Tilning jamiyatda tutgan o’rni Til va tafakkur “Davlat tili” tushunchasi



Download 33,42 Kb.
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi33,42 Kb.
#282939
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu O‘zbek tilini sohaga yo’naltirib o’qitishning maqsadi, vazifalari


1-mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo’naltirib o’qitishning maqsadi, vazifalari

Reja:

1.Tilning jamiyatda tutgan o’rni

2.Til va tafakkur

3 “Davlat tili” tushunchasi

Ilm-fan, san’at va madaniyat, ma’naviyat hamda ma’rifat haqida gap ketganda dunyo ma’rifatparvarlik maktabining taraqqiyotida tilning, ya’ni milliy tilning o’rni va roli alohida o’rin tutishini ta’kidlash zarur. Chunki har qanday ixtiro yoki kashfiyot til bois ajdodlardan-avlodlarga meros bo’lib yashab kelmoqda. Shu bois har bir til o’z egasi uchun nihoyatda qadrli va aziz hisoblanadi. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi kunda jahonda taxminan 1300 gayaqin xalq hamda elatlar mavjud bo’lib, ular uch mingga yaqin tillarda so’zlashadi.Ularning o’z tarixi, taqdiri, jamiyatda tutgan o’rni hamda nufuzi bor. Bu borada o’zbek tili ham bundan mustasno emas. Ya’ni hozirgi o’zbek adabiy tili bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining Davlat tili degan maqomga ega bo’lgunga qadar quyidagi tarixiy davrlarni bosqichma-bosqich bosib o’tgan. Xususan,Markaziy Osiyo hududida yashagan sak va massagetlar qabilalari tiliga xun, yuechji hamda boshqa turkiy qabila-yu urug’lar tili aralashuvidan yaralgan til tashkil etadi. Bu tillar bo’yicha biror yozma yodgorlik qolmagan bo’lsa-da, mazkur davr urug’ tillari hozirgi turkiy tillar, shu jumladan, o’zbek tilining shakllanishiga asos bo’lgan. Qadimgi turkiy adabiy til davridan esa run, uyg’ur, so’g’d, manixey, braxma yozuvlarida yozilgan yodgorliklar yetib kelgan. O’rxun-Enasoy yodgorliklari ham shu davrda yozilgan. Eski turkiy adabiy tilda o’zbek xalqi vatilining shakllanishiga zamin yaratila boshlangan. Bu vaqtda Movarounnahr va Qashqarda qarluq-uyg’ur hamda qipchoq-o’g’iz tillari xususiyatini o’z ichiga olgan turkiy adabiy til mavjud edi. Unda «Qutadg’u bilig», «Devonu lug’atit turk», «Hibat ul-haqoyiq», «Hikmatlar», «Tavsir», «O’g’uznoma», «Qissas-ul» asarlari yaratildi. Mazkur asarlar leksik, grammatik hususiyatlari bilan eski o’zbek tiliga ancha yaqin turadi. XIV asrga kelib, umumxalq o’zbek tili vujudga keldi. Bu davrda yozilgan asarlarda shevalar ta’siri yaqqol seziladi. Navoiygacha bo’lgan davrda Oltin O’rdada «Muhabbatnoma», «Gul va Navro’z», «Hisrav va Shirin», «Guliston» asarlari yozildi. Eski o’zbek adabiy tili mahalliy turkiy va qisman eron urug’lari tiliga qipchoq hamda o’g’uz tillarining ta’siri natijasida shakllandi.

Eski o’zbek adabiy tilining rivojlanishida Alisher Navoiyning xizmatlari katta. U «Chor devon», «Hamsa», «Mahbub ul-qulub», «Majolis un-nafois», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug’atayn» kabi asarlari bilan eski o’zbek adabiy tilini yuqori bosqichga ko’tardi. Navoiy o’z badiiy asarlari bilan o’zbek adabiy tilining imkoniyatlarini kengaytirgan bo’lsa, ilmiy asarlari orqali o’zbek tilining boyligini nazariy jihatdan isbotlab berdi.

Alisher Navoiy eski o’zbek adabiy tilida juda ko’p yangi shakllar, yangi uslublar yaratdi, Shimol, Sharq, Janubdagi tarqoq holdagi adabiy til shakllarini birlashtirib, o’z davrining mukammal adabiy til me’yorini yaratdi.Shu ma’noda, Alisher Navoiy o’zbek adabiy tilining asoschisi hisoblanadi.Yangi o’zbek adabiy tili XIX asrning ikkinchi yarmidan rivojlanib, bu vaqtga kelib Furqat, Zavqiy kabilarning tili jonli tilga yaqinlashdi. Asr oxirida turk tili haqidagi dastlabki kitoblar va amaliy grammatika qo’llanmalari paydo bo’ldi. XX asr boshlaridagi esa gazeta-jurnallarda turk, ozarbayjon, tatar tillarining ta’siri yaqqol ko’rinadi. Bu vaqtda o’zbek tilida yangi so’z, shakllar yasashga urinish kuchli bo’ldi, rus tilidan anchagina so’zlar qabul qilindi.

Hozirgi o’zbek adabiy tili XX asrning 20-yillaridan shakllana boshlagan.Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Abdulla Qahhor, Oybek, Hamid Olimjon,G’afur G’ulom, Komil Yashin, Zulfiya asarlari hozirgi adabiy tilning rivojlanishigakatta ta’sir ko’rsatdi. Shuni aytib o’tish lozimki, o’zbek tilining rivojlanishi, undagi o’zgarishlar ijtimoiy-siyosiy hodisalarga bog’liq ravishda ro’y berdi. Jumladan, fors-tojik xalqi bilan uzoq vaqt yonma-yon yashash o’zbek tilida ko’plab forscha-tojikcha so’zlarning o’rin olishiga sabab bo’lgan. Arablar istilosi natijasida esa fan va ilmga oid arabcha so’zlar o’zbek tiliga kirib o’zlashgan. Sho’ro davrida esa ona tilimizga rus tilining ta’siri juda kuchli bo’ldi. Rus tili orqali o’zbek tiliga Yevropa tillariga oid juda ko’p so’z va atamalar qabul qilindi. Masalan, rasmiy ish hujjatlari rus tilida olib borilishi natijasida o’zbek tilining rasmiy-idoraviy uslubi deyarli yo’qoldi, atamalar asossiz ravishda rus tilidan olinaverdi, 1940 -yilda kirill yozuvining qabul qilinishi bilan o’zbek tili talaffuzi va imlosi o’rtasida bir qancha nomutanosibliklar yuzaga keldi.

Bugungi kunda Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan o’zgarishlarning zamirida ham milliylik deya ataluvchi azaliy qadriyatlar yotibdi. Bu degani har qanday milliylik tilda aks etadi demakdir.




Download 33,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish