Uchinchi kitob


«Onnuri» nohukumat jamg‘armasi (Koreya Respublikasi) raisi Pak Yong Sunning



Download 57,25 Mb.
bet43/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

«Onnuri» nohukumat jamg‘armasi (Koreya Respublikasi) raisi Pak Yong Sunning fikricha, yangi qonun 0‘zbekiston rah- bariyatining demokratik qadriyatlarga sodiqligini yana bir bor tas- diqlaydi: «Nohukumat tashkilotlari faoliyatining subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar vositasida har tomonlama qo‘llab-quwatlanishi davlat tomonidan bu tuzilmalaming bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlashdagi juda muhim omilidir. Bu esa ularga o‘zlari belgi- lagan maqsadlarga bevosita e’tibor qaratish va yordamga muhtoj bo‘lganlarga ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi. 0‘zbekistonda «Ijtimoiy himoya yili», deb e’lon qilingan 2007 yilda esa bu ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega».
Ma’lumki, demokratik tartibot siyosiy hokimiyatni amalga oshi- rishning keng tarqalgan zamonaviy shaklidir. Unda demokratik insti- tutlar, siyosiy erkinliklar bo‘lishiga, mehnatkashlaming turli tashki- lotlar atrofida birlashishiga imkon beriladi.
Shuning uchun ham 0‘zbekiston Parlamenti fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida mamlakatda awalo ko‘ppartiyaviylik, oshkoralikni fuqarolarning jamoat tashkilotlari orqali huquqlarini ta’minlashga qaratilgan muhim qonunlar qabul qildi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida» (1991-yil 14-iyun), «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida» (1991-yil 15-fevral), «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» (1991-yil 14-iyun), «Kasa- ba uyushmalari» ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risida» (1992-yil 2-iyul) qonunlari ana shular jumlasidandir.
Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda bo‘lgan VII sessiyasida «Si­yosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonun umumxalq muhokamasidan so‘ng qabul qilindi. Jumladan, qonunda: «Siyosiy partiya - qarash- lari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, ja­miyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi 0‘zbekiston fuqarolarining ko‘ngilli birlashmasidir», - deyiladi.
Bugungi kunda respublikada aholining turli toifalarini birlashtir- gan 5 ta siyosiy partiya va «Xalq birligi» (1995) jamoatchilik hara- kati faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP)
0‘zbekiston mustaqilligi yillarida shakllandi. Bu partiya 1991-yil

  1. noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzilgan. XDP 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1991 yil 15 no- yabrda ro‘yxatga olingan.

Partiya mamlakatda adolatli jamiyat qurish, uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, 0‘zbekiston xalqla­ri o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir mehnatkashning moddiy va ma’naviy turmushini yaxshilash, fuqarolaming teng konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
0‘zbekiston XDPsining oliy organi - qurultoy 5 yilda bir marta chaqiriladi. Unda partiyaning rahbar organlari saylanadi.
0‘zbekiston XDP parlament partiyasidir. 0‘z a’zolaridan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar paytida nomzod- lar ko‘rsatib davlat hokimiyati organlarining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etadi. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan partiyaning 69 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olindi.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari 0‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 48 nafari Xalq Demokratik parti- yasiga mansub a’zolardir.
Hozirda 0‘zbekiston XDPsi tarkibida 218 viloyat, shahar va tu- man kengashlari, 13 ming 665 boshlang‘ich, jumladan, 3952 hudu­diy tashkilotlar ish olib bormoqda. Uning 420 mingga yaqin a’zosi bor.
0‘zbekiston XDPsining «0‘zbekiston ovozi», «Голос Узбе­кистана» gazetalari nashr etilmoqda.
XDP V qurultoyi qarori bilan 2006-yil yanvar-iyun oylarida partiya a’zolari qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. 2007-yil 1 yanvariga ko‘ra uning safida 344 mingga yaqin a’zo bor. Ayni paytda XDPning barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar tashkilotlari mavjud. Ular tarkibida jami 11576 ta boshlang‘ich par­tiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda.
0‘zbekiston istiqloli yillarida siyosiy kuch sifatida shakl- langan partiyalardan yana biri «Vatan taraqqiyoti» (УТР) parti­yasidir. U 1992-yil 24-mayda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qu­rultoyida tuzilgan. Ushbu qumltoyda uning Dasturi, Nizomi qabul qilinib, 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1992-yil 10-iyulda ro‘yxatga olgan.
Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil 0‘zbekiston Respublikasi- da yashayotgan barcha millat va elatlaming umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya prinsipla- riga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli fuqarolik jamiyatini qurishdir. Partiya o‘z faoliyatini 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, o‘z Nizomi va respublikaning bosh­qa amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshiradi. Partiya faoliyati o‘z-o‘zini boshqarish, oshkoralik, qonuniylik, xayrixohlik, partiya hayotida faol qatnashish, partiya a’zolarining teng huquqlilik tamo- yillariga asoslanadi.
Uning ijtimoiy qatlami ziyolilar, tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlar o‘rta tabaqa mulkdorlardir. Partiyaning oliy organi Qurul- toy, quyi organi esa boshlang‘ich partiya tashkiloti yig‘ilishi.
Partiya o‘zining a’zolarini Oliy Majlisga, mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida nomzod etib ko‘rsatadi va davlat hoki­miyati organining faoliyatida ishtirok etadi.

  1. yil 24-fevralda bo‘lib o‘tgan 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida partiyaning 14 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olindi. Partiya fraksiya- si partiya Markaziy Kengashi Plenumlari, Qurultoylari qarorlariga amal qiladi, ular oldida o‘z ishi yuzasidan belgilangan tartibda hisob beradi.

Boshqa siyosiy partiyalaming fraksiyalari bilan 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmagan masala- lar yuzasidan hamkorlikda ish olib boradi.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 20 nafari «Vatan taraqqiyoti» par- tiyasiga mansub a’zolardir.
0‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi (SDP)

  1. yil 18-fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta’sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilin­gan. 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda ro‘yxatga olgan.

Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil 0‘zbekiston Respublika- sida barcha millat va elatlaming umumiy manfaatiga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yetuk, demokratiya tamoyil- lariga asoslangan adolatli, fuqarolik jamiyat qurishda faol ishtirok etish.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan ushbu partiyaning 47 kishidan iborat Oliy Majlis depu­tatlari fraksiyasi ro‘yxatga olindi. Partiya fraksiyasi «Adolat» SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular ol- dida o‘z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. Bosh­qa siyosiy partiyalaming fraksiyalari bilan 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamkorlik qilishlari mumkin.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 11 nafari «Adolat» sotsial- demokratik partiyasiga mansub a’zolardir.
0‘zbekiston «Adolat» SDPsi safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda.

  1. yil 1-yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra uni a’zolari 50 ming nafardan oshgan. 170 dan ortiq tuman va shaharlar- da 3120 ta boshlang‘ich tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda partiyaning 2 vakili senator, 10 ta vakili qonunchi­lik palatasi deputati, 172 ta vakili esa mahalliy kengashlar deputati- dir.
0‘zbekistonda shakllangan yosh partiyalardan biri - 0‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu qurultoyda partiya Dasturi va Nizomi qabul qilingan. 0‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 9-iyunda ro‘yxatga olgan.
Partiyaning bosh maqsadi milliy manfaatlar milliy yakdillikni ta’minlash, huquqiy davlatni barpo etish va 0‘zbekistonni jahonning yetakchi davlatlari safiga olib kirish uchun xalqni safarbar qilish. MTDP millatning o‘z-o‘zini anglashi, fuqarolarda Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini to‘la shakllantirish, bozor munosabatlari­ga asoslangan yangi jamiyat qurish, milliy tiklanish yo‘lidan rivoj- lanishga erishish, milliy meros va an’analami ro‘yobga chiqarish, millatni ilmiy, texnikaviy salohiyatini yuksaltirish va demokratik ja­miyat qurish uchun kurashadi.

  1. yil 5 va 19-dekabr kunlari 0‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 10 nafari Milliy tiklanish demok­ratik partiyasiga mansub a’zolardir.

0‘zbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qu- rultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylandi. Hozirda joylarda partiya tashkilotlari va bo‘g‘inlari ish olib bormoqda. Uning 6 mingga yaqin a’zosi bor. 0‘zbekiston MTDPsining «Milliy tiklanish» haftalik ga- zetasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘ziga xos alohida nufuz- ga va betakror mavqega ega bo‘lgan partiyalardan biri Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidir. U mazkur partiyaning 1998-yil 28- dekabrda bo‘lib o‘tgan 1-ta’sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurul- toyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilingan. Unga 0‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan siyosiy partiya sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida 1999-yil 4-yanvar kuni 354-raqamli guvohnoma berilgan. «Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishidan bosh maqsad - deb ta’kidlanadi partiya Nizomi- da -
Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish