Toshkent hetk



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana18.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#455552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ULGURJI ISTE

(Asos: О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2019 yildagi 522-sonli “О‘zaro 
hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish 
chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori) 
3.8. Hisobga olish pribori ushbu Shartnomaning 3-ilovasiga muvofiq, elektr tarmoqlarining 
mansublik balansi bо‘yicha farqlash dalolatnomasi va tomonlarning ekspluatatsiya javobgarligi asosida 
aniqlanadigan elektr tarmog‘ining mansublik balansi chegarasida о‘rnatilmaganda, chegaradan hisobga 
olish pribori о‘rnatilgan joyigacha bо‘lgan uchastkada energiyaning texnologik sarflanish hajmi 
Iste’molchi bilan birgalikda hisoblash yо‘li orqali aniqlanadi va ushbu Shartnomaning 4-ilovasiga muvofiq 
dalolatnomada kо‘rsatiladi va elektr tarmog‘ining balans bо‘yicha mansubligiga qarab hududiy elektr 
tarmoqlari korxonasining va iste’molchining hisobiga о‘tkaziladi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari 
va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlarining kо‘p qavatli uyning ichki tarmog‘idagi yо‘qotishlar bundan 
mustasno. 
Bunda, 750 kVA va undan yuqori quvvatga ulangan, tabaqalashtirilgan tarifda tо‘lovlarni amalga 
oshiradigan Iste’molchi uchun energiyaning texnologik sarflanish hajmi sutkaning tig‘iz, yarim tig‘iz va 
tungi paytlari uchun alohida aniqlanib, mutanosib ravishda jami olingan elektr hajmining tegishli 
paytlariga tо‘lov haqini yozish uchun qо‘shib boriladi (6-,7-ilovalarni reaktiv quvvatga ega va texnologik 
bronli iste’molchilar tо‘ldiradi). 
3.9. Elektr energiyasi yagona elektr energetika tizimidan tranzit bо‘yicha Iste’molchining elektr 
tarmog‘i orqali hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmog‘iga uzatilganda, Iste’molchi 
tarmoqlaridagi elektr energiyasi texnologik sarfining bir qismi, Iste’molchining elektr tarmog‘iga kelib 
tushgan elektr energiyasining umumiy miqdoriga nisbatan hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr 


tarmog‘iga iste’molchi tomonidan uzatilgan elektr energiyasi miqdoriga mutanosib ravishda, yagona elektr 
energetika tizimining elektr tarmoqlaridagi texnologik sarflarga о‘tkaziladi. 
3.10. Elektr energiyasi sarfi tо‘g‘risidagi hisobot Iste’molchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, 
Ta’minotchi korxona tomonidan elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) iste’molining 
shartnomaviy miqdori bо‘yicha yoki о‘tgan hisob-kitob davr uchun elektr energiyasi iste’molining 
о‘rtacha sutkalik amaldagi miqdori tо‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilinadi. 
Bunda hisobga olish priborlari kо‘rsatkichlari nazorat tartibida Ta’minotchi korxona tomonidan 
yozib olingandan keyin amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Qayta 
hisob-kitob Iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud uning ishtirokisiz belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
3.11. Ta’minotchi korxona Iste’molchining shaxsiy hisob-raqam va hisobga olish priborlarining 
holati haqida batafsil ma’lumotlar doimiy asosda shakllantirilishi va idoralararo elektron hamkorlik qilish 
tizimiga real vaqt rejimida yuborilishini ta’minlaydi. 
3.12. Shartnomada hisob-kitob davri uchun kо‘rsatilgan energiya miqdordan 5 foizdan ortiq 
miqdorda energiya iste’mol qilganda, Iste’molchidan shartnomada kо‘rsatilgan miqdordan ortiq iste’mol 
qilingan elektr energiyasi jami hajmi uchun belgilangan tarifning 1,15 baravari miqdorida tо‘lov 
undiriladi. 
