Тошкент давлат педагогика университети дефектология факультети


Nuqsonga ega bola tarbiyalayotgan oiladagi muammolarning tarixiy jihatlari



Download 155,91 Kb.
bet5/15
Sana21.09.2021
Hajmi155,91 Kb.
#181404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
rivojlanishida nuqsoni bolgan bolani tarbiyalashda oila va maktab hamkorligining shakl va metodlari

1.2. Nuqsonga ega bola tarbiyalayotgan oiladagi muammolarning tarixiy jihatlari

Nuqsoni bо‘lgan farzandga ega oilaning muammolari uning hayotining turli doiralarida namoyon bо‘ladi. Insoniyatning rivojlanish tarixida bunday oilaning va jamiyatning о‘zaro munosabatlari sotsiumning oila va uning ehtiyojlariga bо‘lgan diqqatning turli darajalari bilan xarakterlanadi. Adabiyotlarning taxlili bunday о‘zaro munosabatlarning turli bosqichlarini ajratish imkonini yaratgan14 .

Rossiyada XIX asrda oila muhitida turli psixik buzilishlarni oldini olish va davolash uchun foydalanishga e’tibor bera boshlangan. 1859 yildan oilaviy patronajni rivojlanishi doirasida davolovchi vrach tomonidan bemor oilasiga maxsus ta’sir masalasi muxokama qilingan. Bunda bemorning holatini doimo kuzatish va nazorat qilishgina emas, balki “oila a’zolari bilan tushuntiruvchi suhbat о‘tkazilib, ular bemorga hamdardlik bilan munosabatda bо‘lishlari va о‘zlarining gaplari bilan uning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir kо‘rsatishlari kerak”ligi nazarda tutilgan .

Shu tarzda dastlab nuqsonga ega farzandi bо‘lgan oilaning muammolari uning a’zolari tomonidan bemorning holatiga ijobiy ta’sir kо‘rsatishga jalb etish jihatidan kо‘rilgan.

A.M.Shereshevskiyning ta’kidlashicha, oilada psixologik davolash oilani territoriya jihatidan yaqin bо‘lganda yaxshi natijalar bergan.

Bemorning oilasi faqatgina davolov va psixoterapiya tadbirlarini о‘tkazish uchun fon bо‘lib qolmasdan, balki uning ma’lum bir komponentiga aylangan. Oila vrachga davolashning metodini tо‘g‘ri tanlashda yordam bergan va uni amalga oshirishda tegishli muhitni yaratgan. XX asrning boshida Rossiyaning yirik shaharlarida ruhiy kasallarni oilada davolashning turli shakllari yuzaga kelgan va joriy etilgan. Bu sohaning yirik namoyondalari boladagi nuqsonni yuzaga kelish sabablari haqida ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini olib borishga, oiladagi tarbiyaning kamchiliklari alohida va ota-onalarga yordam berish masalalarini yoritishgaalohida e’tibor berganlar. Masalan,oilaning bemorga ijobiy ta’siri unda autizmni yuzaga kelishini oldini oladi deb kо‘rsatgan.

V.P.Kashenko psixik buzilishlarni davolashda oilaning individual xususiyatlarini, uning bemorga ijobiy ta’sirini ham e’tiborga olish lozimligini kо‘rsatgan (V.P.Kashenko, 1905).

Bolani tarbiyasida ota-onalarga yordam kо‘rsatib, u birinchi navbatda ota-onalarga “bunday boladagi nuqsonning xarakterini va uni tarbiyalash murakkabligini tushuntirgan, shuningdek kun tartibiga rioya qilish zarurligi haqida ta’kidlagan, maxsus adabiyotlarni tavsiya qilgan. Korreksion tarbiya tizimini amalga oshirishda ota-onalarga yordam uchun pedagog-defektologni taklif etish kerakligini uqtirgan.

Ota-onalar mavzusini muhokama etilayotgan masalalar jumlasiga kiritilganligini XX asrning boshidagi mashhur psixiatr, psixologlar va pedagoglarning ilmiy ishlarida kо‘rish mumkin. Bu mavzuni yoritishda J.Demura tadqiqotlari qiziqish uyg‘otadi, G.I.Rossolimoning fikricha J.Demura о‘sha vaqtda, Yevropada nuqsoni bо‘lgan bolalar bо‘yicha eng yaxshi mutaxassislardan biri bо‘lgan. Uning Rossiida v 1909 yil nashr etilgan "Nuqsonga ega bolalar, ularni uyda va maktabda tarbiyalash" monografiyasi ota-onalar uchun juda qimmatli bо‘lgan. Nemis olimi va pedagogi B.Mennelning “Aqli zaif bolalar uchun maktablar” monografiyasi 1911 yili vrach M.Vladimirskiy tomonidan rus tiliga tarjima qilingan. Monografiyada Germaniyada aqli zaif bolalar uchun maktablarning holati tizimli yoritilgan va “Ota-onalar va о‘quvchining hayot sharoiti” nomi bilan alohida bо‘lim ota-onalar va farzandlari muammolariga bag‘ishlangan.

Rosssiyada oilaviy psixoterapiyaning yuzaga kelishi davolov-tarbiyaviy muassasalarni va ruxiy kasallar uchun oilaviy patronajni tashkil etilishi bilan bog‘liq.

Bunday davolov-tarbiyaviy muassasasi 1882 yilda Peterburgda tashkil etilgan bо‘lib, uni taniqli vrach va pedagog I.V.Malyarevskiy boshqargan.

Bu tarzdagi muassasalar tajribasi bilvn о‘sha davrda chet elda ham qiziqib qolingan. Muassasalar haqidagi savolga javoban V.M.Bexterev “ tashkil etilgan 12ta muassasalar faqatgina davolash bilangina emas, balki muassasadagilarni tarbiyalashda g‘am yutuqlarga erishmoqdalar” deb kо‘rsatgan.

I.V.Malyarevskiy va uning izdoshlari tomonidan tibbiy ta’sir bilan birgalikdagi tarbiya ishlarida "oiladaigi о‘zaro munosabatlarni tashxis qilish va ruxiy bemorlarni tarbiyasidagi xatoliklarni aniqlash” ga alohida diqqat qaratilgan. Oilada tarbiyalashga alohida e’tibor qaratib Malyarevskiy " ota-onalarning pedagogik nо‘noqligi ouy sharoitida bolalarga egoizmni yuzaga keltiradi, atrodagilar oldida hech qanday majburiyatni shakllanmasligiga, о‘zini haddan tashqari yaxshi kо‘rishga olib keladi” deb ta’kidlagan.

Tarbiyadagi buzilishlar vrach tomonidan bola bilan alohida yoki lozim bо‘lganda ota-onalari bilan birgalikda suhbat jarayonida amalga oshirilgan. Ota-onalar uchun “majlislar” о‘tkazilib, ularda oiladagi tarbiyaning kamchiliklari ochib berilgan.

Bunday markazlarda “idiotlikning yengil darajasidagi, asab tizimida va hissiy a’zolarida buzilishlari bо‘lgan, psixik buzilishlarga ega bolalarga (ya’ni bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning о‘sha vaqtdagi tasnifi asosida) yordam kо‘rsatilgan [3, 64].

1912 yili Peterburgdagi Psixonevrologik institut qoshida yordamchi maktab ochilib, unda ota-onalar uchun kurslar faoliyat yuritgan. Ushbu kurslarning dasturiga “bolalar psixoptologiyasi va kasalliklarining xarakteri bilan tanishish” bо‘limi kiritilgan. Ota-onalar va bolalar bilan birgalikdagi mashg‘ulotlar о‘tkazilib, ularda oiladagi murakkab nizoli vaziyatlargina muhokama etilmasdan,ularni bartaraf etish yuzasidan maslahatlar berilgan.

1907 to 1912 yillargacha bunday “birgalikda tarbiyalash va о‘qitish tо‘garaklari” Moskvada ham tashkil etilgan va uning dasturi bilan V.M.Bexterev ham tanish bо‘lgan.

Shunday qilib, oiladan tashkiliy-davolov va tarbiyaviy komponent sifatida foydalanish Rossiyada tibbiyot va pedagogika sohasining taniqli namoyandalari tomonidan о‘zoq vaqtgacha va turli shakllarda amalga oshirilgan. Bu fikr о‘sha vaqtdagi taniqli psixologlar, pedagoglar, psixiatrlarning topgan (D. I. Azbuka na, T.A.Vlasova, G.L.Vigodskaya, L.S.Vigotskiy, M.F.Gnezdilov, A.N.Graborov, YE.K.Gracheva, G.M.Dulnev, S.D.Zabramnaya, M.V.Ippolitova, K.S.Lebedinskaya, V.I.Lubovskiy, YE.M.Mastyukova, M.S.Pevzner, V.G.Petrova, B.I.Pinskiy, L.I.Solnseva, I.M.Solovyev, YE.A.Strebeleva, G.V.Sikoto, J.I.Shif, va boshqalar) ilmiy ishlarida о‘z aksini topgan.




Download 155,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish