Vaqfi avlod - O‘rta asrlarda sulolaviy yoki oilaviy vaqf yerlari ham mavjud bo‘lib, bu vaqfi avlod deyilgan.
- Faqat sayyidlar va xo‘jalargina o‘z vaqflarini vaqfi avlod sifatida rasmiylashtirish huquqiga ega bo‘lganlar. Vasiyatning bu turi yer egasi mulkining bo‘linmasligini nazarda tutgan. Shuning uchun hukmdorlar, din peshvolari, sayyidlar, xo‘jalar va katta mulk egalari masjid, madrasa va xonaqolar qurib, bu yerlarni abadiy vaqf sifatida ta’sis etganlar. Xayriyaning bunday turida vaqf ta’sischisining o‘zi umrbod mutavalli bo‘lar, uning vafotidan keyin esa bu lavozim uning farzandlariga o‘tar edi. Xo’ja Axror va Jo‘ybor shayxlarining vasiyatlari ham vaqfi avlodga misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |