Til boyligini oshiruvchi vositalar Reja: Til boyligini oshiruvchi vositalar



Download 72 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi72 Kb.
#624424
  1   2
Bog'liq
Til boyligini oshiruvchi vositalar


Til boyligini oshiruvchi vositalar
Reja:
1. Til boyligini oshiruvchi vositalar
2. 1Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi
Oʻzbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biri hisoblanadi. Til – millatning maʼnaviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.
Bosh qonunimizda ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan. Hozirgi vaqtda yer yuzida oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Zero, “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor goʻzalligi va jozibasini toʻla namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.
Shu jihatdan bugun yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Turli hududlarda tashkil etilgan 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Koʻplab taʼlim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari oʻzbek tili bilan birga, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillarida faoliyat koʻrsatmoqda. Xorijiy tillarga ixtisoslashgan hamda taʼlim chet tillarda olib boriladigan taʼlim muassasalari soni oshib borayotir.
Ahamiyatli tomoni, bugungi kunda xorijiy davlatlardagi 65 ta oliy oʻquv yurtida oʻzbek tili va adabiyoti oʻrganilmoqda, ushbu sohada ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borayotgan chet ellik olimlar safi tobora kengaymoqda. Ushbu qutlugʻ bayram arafasida qabul qilingan “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yana-da rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon hamda davlatimiz rahbarining Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan xalqimizga yoʻllagan tabriklari oʻzbek tili va adabiyotini, milliy madaniyatimizni yana-da ravnaq toptirishga qaratilgan amaliy harakatlar bilan uygʻun va hamohangdir.
Binobarin, mazkur hujjatda oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Farmonga muvofiq, 2020-2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi. Qolaversa, mazkur hujjatda 2025-yilgacha davlat maktabgacha taʼlim tizimida oʻzbek tilli guruhlar qamrovini kengaytirish, yangi darslik va qoʻllanmalar, elektron dasturlar yaratish, xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʻzbek tilini oʻrgatuvchi markazlar sonini koʻpaytirish singari muhim vazifalar oʻrin olgan.
Farmonda oʻz ifodasini topgan yana bir prinsipial yangilik – 2021-yil 1-apreldan boshlab oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish boʻyicha daraja sertifikatlari joriy etiladi. Shu bilan birga, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazida oʻzbek adabiy tili meʼyorlari va davlat tilida ish yuritish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Farmonda belgilab qoʻyilganidek, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan holda 2021-yil 1-yanvardan boshlab markaziy telekanallarda “Tilga eʼtibor”, “Ona tilida soʻzlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat koʻzgusi”, «Kitob bilim manbai», “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum koʻrsatuv va eshittirishlarni tashkil qilib, muntazam ravishda efirga uzatib borilishini taʼminlaydi.
Aytish mumkinki, har qaysi xalq yoki millatning maʼnaviyatini uning tarixi, oʻziga xos urf-odat va anʼanalari, tili, madaniyati va qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, yaʼni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
Buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Koʻngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin soʻz bil». Yaʼni, inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti soʻzdir. Oʻzbek tilining soʻzlari shu qadar maʼnoli, boyki, bitta maʼnoga ega boʻlgan tushunchani, bir necha soʻzlar orqali ifodalash mumkin. Masalan, birgina koʻz soʻzining bir necha maʼnolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli soʻz, bir necha soʻzlar bilan ifodalansa, yaʼni sinonim soʻzlari qanchalik koʻp boʻlsa, ayni shu til boy til hisoblanadi.
Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida insoniyat oldida turgan eng muhim masalalar xususida oʻzbek tilida nutq soʻzlagani tilimizning xalqaro miqyosdagi mavqeini mustahkamlash yoʻlida yana bir qadam boʻldi. Zotan, ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, maʼnaviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli boʻlsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas boʻladi. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “Bugungi kunda biz yangi Oʻzbekistonni, yangi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga erishishda, hech shubhasiz, ona tilimizning hayotbaxsh qudratiga tayanamiz”.


Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish