REJA: - REJA:
-
- KIRISH
-
- Korxonaning tarixi.
- Korxonaning boshqaruv strukturasi.
- Korxonaning ishchilar bilan ta`minlanganligi.
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH - KIRISH
- Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ko`lamini kengaytirish muhim rol o`ynadi. So`nggi 3 yilda mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ikki barobar ortdi. 2013 yilda 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1140 ta loyiha amalga oshirildi. 2013 yilda eksport va importni ijobiy saldosi 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Oltin zahira fondi 2 foizga o`sdi.
- GM-Uzbekiston yopiq aktsiyadorlik jamiyatida 2013 yilda johon andozalariga mos jami 246641 ta avtomobil` ishlab chiqarildi ( O`zbekiston ovozi 9.01.2014 y). Mahsulotning 157751 tasi o`zimizda qoldirildi. 90795 tasi eksport qilindi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog`iston, Ozarbayjon, Armaniston davlatlarida ham O`zbekiston avtomobillarining xaridorlari ko`paymoqda.
- Neksiya, Matiz, Lasetti, Kobal`t ham xaridorlar e`tiborini qozondi. 2014 yilda GM-Uzbekistonda texnologik modernizatsiya tadbirlari yanada jadal davom ettiriladi. Chunonchi Chevrolet Orlando avtomobili ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 7 kishiga mo`ljallangan yangi rusumdagi bu avtomobil` ham tazda xaridorlarini topishi shubhasiz.
- Mamlakatimiz 2013 yilda yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o`sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo`jaligi- 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi -14,8 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi 6,8 foizni tashkil etdi.
- KORXONA TARIXI
- “Uz – Tong Hong Co” qo`shma korxonasi avtomabillarga o`rindiqlar ishlab chiqaradi. Korxona 1995 - yil 30 - mayda Janubiy Koreyaning “TONG HEUNG ELECTRIK Co” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. 1997 – yil Iyun oyida korxona o`zining birinchi mahsulotini ishlab chiqardi. Hozirgi kunda avtomabil` o`rindiqlari Janubiy Koreyaning “KM&I Co Ltd” va “Uzavtosanoat” AK hamkorligida ishlab chiqarilmoqda. “Uz – Tong Hong Co” korxonasi yiliga 220000 komplekt avtomabil o`rindiqlarini ishlab chiqara oladi. Bu ko`rsatkich 2013- yilda 12% yuqorilab yillik 250000 komlektga yetkazildi. Hozirgi kunda korxona tomonidan avtomabil` o`rindiqlaridan tashqari yumshoq stullar, elektr adyollar, sport oyoq kiyimlari, futbol, valeybol, basketbol, va tennis to`plari, ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan. 2015 – yilda korxona Andijon viloyati Baliqchi tumanida o`z filialini ishga tushirdi filial asosan sport kiyimlar va sport toplarini ishlab chiqaradi.
- Korxonaning xamkorlariga to`xtaladigan bo`lsak asosiy hamkor bu “GM Uzbekistan” korxonaning asosiy istemolchisi xisoblanadi. Mahsulot yetkazib beruvchi tashqi hamkorlar ham mavjud bular;
Do'stlaringiz bilan baham: |