Iste’molchining elektr energiyasi haqini tо‘lash, reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun tarifga 
ustamalar, shuningdek, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi va penya bо‘yicha 
qarzi bо‘lgan taqdirda, uning avans tо‘lovi hisobiga о‘tkazilgan mablag‘lari qarzni qoplashga yо‘naltiriladi 
va avans tо‘lovi (oldindan haq tо‘lash) sifatida hisobga olinmaydi. 
Iste’molchi shartnomada kо‘rsatilgan elektr energiyasi xajmini tо‘liq iste’mol qilmagan taqdirda, 
avans tariqasida tо‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi va elektr energiya uchun keyingi hisob-
kitoblarda hisobga olinadi. 
Hisob-kitob oyidan keyingi kalendar oy tugagach qarzdorlik tо‘lov muddati о‘tgan deb hisoblanadi 
va tо‘lov muddati о‘tgan har bir kun uchun Iste’molchiga tо‘lov muddati о‘tgan summaning 0,1 foizi 
miqdorida, elektr energiyasi maxsus tartibda yetkazib beriladigan korxonalar uchun esa 0,2 foiz miqdorida 
penya hisoblab yoziladi. Bunda penyaning umumiy miqdori, muddati о‘tgan tо‘lovning 50 foizidan 
oshmasligi lozim. 
3.13. Iste’molchi va Ta’minotchi korxona har oyda hisob-kitob davri tamom bо‘lgandan keyin besh 
kun mobaynida о‘zaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi. 
3.14. Iste’molchi quyidagi hollarda elektr tarmoqlaridan uziladi: 
hisob-kitoblar о‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi uchun 
qarzdorlik mavjud bо‘lganda; 
Ta’minotchi korxonaning qonuniy talabnomalari bajarilmaganda, shu jumladan, uning tegishli 
vakillariga hisobga olish priborlari kо‘rsatkichlarini olishga yо‘l qо‘yilmaganda; 
hisobga olish priborlarini qasddan buzganda, kо‘rsatkichlarni о‘zgartirish maqsadida ularning 
ishlashiga tashqaridan aralashish xatti-harakatlari amalga oshirilganda; 
elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani, elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj 
qilish yoki Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr 
energiyasidan foydalanish Qoidalar (keyingi о‘rinlarda Qoidalar deb ataladi)ini buzish holatlari 
aniqlanganda. 
yagona elektr energetika tizimida elektr energiya va quvvatda tanqislik vujudga kelganda, 
avariyalarga yо‘l qо‘ymaslik va iste’molchilarning tartibsiz uzib qо‘yilishini oldini olish maqsadida 
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi о‘chirish vaqtini kо‘rsatgan holda, iste’molchilardan reklamalar
illyuminatsiyalar, bino va inshootlarni yoritgichlarini, elektr isitish va issiq suv bilan ta’minlash 
qurilmalarini о‘chirib qо‘yish talabi bajarilmaganda; 
sud organlarinning qonuniy kuchga kirgan qarorlariga asosan. 
Iste’molchilar va subiste’molchilar (ijarachilar), tadbirkorlik subyektlari yoxud fuqarolar о‘rtasida 
turli xil nizoli (kelishmovchilik) holatlarda, faqatgina sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlariga asosan 
Ta’minotchi korxona elektr tarmoqdan ajratish yoki qayta ulashni amalga oshiradi.
3.15. Hisobga olinmagan energiya uchun amalga oshirilgan qayta hisob-kitob, Iste’molchini qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda Qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etmaydi. 


3.16. Ta’minotchi korxona yetkazib berilgan elektr energiya uchun qarzdor bо‘lgan Iste’molchiga 
qarzni besh kun ichida tо‘lanishi haqida xabardor qilishni ta’minlaydi (EHNATga ulangan iste’molchilar 
bundan mustasno). 
Ta’minotchi korxona Iste’molchini xabardor qilgan vaqtdan boshlab besh kun muddat о‘tgandan 
sо‘ng, Iste’molchini debitor qarzdorlik uchun tarmoqdan uzib qо‘yish va ularni qaytadan ulashni qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi. 
Qayta ulanishda Iste’molchidan tо‘lov kuni amalda bо‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining о‘n 
baravari miqdorida xaq undiriladi. Bunda, EHNATga ulangan iste’molchilar bundan mustasno, lekin 
hisoblagich va EHNAT tizimiga tashqi ta’sir kо‘rsatilgan holatlarda joyiga chiqqan holda tarmoqdan 
ajratilganda hamda dastur tomonidan tarmoqdan ajratish va ulash imkoniyati mavjud bо‘lmagan 
EHNATga ulangan Iste’molchidan ham qayta ulanish uchun tо‘lov undiriladi 
3.17. Iste’molchi elektr tarmoqlarining texnik holatini ta’minlash bо‘yicha ekspluatatsiya 
xarajatlari uchun subiste’molchilar, iste’molchi bilan subiste’molchi о‘rtasida tuzilgan alohida shartnoma 
bо‘yicha elektr energiyasining umumiy hajmidan olinadigan ulushga mutanosib ravishda haq tо‘laydi. 
Ekspluatatsiya xarajatlarini subiste’molchiga beriladigan elektr energiyasi tarifiga qо‘shishga 
ruxsat etilmaydi. 
3.18. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlari, elektr 
energiyasidan aholiga elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida foydalanuvchi idoraviy va munitsipial 
uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari, diniy tashkilotlar, shuningdek, elektr energiyasidan aholi 
ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalarga maishiy iste’molchilarga belgilangan tarif 
qо‘llaniladi. 
3.19. Elektr energiyasini hisobga olish pribor bilan birgalikda foydalaniladigan о‘lchov 
transformatorlarini boshqa joyga о‘rnatish va almashtirish Ta’minotchi korxona bilan kelishilgan holda 
amalga oshiriladi.
Iste’molchi elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmoqlariga 
о‘zboshimchalik bilan ulagan taqdirda, elektr qurilmalari elektr tarmog‘idan darhol uzib qо‘yiladi, 
iste’molchidan esa ruxsatsiz iste’mol qilingan elektr energiyasining qiymati iste’molchi rasmiy ravishda 
davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan kundan boshlab о‘tgan vaqt mobaynida (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud 
bо‘lganda) yoki da’vo muddati uchun elektr energiyasini qabul qilgich qurilmaning ulangan quvvat 
bо‘yicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi va о‘zboshimchalik bilan ulangan elektr tarmog‘i (elektr 
uzatish liniyasi va transformatorlar) uchastkasida yо‘qotilgan quvvat hisobidan undiriladi. 
Hisobga olinmagan elektr energiyasi qiymatini undirish uchun elektr energiyasidan foydalanish 
qoidalari buzilishiga yо‘l qо‘ygan iste’molchi yoki uning vakili ishtirokida yoki Iste’molchi ishtirok 
etishni rad etgan taqdirda uning ishtirokisiz belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi. 
Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasini hisobga olish priboriga zarar yetkazilgan (plombasi 
buzilsa, oynasi sinsa va boshqalar), elektr energiyasini hisobga olish priborini ulash sxemasi о‘zgartirilgan, 
hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (bо‘lmasiga) tashqaridan 
ta’sir kо‘rsatilgan, elektr energiyasini hisobga olish priboridan tashqari elektr qabul qilgichlarni ulash yoki 
energiya boshqa usulda о‘g‘irlangan hollarda, Ta’minotchi korxonaning vakolatli vakili belgilangan shakl 
bо‘yicha qoidani buzish dalolatnomasini tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida Ta’minotchi korxona 
Iste’molchini elektr tarmog‘idan uzib qо‘yadi. 
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorining qiymati Ta’minotchi korxona tomonidan ushbu 
Shartnomada kо‘rsatilgan Iste’molchining ish soatlari soni hisobga olingan holda elektr qabul 
qilgichlarning ulangan quvvati bо‘yicha quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: 
Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasini hisobga olish pribori, о‘lchov transformatorlarini 
ulash sxemalari о‘zgartirilganda, hisobga olish asbobining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish 
tugmasiga (bо‘lmasiga) tashqaridan ta’sir kо‘rsatilganda va hisobga olishni nazorat qilish asboblaridan 
tashqari elektr qabul qilgichlar kо‘z bilan aniqlab bо‘lmaydigan (aniqlash murakkab bо‘lgan) yashirin yо‘l 
bilan (yashirin elektr simlari, pereklyuchatellar montaj qilinishi va shu kabilar) ulanganda – elektr 
energiyani hisobga olishning nazorat asboblari oxirgi almashtirilgan yoki ulanish sxemalari tekshirilgan 
kundan boshlab, biroq da’vo muddatidan ortiq bо‘lmagan muddatda; 
elektr energiyasini hisobga olish priboriga Iste’molchining aybi bilan zarar yetkazilganda 
(plombasi buzilishiga yо‘l qо‘yilgan, oynasi singan va shu kabi holatlar) yoki elektr energiyasi aylanib 
chiqishda kо‘z bilan aniqlash mumkin bо‘lgan boshqa usulda о‘g‘irlangan taqdirda – oxirgi marta aylanib 


chiqilgan yoki oxirgi marta elektron tarzda kо‘rsatkichlarni olingan kundan boshlab, biroq da’vo 
muddatidan ortiq bо‘lmagan muddatda amalga oshiriladi; 
Hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymatini hisob-kitob qilishda qoida buzish 
aniqlanishidan oldingi davr uchun amaldagi tо‘lovlar hisobga olingan holda, qayta hisob-kitob amalga 
oshirilayotgan vaqtdagi tarif qо‘llaniladi. Bunda I tarif guruhidagi Iste’molchilar uchun hisobga olinmagan 
elektr energiyasi miqdorining qiymati yagona elektr energetikasi tizimining maksimal yuklanish soatlarida 
amal qiladigan tarif bо‘yicha hisob-kitob qilinadi. 
Elektr energiyasini hisobga olish Iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yetkazib berilgan 
elektr energiyasi uchun hisob-kitob Ta’minotchi korxonaning qarori bо‘yicha, hisobga olish buzilishiga 
qadar bо‘lgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi о‘rtacha 
sutkalik sarf bо‘yicha amalga oshiriladi. 
Elektr energiyaning о‘rtacha sutkalik sarfi bо‘yicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi 
kerak va shu vaqt ichida hisobga olish tiklanishi zarur. 
Agar, elektr energiyani hisobga olish priborini obyektiv sabablarga kо‘ra, kо‘rsatilgan muddatda 
(о‘lchash transformatorining, hisobga olish priborining yо‘qligi, о‘tib bо‘lmaydigan yо‘llar va shu kabilar 
tufayli) tiklash imkoniyati bо‘lmasa, iste’molchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob 
qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasining 
о‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi. 
Elektr energiyasidan foydalanishda Iste’molchi tomonidan yо‘l qо‘yilgan qoidabuzilishlar 
Ta’minotchi korxona vakili va Iste’molchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi belgilangan shakl 
bо‘yicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi Iste’molchiga beriladi va Ta’minotchi 
korxona tomonidan ushbu Qoidalarni buzgan Iste’molchi elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qо‘yiladi.
Iste’molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, qoida buzish dalolatnomasida 
iste’molchini tanishtirganlik tо‘g‘risida belgi qо‘yiladi. 
Dalolatnoma tuzilgandan sо‘ng Ta’minotchi korxona Iste’molchi ishtirokida 10 kunlik muddatda 
dalolatnomaga asosan Iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarlik bо‘yicha tegishli hisob-
kitob kо‘rib chiqiladi va uning natijasida qoidabuzarlik Iste’molchiga tо‘liq asoslantiriladi. Iste’molchi 
tomonidan Ta’minotchi korxonaga tо‘lashi lozim bо‘lgan hisob-kitobni batafsil tushuntirgan holda hisob-
kitobning bir nusxasini taqdim etishi lozim. 
Iste’molchi Ta’minotchi korxona tomonidan qо‘yilgan qoidabuzarlikka (ayblovga) va hisob-
kitobga norozi bо‘lgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli idoralarga hamda sudga murojaat qilish 
huquqiga ega.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish