1.1 O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad- organizm fiziologik tizimlarining faoliyat ko’rsatish qoidalarini o’rganishdan, sog’liqni tashxis qilishning ilmiy metodologik asoslarini shakllantirishdan, hamda odam funktsional faolligini oldindan aytib berishdan, klinik fanlarni o’rganishda ahamiyatga ega bo’lgan amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishdan iboratdir.
Fanning vazifalari:
- sog’lom organizm funktsional tizimlar nazariyasi nuqtai nazaridan faoliyat ko’rsatish qonuniyatlarini va sog’liqni ta'minlash mexanizmlarini bilish;
- organizm ichki muhiti asosiy fiziologik ko’rsatgichlarini va ularni laborator-instrumental tekshirish usullarini o’zlashtirish;
- amaliy tibbiyotda keng qo’llanuvchi, sog’lom odam organizmi turli funktsiyalarini o’rganish usullari mohiyatini o’zlashtirish;
- tashqi muhit turli omillarining ta'siri sharoitida umumiy, xususiy fiziologiyani va odam integrativ xulq-atvorini fiziologik asoslarini o’zlashtirish;
- bo’lajak mutaxassisda organizmning normadagi holatini ob'ektiv baholashga asoslangan klinik fikrlashni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |