Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hovlisi, foye va bino yo‘laklarini bezatish hamda obodonlashtirishning namunaviy talablari bo‘yicha
TAVSIYALAR
Umumta’lim maktablarining hududiga kirish qismida, ya’ni maktab darvozasining ikki tomoniga muassasa peshtaxtasi o‘rnatiladi. Mazkur peshtaxta darvozaning chap tomonida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida davlat tilida, o‘ng tomonida esa ingliz tilida (ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarda tegishli tillarda) yozilgan holatda bo‘lishi tavsiya etiladi. Kirish darvozasining peshtoqiga katta harflar bilan maktabning raqami (masalan: 329-sonli umumta’lim maktabi) yozib qo‘yilishi mumkin.
Ta’lim muassasasining hududini obodonlashtirish ishlarini reja va landshaft dizayni asosida muntazam ravishda olib borish tavsiya etiladi.
Maktab hududi o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida alohida maydonlarga bo‘lingan holda o‘rta va yuqori sinflarga biriktiriladi hamda sinflar raqami ko‘rsatilgan belgilar (tablichkalar) o‘rnatiladi. Bunda, maktabning yon tomonlari hududini 9-11-sinflarga, orqa hududini
6-8-sinflarga biriktirish maqsadga muvofiq (umumta’lim maktabi hududining old qismini obodonlashtirish hamda landshaft dizayni bilan bog‘liq ishlarga maktab o‘quvchilarini jalb qilish mumkin emas).
Ta’lim muassasasiga kirish darvozasidan binogacha bo‘lgan yo‘laklar atrofiga mahalliy iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda daraxtlar hamda gul
va rayhon ko‘chatlari landshaft dizayni asosida tartib bilan sug‘orish tizimini ko‘zda tutgan holda ekilishi lozim.
Maktab binosining:
yon tomonlariga – hududning xususiyatidan kelib chiqib, mevali
va manzarali daraxtlar, mavsumiy va ko‘p yillik gul ko‘chatlarini ekish;
orqa tomoniga – igna bargli va mevali daraxtlarni ekish tavsiya etiladi.
Maktab binosiga kirish qismida saflanishlar maydonchasining burchagiga tadbirlarda foydalanish uchun bayroq ko‘tarish moslamasi (flagshtok) o‘rnatiladi va davlat bayramlari hamda ta’lim muassasasida tashkil etiladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i flagshtokka ilinadi.
Maktab hovlisi va binoning fasad qismiga har qanday shiorlar, targ‘ibot bannerlarini joylashtirish tavsiya etilmaydi.
Ta’lim muassasasi foyesiga kirish qismining o‘ng tomon devoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning portreti hamda Prezidentning yoshlar ta’lim va tarbiyasiga oid hamda maktab to‘g‘risidagi fikrlarini iqtibos ko‘rinishida joylashtirish tavsiya etiladi1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning quyidagi fikrlaridan biri iqtibos ko‘rinishida joylashtirilishi mumkin:
1. “Yoshlarimizning tarbiyasi qanchalik mukammal bo‘lsa, xalq shuncha yaxshi yashaydi”;
2. “Ilm va izlanish bo‘lmagan joyda hech qanday rivojlanish, yuksalish
va umuman, biror-bir sohaning kelajagi bo‘lmaydi”;
3. “O‘zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak,
ilm-ma’rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz”;
4. “Zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan yoshlarimiz bizning baxtimizdir”;
5. “Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir”;
6. “Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”;
7. “Bizning asosiy maqsadimiz - yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdan iborat”;
8. “Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra jamiyatda ta’limning nufuzini oshirish va yoshlarning kamolotga intilishini rag’batlantirish - bu barqaror
va izchil taraqqiyotga erishish kafolatidir”;
Do'stlaringiz bilan baham: |