Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xmis va turizmi fakulteti



Download 66 Kb.
bet8/11
Sana31.12.2021
Hajmi66 Kb.
#254900
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi

2.1. Fransuz tilidan o‘zlashmalar

Eronda modernizatsiya va rivojlanish jarayoni fransuz tilidagi leksik biriklardan Qojar davrida (1794-1925) o‘zlashtirishni boshladi. Fransiyaning ta’siri, garchi Fransiya o‘sha vaqtning eng katta siyosiy va harbiy kuchi bo‘lmasa-da, ulkan edi. Fors tili uchun bu zamonaviy dunyoviy madaniyatning eng muhim modeli edi. Eronda fransuzlarning yuqori lavozimi Dar el-Fonun kabi zamonaviy ta'lim muassasalarini yaratish orqali mustahkamlandi. Dar al-Fonun forslarning birinchi oliy ta'lim muassasasi edi. U 1851-yilda asos solingan va bugungi kunda Tehron Universiteti sifatida mavjud. Zamonaviy Yevropa madaniyati va texnikasi bilan birga fransuzcha ma’ruzalar o‘qiladigan mazkur universitet negizida ham fransuz tili leksikasi oqib kira boshladi. Bundan ham muhimi, XX asrda Forsning ta’lim tizimi butunlay fransuz tiliga o‘ralgan. Bundan tashqari, fransuz tili o‘rta ta’lim tizimidagi o‘quvchilar uchun Yevropa talablariga javob beradigan deyarli yagona til edi.



Eron bilan Yevropa mamlakatlari aloqalari XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida faollashdi va tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Buning natijasida fors tiliga ko‘plab yevropeizmlar kirib kela boshladi. Yevropadan dastlabki paytda eng ko‘p o‘zlashmalar fransuz tilidan kirib keldi. XX asrning 50-yillaridan 80-yillarigacha Eronda ingliz tiliga moyillik tendensiyasi kuzatiladi va bu davrda fors tiliga ingliz tilining ta’siri kuchaydi23.

XX asrning boshlarida Eronda «mašruta»chilik harakati (mašruta – konstitutsiya) va davlat tuzumining yangi shakllari bunyodga kelishi fors tilida bir qator yangi ijtimoiy-siyosiy atamalarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Vujudga kelgan yangi terminlarning asosiy qismi ozodlik va demokratiyaning ramzi bo‘lgan fransuz tilidan olingandi24.

Jumladan, pārlemān “parlament”, kudetā “davlat to‘ntarishi”, kābine “kabinet” (vazirlar), kongre “kongress”, demokrāsi “demokratiya”, frāksiyun “fraksiya”, režim “tuzum”, komisyun “komissiya”, ānārši “anarxiya”, proletār “yo‘qsul”, buržuazi “burjuaziya”, kāpitulasiyn “kapitulyasiya”, tribun “tribuna”, kārt “a’zolik bileti”, prupāgānd “tashviqot” va boshqalar XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida fransuz tilidan o‘zlashtirildi.

Keyinchalik fransuz tilidan o‘zlashmalar fors tili so‘zligining deyarli barcha sohasiga, ayniqsa, iqtisod, ilm-fan, san’at, xalqaro munosabatlar, texnika, harbiy xizmat, maishiy turmush va hokazolarga kirib bordi.

Masalan, ilm-fan atamalari: teori “nazariya”, teknik “tenika”, šimi “kimyo”, oksižen “kislorod”, hidrožen “vodorod”, fizioloji “fiziologiya”, bioloji “biologiya” grāmer “grammatika”, fonetik “fonetika”.

Hozirgi kunda bu atamalar ko‘pchiligi fors tilidagi so‘z va atamalar bilan almashtirilgan bo‘lib, ular faqat XX asrning birinchi yarmidagi adabiyotlarda uchraydi.

Masalan: teoriolum-e nazari, teknikfanni, šimikimyā, biolojizistšenāsi, grāmerdastur-e zabān, fonetikāvāšenāsi bilan almashtirilgan.

Lekin, ba’zi atamalar fors tilidan mustahkam o‘rin olgan bo‘lib, hozirgi zamon adabiy tilida va og‘zaki nutqida keng qo‘llaniladi.

Iqtisodiy-moliyaviy atamalar: burs “birja”, bānk “bank”, āžāns “agentlik”.

Madaniyat, san’at va maorif terminlari: tāblo “kartina”, “stend”, pyes “pesa”, derām “drama”, estrād “estrada”, teātr “teatr”, operā “opera”, bāle “balet”, minyātur “miniatura” va b.

Harbiy atamalar: gvārd “gvardiya”, bomb “bomba”, “granata”, ženrāl “general” va sh.o‘.

Shuni ta’kidlash kerakki, fransuz tilidan o‘zlashmalar hozirgi
zamon tilida ham ko‘plab uchraydi, ammo ularning bir qismi 40-50-
yillarda «Farhangestān» tomonidan forscha so‘zlar bilan
almashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi qismi 1979 yil inqilobidan so‘nggi «Farhangestān» faoliyatida forscha variantlar bilan almashtirilmoqda25.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish