Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet32/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Ikkinchidan, mustaqillikni mustahkamlash tabiiy ravishda kadrlar siyosatida awalda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan saboq chiqarmoqni, kadrlar tayyorlash va tarbiyalashni mustaqillik ta- lablari asosida amalga oshirishni taqozo qilar edi. Chunki, musta­qillikka erishilgunga qadar kadrlar siyosatida nazariya bilan ama- liyot o‘rtasida nomutanosiblik mavjud edi. Bir tomondan rasmiy yig‘ilishlarda mahalliy kadrlar tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yilsa-da, ikkinchi tomondan, amalda uning teskarisi bo‘ldi. Mahalliy kadrlarga ishonmaslikka, ulami badnom qilishga harakat qilindi va bunga ma’lum darajada erishildi ham.
Qariyb 74 yil davomida jamiyat boshqaruvida shunday uslub qa­ror topdiki, mamlakatda siyosiy hokimiyat tepasiga yangi rahbar ke- lishi bilan o‘z faoliyatini, albatta, awalgisini tanqid qilishdan bosh- lardi. Shu asosda begunoh, halol, vijdonan mehnat qilgan, siyosat bilan shug‘ullanish uchun vaqti bo‘lmagan mehnatkash xalq aziyat chekardi. Hokimiyat tepasiga kelgan kishi xoh partiya, xoh davlat rahbari bo‘lsin, uning aytgani davlat va partiya siyosatida asosiy yo‘l-yo‘riq sifatida qabul qilinar edi. Bu oqibatida hamma daraja­da boshliq gapini asoslashga xizmat qiluvchi mafkuraning vujudga kelishiga olib keldiki, bu holat jamiyatdagi demokratik jarayonlar- ning rivojiga to‘siq bo‘ldi. Oqibatda ma’naviy qashshoqlik, ba’zan siyosiy madaniyatsizlik, hatto g‘oyaviy beburdlik yuz berdi, bir qo- lipdagi yagona mafkura hukmronligi qaror topdi. Bunday salbiy hodisa ayniqsa 50-yillaming ikkinchi yarmidan keyin an’anaga ay- lanib ketgan edi. 1956-yili KPSS XX syezdida shaxsga sig‘inish va uning salbiy oqibatlarini tugatish haqida maxsus qaror qabul qilindi. Shaxsga sig‘inishga qarshi kurasha turib, amalda shaxsga sig‘inish hollari kelib chiqdi.
1985-yili bo‘lib o‘tgan KPSSning aprel Plenumida qariyb av- valgi 30 yillik tarix «turg‘unlik yillari» deb tanqid ostiga olindi. Butun tarixiy davr ana shu tamg‘a bilan ommaviy ravishda inkor qilindi. Achinarlisi shundaki, tuzumga, markaziy boshqaruvga xos bo‘lgan mana shunday noxush hoi 0‘zbekiston hayotida ham tak- rorlana boshlandi. Masalan, 0‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining XVI Plenumida (1984-yil 24-iyul) respublikaning so- biq birinchi kotibi Sh. Rashidov asossiz tarzda tanqid ostiga olindi. Bunday nomaqbul ish uslubi quyi bo‘g‘in idoralarida ham yuz berdi.
Joylarda yuz bergan mana shunday bir-birini noxolis tarzda inkor qilish oqibatida siyosat davomiylikning buzilishiga olib kel- di. Hamma darajada birinchi shaxs faoliyatini tanqid qilish orqali mehnatkash xalqning vijdonan, halol mehnati inkor qilindi. Muhimi kadrlar qo‘nimsizligini vujudga keltirdi. Bu mutlaqo noto‘g‘ri yo‘l edi.
Awalgi yillarda kadrlar siyosatida yo‘l qo‘yilgan ikkinchi xa- tolik kadrlaming nazariy tayyorgarligi, ularning ma’naviy-axloqiy fazilatlariga yetarli e’tibor berilmaganlikda ko‘rindi. Bu partiya tash- kilotlari faoliyatida juda jiddiy qusurga aylanib ketgan edi. Kadr tanlashda xodimning odamlar bilan ishlash qobiliyati, kasb mahorati emas, ko‘proq shaxsiy sadoqati birinchi o‘ringa qo‘yildi. Natijada rahbarlaming zamonaviy bilim saviyasi, siyosiy yetukligi, ma’naviy barkamolligi, odamlami ishontirish va ergashtira olish fazilatlari e’tibordan chetga surilgan edi.
Uchinchidan, shuni ham ta’kidlash kerakki, kadrlar siyosati­da 1970-80-yillarda bir-biriga qarama-qarshi ikki tendensiya namo- yon bo‘ldi. Bir tomondan kadrlar korpusida turg‘unlik holati an- cha kuchli namoyon bo‘ldi. Bir qancha partiya komitetlari tarkibiga, respublika ministrliklari rahbariyatida, sho‘ro va xo‘jalik organlari xodimlari orasida ba’zida o‘n yillab zarur kadrlar o‘zgarishi ro‘y bermadi. Masalan, 0‘zbekistonda 10-15 yillab viloyatlaming birin­chi rahbarligi lavozimida ishlagan kishilar bo‘ldi. Faqat bu hoi res­publika viloyat va tuman darajasida emas, korxona va xo‘jalik rah- barligida ham yuz berdiki, oqibatda bunday sun’iy turg‘unlik xizmat mansabini suiiste’mol qilishlarga olib keldi. Bundan tashqari, xalq xo‘jaligi boshlang‘ich darajasida yana noxush hoi, rahbar kadrlarni tez-tez almashtirish uchray boshladi. Kadrlar bilan jonli ish olib bo- rish o‘miga, ularning professional o‘sishida amaliy yordam berish o‘miga, faoliyatlari va imkoniyatlari to‘g‘risida shoshmashosharlik bilan xulosalar chiqarildi.
Kadrlar siyosatidagi yana bir jiddiy kamchilik - rahbarlikning barcha darajalarida kadrlarda markaz buyrug‘iga so‘zsiz itoat qi­lish tuyg‘usi tarbiyalandi. Xavfli kasallikka aylangan bunday ho- lat, xususan, 80-yillar boshiga kelganda g‘oyat kuchaydi. Bu davr- da markazdan bo‘lgan har bir qo‘ng‘iroq, markazning «otalarcha g‘amxo‘rliklari», «amaliy yordami» sifatida qabul qilinadigan, ayni chog‘da markazdan bo‘lgan asossiz ko‘rsatmalar esa so‘zsiz bajari- ladigan holat vujudga keldi.To‘rtinchidan, kadrlar siyosatidagi jiddiy xatolik markaz to- monidan milliy respublikalarga, jumladan 0‘zbekistonga mahalliy sharoitni bilmagan kadrlaming yuborilishi bo‘ldi. Masalan, 1988-yil boshlariga kelib 0‘zbekistonga Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa mintaqalaridan 400 dan ortiq kishi partiya, kasaba uyushmasi va komsomol tashkilotlarida, shuningdek, ma’muriy organlarda ish- lash uchun yuborildi. Natijada mahalliy xalq hayoti bilan, mahalliy kadrlami ishchanlik qobiliyati, tashkilotchiligi, bilim darajasi, odam­lar bilan ishlash malakasi bilan mutlaqo tanish bo‘lmagan kishilar ko‘payib ketdi. Ular respublikada aholi milliy ongini o‘stirishga oid har bir chiqishni millatchilik, deb qabul qildilar. Bu oxir-oqibat yo- mon ahvolga olib keldi.
Endilikda, aniqrog‘i mamlakat mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin, 0‘zbekistonda qurilajak huquqiy demokratik dav­lat, adolatli, insonparvar jamiyat talablariga mos kadrlar siyosati ish- lab chiqilishi lozim edi. 0‘zbekiston Prezidenti o‘z harakat Dastu- rida hozirgi zamon kadrlar siyosatidagi asosiy yo‘nalishni belgilab, «biz endi o‘z-o‘zini boshqaruv usulini keng joriy qilamiz. Mahal­la, qishloqqacha o‘zini o‘zi boshqarishi, mustaqil bo‘lishi zarur. Bu beboshlik, bo‘ysunmaslik degani emas. Bunda har qanday rahbar... xalq oldida, yurt oldida mas’ul va javobgardir, degan qoidadan kelib chiqishi shart», - deb uqtirdi. Bunday ko‘rsatma respublikada amalga oshiriladigan kadrlar siyosati uchun asos qilib olindi, qator chora-tadbirlar ko‘rildi.
Mamlakatda eng awalo, quyi boshqaruv organlari kadrlari- ni davr talabiga mos darajada mustahkamlashga kirishildi. Chunki 1980-yillar oxirlarida sobiq markazning safsata aralash ko‘rsatmalari va tavsiyalari bilan boshqaruv tizimida boshboshdoqlik yuzaga kel- gan edi. 0‘shanda ko‘p yillik partiya hukmronligi yoniga sho‘rolar, ya’ni Kengashlar hukmronligi qo‘shildi. Ular esa ayni paytda xalq deputatlari ijroiya qo‘mitalari vazifasini ham bajara boshladi. Shu bilan birga, hokimiyat tarkibida ijroiya qo‘mitalar ham saqlab qo- lindi. Natijada qo‘sh hokimiyatchilik yuzaga keldi. Bu ma’lum da­rajada bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida boshqaruvda bir-birini takrorlash, ayni chog‘da bir-biriga xalaqit berish kabi illatlami kel- tirib chiqardi. Boshqacha qilib aytganda joylarda boshqamvchi ko‘p bo‘lib, javobgar shaxs, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladigan rahbar kadr topilmay qoldi.
Bu hoi tabiiy ravishda joylarda hokimlik boshqamvini tash­kil qilishni talab qila boshladi. Shuning uchun 1994-yil 4-yanvar 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi to‘qqizinchi sessiyasida «0‘zbekiston respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi.
Oliy Kengash «Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati bilan:

  1. 0‘zbekiston Respublikasining viloyatlari, tumanlari va sha- harlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya-boshqamv hokimiyati­ga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimi ta’sis etilsin:

  2. Belgilab qo‘yilsinki:

  • viloyatlaming hokimlari, 0‘zbekiston Respublikasining Pre- zidentiga va Xalq deputatlari tegishli kengashlariga hisob beradi- lar. Prezidentning joylardagi rasmiy vakillari bo‘ladilar. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar va lavozimidan ozod qilinadilar. Hamda shundan so‘ng tegishli xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar;

  • tumanlar va shaharlaming (Toshkent shahri bundan mustasno) hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanib, xalq depu­tatlari tegishli tuman, shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadilar», - degan mazmunda qaror qabul qildi.

Shuningdek, ushbu hujjatda hokimlar boshchiligida xalq depu­tatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlari mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalami umumdavlat manfaatlariga mos tarzda, Kengash hududida yashayotgan fuqarolarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal qiladilar. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari- ni, yuqori davlat idoralarining qarorlarini amalga oshiradilar, - deyi- ladi.
Shundan keyin, qonun talablari asosida joylarda viloyat, shahar va tuman hokimlarini tanlash, tayinlash ishini amalga oshirish uchun tashkilotchilik ishlari amalga oshirildi. Awalo bo‘lajak yangi ho- kimlaming bilim darajasi, tashkilotchilik va tadbirkorlik fazilatlari, xalq ichida obro‘-e’tiborga ega bo‘lish, ishni uddaburonlik bilan olib borish fazilatlari hisobga olindi. Shu ma’noda Prezident devoni, Va­zirlar Mahkamasining mas’ul xodimlari, viloyatlarda, shahar va tu- manlarda deputatlar va mahalliy faollar bilan jonli, oshkora suhbat, maslahatlashuv olib bordilar.

Hokimlaming ko‘pchiligi rahbarlik ishida va katta hayot tajri- basiga ega kishilami tashkil qilar edi. Ayni paytda hokimlar safiga yangi kuchlar ham kelib qo‘shildi. Masalan, 50 dan ortiq hokimlar birinchi marta tuman va shahar rahbarligiga kelgan kishilar edilar. Ular respublikada yashovchi turli millatlaming vakillari edi. Jumla­dan 7 millat vakili hokim - ya’ni birinchi rahbar qilib tasdiqlandi.Yangi sharoitda rahbarlik lavozimlariga ko‘plab yangi, yosh kadrlar qo‘shildi. Bu hoi mustaqillik sharoitida rahbarlikning yangicha ish uslubini ularga o‘rgatishni taqozo qila boshladi. Shu maqsadda 1992-yil 3-aprelda Toshkentda viloyat, shahar va tuman hokimlari bilan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov- ning birinchi uchrashuvi bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrdagi dastlabki yutuqlar, kadrlar siyosatining shakllanishi va uning strategiyasi atroflicha tahlil qi- lindi. Mavjud kamchiliklar va galdagi vazifalar ко‘rib chiqildi. Chunki, ayrim joylarda awalgi partiya va sovet tashkilotlaridagi eskicha uslubdan hamon voz kechilmagan edi. Masalan, fuqarolar bilan ishlash, ularning talab va istaklarini qondirish borasida joy­larda jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotgani uchrashuvda tashvish bilan qayd qilindi. Masalan, 1992-yilning yanvar - mart oylarida mamlakat Prezidenti qabuliga 5000 ga yaqin kishi murojaat qil- gani, bu awalgi yilga nisbatan ancha ko‘p ekanligi aytildi. Eng ko‘p shikoyat va arizalar bilan murojaat qiluvchilar Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari fuqarolari edi. Xatlar mazmunini o‘rganish Prezidentning nomiga kelgan umumiy shikoyat va arizalarining 80 foizini joylaming o‘zida hal qilish mumkinligini ko‘rsatdi.
Masalan, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidan yo‘llangan xatda bir guruh o‘qituvchilar 1989-yildan buyon yer uchastkasi oli- sholmayotganligi haqida Prezidentga shikoyat qilingan. Bu masala tuman va viloyat rahbarlari huzurida hal bo‘lmagan. Oqibatda Pre­zident devoni aralashuvi bilan masala ijobiy hal qilindi. Ikkinchi ja- hon urushining nogironi farg‘onalik M.Yo‘ldoshev uy-joy sharoitini yaxshilash yuzasidan 1991-yil oxirida Prezidentga xat bilan muro­jaat qiladi. Biroq, Farg‘ona viloyati ijroiya qo‘mitasi bu masalaga mas’uliyatsizlik bilan qarab «arizachining urush nogironi ekanligini inobatga olib tegishli hujjatlar bilan yashash joyidan imtiyozli nav- batga olinishi taklif qilindi», degan mazmunda javob xati yo‘llagan. Vaholanki, M.Yo‘ldoshev 1988-yildan buyon imtiyozli navbatda tur- gan. Ushbu ikki misol jamiyatda tub yangilanish jarayoni boshlan- ganiga qaramasdan, joylardagi hokimliklarda fuqarolarning talab va ehtiyojlariga e’tiborsizlik bilan qaralayotganini ko‘rsatadi. Boshqa­ruv shakli o‘zgarsa-da, eski uslub o‘zgarmagani, bu natijada mahal­liy hokimiyat tasarrufiga tegishli bo‘lgan ko‘pdan ko‘p masalalar idorama-idora o‘tib yurishiga olib kelmoqda edi. Bunday uslubdan yangi sharoitda mutlaqo voz kechish yangi jamiyatning qat’iy talabi ekanligi ko‘rsatib o‘tildi

.Uchrashuvda Prezident I. Karimov qanday tamoyillar va talablar asosida kadrlar tanlash lozimligi haqida fikr yuritib, quyidagi holat- larga alohida urg‘u berdi:

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish