Topshirdi: shermurodov hasan


I BOB.Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish haqida tushuncha



Download 45,28 Kb.
bet4/14
Sana17.07.2022
Hajmi45,28 Kb.
#812656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
duscan

I BOB.Mahalliy o’zini-o’zi boshqarish haqida tushuncha
I.1. Mahalliy o’zini o’zi boshqarishning demokratik tamoyillari.
1985 yil 15 oktyabrda Evropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan «Mahalliy o’zini o’zi boshqarish to’g’risidagi Evropa Xartiyasi»ning 3-moddasida bu tushuncha quyidagicha ifodalandi: «Mahalliy o’zini o’zi boshqarish deganda, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining o’z mas'ulligida, mahalliy aholi manfaatlari asosida, qonunlar doirasida uning davlat ishlarini aksariyat qismini boshqarishi va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi.Shuningdek, «mahalliy o’zini o’zi boshqarish» esa - «milliy boshqaruvdan quyi darajadagi demokratik avtonom birliklarning mahalliy aholi manfaatlari asosida jamoatchilik muammolarini aksariyat qismini muvofiqlashtirishi va boshqarishi»dir.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida o’zini o’zi boshqarish organlariga quyidagi huquqiy ta'rif berildi: “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”. Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi (yangi tahriri) Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish tushunchasi quyidagicha ta'riflandi: «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi-fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma'naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir».Mahalliy o’zini o’zi boshqarish, mashhur olim Aleksis de Tokvilning talqinicha, “shunday bir siyosiy institutki, u nafaqat siyosatchilar uchun, balki, umuman barcha fuqarolar uchun bir maktabdir.Mamlakatimizda o’zini o’zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asosiy instituti sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. Shuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi ko’lamining kengayib borishi bilan huquqiy davlatning o’z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirishi uchun qulay va keng imkoniyatlar paydo bo’lmoqda.Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy, balki, ma'muriy-hududiy tuzilma tarzida ham e'tirof etilgan. Alisher Navoiyning “Hayratul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) asarida quyidagi band uchraydi: Shaharlar otini mahalot etib, Bo’ldi chu yuz shahar Hiri ot etib. Mahallaning “shahar ichidagi shaharcha” degan mazmuni yuqoridagi tashbehdan ko’rinib turibdiki, o’rta asrlarda Hiri deb atalgan Hirot shahri yuzta kichik “shaharcha”lar - mahallalardan tashkil topgan ekan.Mahalla - Oʻzbekistonda maʼmuriy hududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan.Demak, qadim zamonlardayoq o’zini-o’zi boshqarish organlarining ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlagan. Sharqda bu jarayon bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan mahallalar ko’rinishida rivojlangan bo’lsa, G’arb mamlakatlarida kishilarning o’z manfaat va qiziqishlarini jamiyatdagi munosabatlarda ifodalash va himoya qilish maqsadida har xil uyushmalar, partiyalar, jamiyatlar, harakatlar va boshqa tuzilmalar sifatida paydo bo’lishiga asos solindi.Uzoq yillar mahalla tarixi va sotsiologiyasini tadqiq etgan amerikalik olim D.Karlayl quyidagilarni yozadi: ”Oila va do’st-yoronlar mahalla turmushining bosh asosi bo’lib kelgan va shundayligicha qoladi. Ular shaxsiy munosabatlarning tamal toshi sanaladi. Ular “sulola” deb ataluvchi, kishilarni birlashtiruvchi va ajratuvchi o’ta muhim tarmoq tuzilmasini yaratdi. Yaqinlik munosabatlariga asoslangan va nasl-nasab printsiplari bilan metinlashgan mahalla o’zbeklar dunyoga keladigan, tarbiyalanadigan va odatda o’zining butun hayotini o’tkazadigan joy hisoblanadi. Do’stlik barqaror tushuncha bo’lgan mahallada moyillik singdirilgan bo’ladi. Hamma mahalla tevaragida parvona bo’lar, shaxsiy sadoqat butun shahar bo’ylab tarqalar, ba'zan esa butun boshli mintaqani qamrab olar edi. Bunday an'anaparastlik sharoitida kimningdir tajribasi shaxsiy muloqotlar doirasi tasarrufidan tashqariga tez tarqalib ketadi. Shaxs har qanday masofadan turib sulola a'zolarining nikoh tantanalari, marosimlarida qatnashishi mumkin. Rang-barang oilaviy-qarindoshchilik aloqalarining mahalladan tashqarida ham, kundalik turmushda toshi bor, lekin ular mahallaniki singari tosh bosa olmaydi. Mustaqillik davriga kelib fuqarolarning mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari qonuniy maqomini mustahkamlashga, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O’zbekistonda mahallalar milliy mustaqillik davriga kelibgina, o’zini o’zi boshqarish organiga aylandi. O’zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, poselka, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari huquqiy maqomini oldilar. Jumladan, mustaqillik davrida mamlakatda 10 minggga yaqin o’zini o’zi boshqarish organlari shakllangan bo’lsa, ulardan 8142 tasini mahalla fuqarolar yig’inlari tashkil etadi.Mustaqillik davrida mahallaning tashkiliy, ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash borasida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo, mahalla atamasi tarixda birinchi marta Konstitutsiyaga kiritildi. Unga aholining o’zini-o’zi boshqaruvining noyob shakli sifatidagi konstitutsiyaviy huquqiy maqom berildi. 1992 yilda O’zbekiston Prezidentning «Respublika «Mahalla» xayriya jamg’armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, 1998 yildagi «Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarini qo’llab-quvvatlash haqida»gi, 1999 yildagi «Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta'minlashda fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari rolini oshirish to’g’risidagi»gi Farmonlari, shuningdek, kam ta'minlangan va ko’p bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qator farmon, qarorlar, qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarni e'lon qilinganligi uning isbotidir.2

Download 45,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish