Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan
islohotlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama
rivojlantirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, makroiqtisodiy barqarolikni
yanada mustahkamlash sharoitida respublikamizda davlat byudjeti va byudjet
tizimi sohasida islohotlar naqadar muhimligi hozirgi kunning talabida oʻz aksini
topmoqda. Davlat byudjetining barqarorligi iqtisodiy oʻsishning samaradorligiga,
aholi turmush darajasining ortishiga va aholini ijtimoiy himoya darajasini
belgilashi bilan muhimdir. Shunday ekan, Davlat byudjeti daromadlarining
mamlakat moliya tizimida tutgan oʻrni, ahamiyatini oʻrganib, mazkur sohada
yuzaga keladigan muammolar va ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish bugungi
kunda dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |