jumladan bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib “Odobning boshi tildur” deb bejiz o`git bermaganlar.

O`zbek tilimizning boyligini yaxlit holda tasavvur etish uchun Alisher Navoiy asarlari dunyosiga bir nazar tashlashning o`zi kifoya. Qanday bepoyon tafakkur va tuyg`ular olamiga sho`ng`iysiz. Bu olamda butkul koinot aks etadi. Bu hazinadan bebahra qolish mumkin emas. Alisher Navoiy butun hayoti va ijodini ona-tili ravnaqi uchun baxshida qildi. U zamonlarda “Turkiy til” deb yuritilgan ona tilining so`z boyligi, badiiy ijod uchun yaroqli ekanligi haqida maxsus nazariy asar (“Muxokamat ul-lug`atayn”)ni yozdi. Sharq mumtoz adabiyotining hamma janr va turlarida betakror asarlar yaratdi. Bu tilda birinchi “Xamsa”ni, birinchi “Majolis un-nafois”ni yozdi. Mavjud adabiy an`analarga yangiliklar kiritdi. Xalq madaniyati, ma`rifati va ma`naviyatining yuksalishida tilning muhim vosita ekanini, til bashariyat naslini o`tmish va zamon bilan bog`lovchi timsol ekani shoir va arbob Navoiyning hamisha diqqat markazida bo`ldi.

Mumtoz adabiyotimiz vakillarining xalq dostonlari – “Alpomish”, “Go`ro`g`li” turkumidagi asarlarning ta`rifga sig`mas boy tili, shuningdek Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Oybek, G`afur G`ulom va boshqa ijodkorlar yaratgan go`zalliklar ham, “Boburnoma”day asarlardagi tafakkur saltanati ham o`zbek tili buyukligini namoyon etadigan bebaho, o`lmas, adabiy boylikdir. Nutqning go`zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husindir, bu husn og`ir oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko`rsatadi.
Download 19,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish