Janubiy Amerika xalqlari
|
G‘arbiy yarimsharning janubiy qismidagi materik, Amerika qit‘asining janubiy yarmi hisoblanadi. . Janubiy Amerika tarkibiga Shamolsiz orollar, Trinidad orol, Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos orollari kiradi.
Maydoni 17,8 mln km² orollar bilan birga hisoblaganda esa 18,28 mln km²
Aholisi 420 mln
Aholi zichligi 21,4/km 12 ta davlat Tillar: ispancha, portugalcha, fransuzcha, nemischa va boshqa asosiy tillar
|
Janubiy Amerika aholisining ko‘pchiligi, asosan, portugal va ispan tillarida gaplashadi. Lekin yirik mahalliy xalq (kechua, aymara va asteklar) o‘z ona tillarini saqlab kelmoqdalar. Afrikadan keltirilgan negr avlodlari o‘z ona tilini saqlamagan. Olimlar Amerika aholisini til jihatdan 2 ta guruhga bo‘ladilar: 1. Hind-yevropa tillari (ingliz, ispan, fransuz, portugal) 2. Mahalliy indeys tillari (mayya, astek, aymara, guarani, penuti, chibcha va hokazo.
Janubiy Amerikadagi And tog'larining hozirgi Kolumbiya, ekvador, Peru, Boliviya, Shimoliy Chilida, ya'ni juda katta hududda kechua til oilasiga mansub turli elat va qabilaiardan tashkil topgan Ink davlati bo'lgan. Bu erda I ming yillikda kechua va aymara tillaridagi ko'plab mayda qabilalar yashaganJanubiy Amerikaning shimoli-sharqiy va markaziy qismlarida nmstamlaka arafasida aravak, tupi-guarani va karib til oilasiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular nihoyatda qoloq ibtidoiy jamiyat darajasida turgan o'troq elatlardir
|
Antropologik jihatdan Janubiy Amerika aholisi har xil: unga yevropoid, mongoloid, ekvatorial (negravstroloid) irqlar aralashib ketgan. Kreol, metis, mulat va sambo aholi guruhlari paydo bo‘lgan. Janubiy Amerika aholisini tarqalishiga ko‘ra shartli ravishda 3 ga bo‘lish mumkin: 1. Boliviya, Paragvay va Chilida-- metis, indeys
2. Urugvay, Argentina -- asosan yevropaliklar
3. Braziliya, Venesuela va Ekvadorda negrlar ham yashaydi.
|
Amerika yevropaliklarga ma‘lum bo‘lgunga qadar Janubiy Amerika aholisi indeys qabilalari va xalqlaridan iborat edi. Ular bundan 17-20 ming yil muqaddam Osiyodan Bering bo‘g‘ozi, Shimoliy Amerika orqali kirib kelgan. Janubiy Amerikaga yevropaliklar kirib kelgach, mahalliy aholining ko‘pchiligi yuqumli kasalliklar, eksplutatsiya tufayli qirilib ketgan. Janubiy Amerikaning hozirgi axolisi Yevropadan koʻchib borganlarning avlodlari va metislardan (Afrikadan keltirilgan qullar bilan mahalliy indeyslarning aralashuvidan) tashkil topgan.
. Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy va markaziy qismlarida nmstamlaka arafasida aravak, tupi-guarani va karib til oilasiga mansub turli qabilalar yashagan. Ular nihoyatda qoloq ibtidoiy jamiyat darajasida turgan o'troq elatlardir. Asosiy kasbi tropik dehqonchilik bo'lib, mayda butazorlarni toshboltalar bilan qirqib kuydirganlar, kul aralash tuproqqa yog'och tayoq bilan kavlab makka, batata, lobiyo, tamaki va paxta ekkanlar. Amazonka va Orinoka daryolarining tropik o'rmonlarida ov qilganlar, daryo va ko'llarda baliq tutganlar. . Janubiy Amerikaning janubidagi keng dasht hududlarida qadimdan Patagoniya bepoyon tekisliklarini pampa deb ataydilar. Bu hududda har xil tilda gapiradigan ovchi qabilalar (asosan, chon, araukan, texuelyache) yashagan. O'tgan asrning boshlarida bir necha o'n araukan va puelche vakillari qolgan, xolos. XIX asrning o'rtalarigacha Olovli Yer arxipelagida o'na, alakuluf va yamana nomli qabilalar ibtidoiy turrnush tarzini saqlab qolganlar.
|