Topografik chizmalarni o'rganish metodikasi Mundarija: Kirish


Bеrilgan kеsmaning haqiqiy uzunligini aniqlash



Download 3,37 Mb.
bet4/11
Sana05.05.2023
Hajmi3,37 Mb.
#935630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Topografik chizmalarni o\'rganish metodikasi1

Bеrilgan kеsmaning haqiqiy uzunligini aniqlash.
AB (A′2, B′7) kesmaning haqiqiy uzunligi, H0 proektsiya tekisligiga og‘ish burchagi va uning izi yasalsin .
Masalani yasash algoritmi: Berilgan AB (A′2, B′7) kesmaning haqiqiy uzunligini aniqlash quidagicha bajariladi (1- rasm).

  1. A′2 va B′7 kesma proyeksiyasidagi har bir nuqtadan perpendikulyar chiziqlar chiqariladi.

  2. Bu perpendikulyarga mos ravishda chiziqli masshtab bo‘yicha 2 va 7 birlik o‘lchab qo‘yiladi.


  1. Hosil bo‘lgan AB nuqtalar tutashtiriladi. Tutashtirilgan AB berilgan AB kesmaning haqiqiy uzunligi bo‘ladi.


  1. Agar AB haqiqy uzunligi A′2, B′7 bilan kesishguncha davom ettirilib, Mo nuqta hosil bo‘ladi. Mo nuqta AB kesmani proyeksiyalar tekisligi bilan kesishgan izi bo‘ladi.

  2. Bunda AB kesma bilan Ho tekislik orasidagi og‘ish burchagi ∠ BMo B′7= α hosil bo‘ladi.

Agar AB (A¹6 B¹-3) kesma uchlarining ishoralari har xil bo‘lsa, unda kesmaning haqiqiy uzunligi, Ho ga og‘ish burchagi va uning izi yasalishi quyidagicha bo‘ladi:
Yasash algoritmi:

  1. Kesma nuqtalaridan bittasi manfiy (-) ishorali bo‘lgani uchun, uning haqiqiy uzunligini aniqlash uchun kesma proyeksiyasiga chiqarilgan perpendikulyar qaramaqarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.

  2. Bu perpendikulyarga chiziqli masshtab bo‘yicha 6 va 3 birlik o‘lchab qo‘yiladi.



  1. Hosil bo‘lgan A va B nuqtalar tutashtiriladi. Bunda AB kesma fazodagi AB


2. Topografik planning asl nusxasini chizish
Topografik planlar qanday maqsadda foydalanilishiga qarab bevosita nusxa olish yo`li bilan dala sharoitida yoki materiallar asosida tuziladigan asl nusxalardan ko`paytiriladi.
Menzula yordamida planga olish metodi bilan topografik planlarning dala asl nusxasini (bevosita dalada asboblar yordamida tayyorlanadigan nusxa) chizishning o`ziga xos xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.
Menzula yordamida planga olishda joyning barcha predmetlari va releflar bevosita dalada joyni o`lchash natijalari bo`yicha chizma qog’ozida oliy sifatli qalam bilan bajariladi. Bu tasvir qalamda qanchalik puxtalik bilan bajarilmasin vaqt o`tishi bilan chizma o`chadi va u qiyinchilik bilan qayta tiklanadi. Shuning uchun chizma qog’ozda chizib borish bilan bir qatorda har kuni shaffof qog’ozda barcha baland nuqtalar va konturlarning nusxasi chizilib, bu kamchiliklar qisman bartaraf etib boriladi. Lekin bu bilan dalada chizilgan tasvirni bekami-ko`st saqlashni ta`minlab bo`lmaydi. Shuning uchun planlarni asl nusxasini dala sharoitida chizish tez-tez amalga oshiriladi.
Topografik planning asl nusxasini chizishda uch xil rangdan foydalaniladi:
Relef va gidrografiyalardan boshqa barcha predmetlar qora rang bilan chiziladi.Gidrografiyalar (dengiz, ko`l va boshqa suv havzalarining qirg’oq chizig’i, anhor, soy, ariqlar hamda suv quvurlari (vodoprovodlar), gidrografik ob`ektlarning sonli xarakteristikalari, botqoqlik va sho`r tuproq yerlarning shtrixovka chiziqlari, muzliklar va boshqalar) ko`k rang bilan chiziladi.
Gorizontallar va ularning yozuvlari, qoyalar, to`kilmalar (tog’ yon bag’iridagi ko`chib tushgan toshlar, xarsang uyumlari), jarliklar, chuqurliklar, suv o`yib ketgan chuqurlik va jarliklar, toshli va past-baland sirtlar, sochilgan toshlar, barcha turdagi qumliklar jigar rang bilan chiziladi. Shuningdek jarlik, chuqurlik, suv o`yib ketgan jarlik va chuqurliklar, qirg’oqdagi tuproq uyumlarining sonli xarakteristikalari jigar rang bilan yoziladi. Bundan tashqari planga olingan asl nusxalar 1:10000 masshtabda chizilganda suvlik joylar va yong’inga chidamli turar joy va turar joymas binolar ochiq havorang bo`yoq bilan bo`yaladi. Suratga olganda kuchsiz aks etishi uchun ular ochiq rang bilan bo`yaladi.
Topografik plan quyidagi tartibda chiziladi.

  1. Tayanch punkt (joy)lar va orentr (mo`ljal)lar; ularning nomlari, sonli xarakteristikalari, tushuntirish yozuvlari.

  2. Aholi yashaydigan joylar, sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy-madaniy ob`ektlar; ularning nomi, sonli xarakteristikasi va tushuntirish yozuvi; mazkur joyda joylashgan sanoat ob`ektlari, mashhur binolar tasvirlari hamda ularning nomlari va xarakteristikalarini yozuvlar bilan ko`rsatishdan boshlash kerak.

  3. Avtomobil yo`llari va ularga tegishli inshootlar (ko`tarma, chuqurlik, ko`prik, stantsiya, raz`ezd, kazarma, butka va boshqalar), shosse (katta asfal’t, beton yo`llar) dagi yozuv va ularning xarakteristikasi uchun joylar oldindan mo`ljallab qo’yiladi.

  4. Gidrografiya (dengiz, daryo, ko`l, anhor, ariqlarning qirg’oqlari va ularga tegishli yozuv, xarakteristikalar hamda pristan (kemalar to`xtaydigan joy), to`g’on, ko`prik, tegirmon va boshqalar).

  5. Aloqa liniyalari, elektr tarmoqlari, neft va gaz quvurlari va boshqalar.

  6. O`simliklar, o`t-o`lanlar konturi (tushuntirish belgilarini to`ldirmasdan).

  7. Relef.

Oxirida o`simliklar, o`t-o`lanlar konturi to`ldiriladi. Ya`ni kontur ichida ularning shartli grafik belgilari chizib chiqiladi, geografik koordinatalar chiziladi, to`g’ri burchakli koordinatlar to`rining raqamlari va barcha ramkadan tashqari yozuvlar yoziladi.
Ta`limga bunday yondoshish, mustaqil fikrlaydigan, har tomonlama qobiliyatli kadrlar tayyorlashda muhim rol o`ynaydi.
Topografik chizmachilik fani bo`yicha talabalar o`tilgan ma`ruza va amaliy mashg’ulotlar asosida quyidagi mavzular bo`yicha to`rtta mustaqil ish bajaradilar:

  • Son belgili proyeksiyada sirt bilan tekislikni kesishish chizig’ini yasash;

  • Son belgili proyeksiyada sirt bilan to`g’ri chiziqning kesishish nuqtalarini topish;

  • Maydoncha atrofidagi qiya tekislik va sirtlarning o`zaro kesishish chizig’ini va mazkur sirtlarning topografik sirt bilan kesishish chizig’ig’ni aniqlash;

  • Joyning topografik planini chizish;

Joyning topografik planini chizish topshirig’ini bajarish o`qituvchi rahbarligida amaliy mashg’ulot darsida boshlanadi, so`ngra talaba ishni mustaqil yakunlaydi.
Bunday mustaqil topshiriqlar talabalarning ma`ruzalarda olgan nazariy bilimlarini, amaliy mashg’ulotlarda shakllangan ko`nikma va malakalarini yanada chuqurlashtirib, ularning mustaqil ishlash qobiliyatlarini o`stiradi.
Gafik ish topshiriqlari topografik chizmachilik fani dasturi asosida tuzilgan bo`lib, 5140700 -“Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi” ta`lim yo`nalishi talabalariga mo`ljallangan.
Har bir mustaqil grafik topshiriqqa oid 18-24 tadan variantlar tuzilgan va to`rtta grafik topshiriq bo`yicha grafik ishlarni bajarish namunalari va ularga doir metodik ko`rsatmalar berilgan.
Dastlab variantda berilgan tekislikni qanday usulda berilganiga e`tiborni qaratish kerak. Tekislik qanday usulda berilganda misolni yechish qulay bo`lsa, tekislik qulay usulda berilgan holga keltiriladi. So`ngra misolni qanday usullar bilan yechish mumkinligi aniqlanadi. usullarning qaysi biri bilan misolni yechish oson bo`lsa, o`sha usuldan foydalaniladi.
1-misol. Asosi gorizontal tekislikda joylashgan og’ma silindr va ABC tekislik son belgili proyeksiyasi bilan berilgan (4.1- shakl). Silindr bilan ABC tekislikning kesishish chizig’i yasalsin.



Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish