Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika inistituti gumanitar fanlar fakulteti


II. BOB. YURTIMIZDA PUDRAT SHARTNOMASI TURLARI VA SHARTNOMADA TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Download 64,55 Kb.
bet6/11
Sana01.06.2022
Hajmi64,55 Kb.
#626404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAVLUDA

II. BOB. YURTIMIZDA PUDRAT SHARTNOMASI TURLARI VA SHARTNOMADA TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI.
2.1.Pudrat shartnomasida taraflar va shartnomada bajariladigan ishlar.
Pudrat shartnomasida ikki taraf – pudratchi va buyurtmachi ishtirok etadi. Pudratchi – ishni bajaruvchi, buyurtmachi esa – ish bo’yicha topshiriq beruvchi hisoblanadi. Shuningdek shartnomada pudratchi tomonidan yordamchi pudratchi ishtirok etadi. Pudrat shartnomasida ham buyurtmachi ham pudratchi huquq va majburiyatlarga ega bo’lganligi sababli bir paytning o’zida har ikki taraf ham kreditor ham qarzdor sifatida majburiyat munosabatlarida qatnashadi.
Pudrat huquqiy munosabat taraflari (subyektlari) sifatida muomala layoqatiga ega fuqarolar, huquqiy holati bo’yicha o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’ladigan va ularni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lgan yuridik shaxslar va alohida tarzda o’z vakolati doirasida davlat ham ishtirok etadi. Demak, pudratchi yoki buyurtmachi bo’lib, fuqarolik huquqining subyektlari o’z layoqatlari doirasida shartnomaviy munosabatga kirishishlari mumkin. Davlat korxonalari agar ta’sis hujjatlarida belgilangan bo’lsagina pudratchi bo’lib ishtirok etishi mumkin.
Buyurtmachi. Ma’lum bir ashyoni tayyorlash, ishlab chiqarish texnikasiga oid bo’lgan mahsulot yetkazib berish shartnomasi bo’yicha olishi mumkin bo’lmagan asbob-uskunalar va shunga o’xshash mahsulotlarni yasatib olish, maishiy ehtiyoj uchun buyumlar tayyorlash, ashyolarni qayta ishlash hamda ta’mirlash, xom ashyoga qayta ishlov berish kabi bir qator topshiriqlarni beruvchi shaxs buyurtmachi hisoblanadi.
Buyurtmachi fuqaro bo’lgan taqdirda, u iste’molchi huquqlaridan foydalanadi. Agar u yakka tadbirkor yoki yuridik shaxs yoxud davlat va uning organlari bo’lsa bunday huquqdan foydalana olmaydi.
Pudrat shartnomasida agar fuqaro ish natijasidan foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan holda, shaxsiy va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun buyurtma bersa u iste’molchi maqomiga ega bo’ladi. Iste’molchi deb, bunday munosabatlarda, ish natijasidan shaxsiy, oilaviy, uy-ro’zg’or va boshqa tadbirkorlik bilan bog’liq bo’lmagan, ya’ni foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan holda foydalanayotgan jismoniy shaxs – fuqaro tushuniladi. Hozirgi kunda aholiga ishlar va xizmatlar ko’rsatish sohasi rivojlanib bormoqda. Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bo’liq munosabatlardan iste’molchi asosiy o’rinni egallaydi, chunki barcha ish va xizmat uning iste’molchisiga, ya’ni buyurtmachisiga qaratiladi. Bu munosabatlar bozorida juda shiddatli “kurash” ketadi11.
Agar buyurtmachi yakka tadbirkor yoki yuridik shaxs va davlat bo’lsa FK va amaldagi qonun hujjatlariga asosan buyurtmachi maqomini qo’lga kiritadi. Buyurtmachi ish natijasidan manfaatdor shaxs. Shu sababli ayrim hollarda o’zi topshirig’I asosida ayrim hollarda esa pudratchining kasbiy mahoratiga tayanib muayyan ishni bajarish bo’yicha topshiriq beradi.
Ko’pincha buyurtmachi mutaxasisi bo’lmaganligi sababli pudratchiga ishonch bildiradi. Buyurtmachi – iste’molchi bo’lgan hollarda ayniqsa “mutaxassis bo’lmaganlik” qoidasi ko’p qo’llaniladi. Ish natijasidan qoniqmaslik, huquq va qonuniy manfaatlarini poymol etilishi hollari “iste’molchi hamisha haq” qoidasidan kelib chiqib nizoni hal qilishga imkon yaratadi.
Davlat va uning organlari buyurtmachi bo’lgan holler ayrim alohida huquqiy tartibotni yuzaga keltiradi. Davlat o’zining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy vazifalarini hal qilish va amalga oshirish uchun muayyan ishlarga nisbatan ehtiyojlarini bozor munosabatlari qonuniyatlariga tayangan holda ma’muriy buyruqbozlikdan voz kechib, pudratchini tanlov asosida tanlab, uning imkoniyatlarini o’rgangan holda fuqarolik-huquqiy munosabatga pudratchi bilan teng huquqli taraf sifatida munosabatga kirishadi. Davlat o’z buyurtmalarini tenderlar, tanlov savdolari o’tkazish orqali pudratchilarga bermoqda. Davlatning mamlakat ichki munosabatidagi o’ziga xos ishtiroki, ilgari mavjud bo’lgan obyektlarni yangilash, ta’mirlash, kengaytirish, yangi zamonaviy binolar, inshoatlar qurish, loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish zarurati hozir ham davlat ehtiyojlari uchun buyurtmalar berish davom etayotganligini, bozor iqtisodiyoti qaror topib bo’lsada bunday davlat ehtiyojlarini muayyan pudrat ishlarini bajarish orqali qondirilishini bildiradi.
Shuningdek, Uy-joy kodeksi 137-moddasiga asosan uy-joy fondini boshqaruvchi tashkilotlar uy-joy fondini qarash va ta’mirlash, iste’molchilarni kommunal xizmatlar bilan ta’minlash yuzasidan pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar bo’yicha barcha ishlarni amalga oshirishda buyurtmachi vazifasini bajaradi. Bunday buyurtmachi tashkilotlarning huquqiy holati va vakolatlar doirasi Uy-joy kodeksining tegishli normalari bilan tartibga solinadi.

Download 64,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish