Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet9/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Jinoyat protsessi qonun bilan tartibga solingan surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari va jinoyat ishi yurituvi boshqa ishtirokchilarining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasi, sudning qaror, ajrim va hukmini qayta ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini ijro etish kabi bosqichlarni qamrab olgan faoliyati bo‘lib, u jabrlanuvchining, jinoiy ta’qib etilayotgan shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyat qonuni normalarini munosib qo‘llashini ta’minlashga qaratilgan.

Jinoyat protsessi qonunga asoslangan faoliyatdir. Qonuniylikka qat’iy rioya etish, huquqiy tartibotning har qanday buzilishlariga qarshi kurash, uni yuzaga keltiradigan sabab va shart-sharoitlarning oldini olishning dasturiy vazifasiga mos ravishda jinoyat-protsessual qonuni hujjatlarida jinoyat protsessining vazifalari belgilangan.


Jinoyat ishlari yurituvining jinoyat protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibi aynan shu maqsad va vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilangan.
Jinoyat-protsessual huquqi mustaqil huquq sohasi bo‘lib, davlat organlari va mansabdor shaxslar hamda davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar o‘rtasida jinoyat ishlari yurituvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Jinoyat-protsessual huquqi tizimi ikki qismdan – umumiy va maxsus qismlardan iborat. Jinoyat-protsessual huquqining umumiy qismida butun jinoyat protsessiga oid yoxud uning aksariyat bosqichlari va institutlariga taalluqli bo‘lgan asosiy tushunchalar va qoidalar o‘rin olgan. Umumiy qismda protsessual qonunchilikning vaqt, hudud va shaxslar doirasida amal qilishi, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, hokimiyat organlarining vakolatlari, dalillar va isbot qilish instituti, ularni to‘plash, tekshirish va baholash, protsessual majburlov choralari va boshqa umumiy institutlar va masalalar o‘rin olgan.


Jinoyat-protsessual huquqining maxsus qismida jinoyat protsessining alohida bosqichlari va ularni amalga oshirish tartibi belgilangan bo‘lib, shuningdek protsessual harakatlarni o‘tkazish qoidalari tartibga solingan. Umuman olganda, maxsus qismning o‘zini shartli ravishda turdosh huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi to‘rt mustaqil institutlarga ajratish mumkin: sudga qadar ish yuritish; sudda ish yuritish; alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish; jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik.


Shuningdek, jinoyat-protsessual huquqini huquq sohasi, fan va o‘quv kursi sifatida tushunish mumkin. Huquq sohasi sifatida jinoyat-protsessual huquqi – bu surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish va hal qilish bo‘yicha faoliyatini tartibga soluvchi huquq sohasidir.



Fan sifatida Jinoyat-protsessual huquqi – jinoyat ishlari yurituvining mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va tabiatini ochib beruvchi qarashlar, tasavvurlar, g‘oyalar va konsepsiyalar tizimidan iborat. Jinoyat protsessi fani tegishli qonunchilikni, uni qo‘llash amaliyotini, ushbu baza asosida shakllangan doktrinani, tarixiy tajribani va ushbu sohadagi boshqa davlatlar tajribasini o‘rganadi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish