Tillashayx masjidi



Download 129,5 Kb.
bet17/17
Sana25.03.2022
Hajmi129,5 Kb.
#510023
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
ME\'MORIY OBIDALAR

ME’MORIY OBIDALAR
SIN SHIXUANDI MAQBARASI
Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri - Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori raqiblarini tor-mor etib, Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246 - 210-yillar) nomini qabul qilgan, bu nom “Sinning birinchi hukmdori degan ma’noni bildiradi. O‘z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga noiblarini rahbar etib tayinladi.
Aslida qattiqqo‘1 bolgan Sin Shixuandi o‘z raqib­larini shafqatsizlarcha qirib tashladi. Uning hukmronligi davrida Xitoy gullab-yashnadi: dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi.
Sin Shixuandi hali ko‘zi tirikligidayoq o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bi­lan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Maqbaraning tubi bir necha kvadrat kilometr maydonni egallagan. Sin Shixuandi qabridan hukmdorni “qo'riqlash” uchun o'rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan.


ME’MORIY OBIDALAR
GO’RI AMIR MAQBARASI
Go‘ri Amir me’moriy yodgorligi temuriylar daxmasi sifatida Amir Temur tomonidan 1403-yilda Samarqand shahrida bunyod etilgan.
Me’moriy obidaning bunyod etilgan davri va tarixi: 1403-yil Amir Temurning Anqara jangidan qaytishi paytida suyukli va to‘ng‘ich nabirasi Muhammad Sulton to‘satdan vafot etadi. Samarqandda uning qabri ustida maqbara qurilishi boshlanadi va keyinchalik Go‘ri Amir deb nom olgan yodgorlik majmuasi qad ko'taradi.
Me’moriy obida quriljshida xom va pishgan g'isht, loy, yog'och, maxstis “qir” qotishmasi, oltin, kumush, marmar, nefrit toshi va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Maqbaraning pastki qismi to'rtburchak, ya’ni ”Chor” uslubda, tepa qismi esa Sharq an’analarini o‘zida mujassam etgan gumbaz uslubida qurilgan
U xalq orasida Go‘ri Amir yoki Go‘ri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga Temuriylarga mansub kishilar (Amir Temur va uning piri Mir Sayyid Baraka, o‘g‘illari Umarshayx, Mironshoh va Shohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Ulug'bek va boshqalar) dafn etilgan. Qabrlarning to‘rida Amir Temurning piri, harbiy yurishlarida unga hamroh bo‘lgan va uning yuksak, hurmatini qozongan Mir Sayyid Baraka sag‘anasi joylashgan. Sayyid Baraka qabrining oyoq tomoniga Amir Temurning o‘zi dafn qilingan. Uning uch tomonida Muhammad Sulton, Mironshoh Mirzo, Umarshayx qabrlari bor. Keyinchalik bu yerga Temurning nabiralari va evaralarining qabr toshlari qat’iy tartibda joylashtirilgan. Temur sag‘anasiga qo‘yilgan ko‘k nefrit qabrtoshini Mirzo Ulug‘bek 1425-yil Mo‘g‘ulistonga qilgan yurishi vaqtida olib kelgan. Toshdagi lavhada Temurni ulug‘laydigan so‘zlar, uning shajarasi hamda marsiyalar o'ymakori naqshlarda bitilgan. Hamma sag‘analar Ulug‘bek tomonidan yaxlit o‘yma marmar panjara bilan o‘ralgan.
Download 129,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish