O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI
PSIXOLOGIYA VA SOTSIOLOGIYA KAFEDRASI
Qo`lyozma huquqida
UDK
Nazarov Akmal Mardonovich
MAVZU: OILAVIY TADBIRKORLIK − OILANI
MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY−PSIXOLOGIK
MEZONI SIFATIDA
5A 210201 - Psixologiya (faoliyat turlari bo`yicha)
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: psixologiya fanlari nomzodi,
dotsent U.D.Qodirov
Buxoro-2014
MAVZU: OILAVIY TADBIRKORLIK− OILANI
MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY − PSIXOLOGIK MEZONI
SIFATIDA
REJA:
KIRISH
I BOB. TADBIRKORLIK IJTIMOIY−IQTISODIY VA PSIXOLOGIK
FENOMEN SIFATIDA
1.1.Tadbirkorlik faoliyatiga oid ijtimoiy – psixologik nazariyalar va ularning
tahlili
1.2.
Oilaning mustahkamligini ta`minlashda o
ilaviy tadbirkorlikning
o`rni va
ahamiyati
II BOB. OILAVIY TADBIRKORLIK – OILADA IJTIMOIY−
IQTISODIY VA RUHIY BARQARORLIKNI TA`MINLASH OMILI
SIFATI
2.1.Tadbirkorlik faoliyatining oilaviy shakli va uning ijtimoiy – psixologik
ahamiyati
2.2.Oilaviy tadbirkorlikning turlari va ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi
o`rni
2.3. Oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy shakli va huquqiy asoslari
III
BOB.
TADBIRKOR
FAOLIYATINING
PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARINI
O`RGANISH
USULLARI
VA
TADQIQOT
NATIJALARI
3.1. Yoshlarning tadbirkorlik qobiliyatlarini diagnostika qilish usullari
3.2. Tadbirkor faoliyatining psixologik xususiyatlarini o`rganishga doir olib
borilgan tadqiqot natijalari tahlili
XULOSA
AMALIY TAVSIYALAR
ADABIYOTLAR RO`YXATI
ILOVALAR
KIRISH
Oila inson uchun muqaddas maskan. U kishilik jamiyatining ijtimoiy
poydevoridir. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini ta`minlovchi, milliy
qadriyatlarni rivojlantiruvchi, avlodlar umr zanjirini mustahkamlovchi, jamiyat va
ijtimoiy muhitdagi muvozanatni ta`minlovchi, ayniqsa, jismonan, ruhan, axloqan
ma`naviy barkamol avlodni dunyoga keltirib, uni komil inson qilib tarbiyalovchi
muqaddas dargohdir. Kishilik jamiyatining asosi bo`lgan oila institutini
shakllanishiga va rivojlanishiga, jismonan sog`lom, ma`naviy yetuk, har
tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirishga
hukumatimiz tomonidan katta e`tibor qaratilmoqda. Jannatmakon o`lkamizda ham
bu sohaga, ya`ni oilaning har tomonlama mustahkam bo`lishiga, uning
shakllanishiga, ravnaq topishiga katta e`tibor berilmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning pirovard
natijasi oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgandir. O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimov boshchiligida hukumatimizning oila mustahkamligini
ta`minlash, uning ijtimoiy vazifalarini amalga oshirish imkoniyatlarini
kengaytirish, ayniqsa, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda
yosh oilalarning moddiy, uy-joy, maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash borasidagi
aniq dasturiy tadbirlari mamlakatimizda oila va oilaviy munosabatlarning qadriyat
sifatida e`tirof etilishini ta`minlamoqda.
2013-yil 6-dekabr kuni “O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21 yilligiga
bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishda Respublikamiz prezidenti Islom Karimov
ma`ruza qilib, “Obod turmush yili” yakunlari haqida fikr bildirib, 2014-yilni
“Sog`lom bola yili” deya e`lon qildilar. Prezidentimiz Islom Karimov o’z
ma`ruzasida: “Biz sog`lom bola deganda, nafaqat jismoniy, balki ma`naviy
jihatdan ham sog`lom bolani o`zimizga tasavvur etamiz. Sog`lom bola, avvalo,
sog`lom va ahil oilaning mevasidir” - deb ta`kidlab o`tildi. Davlatimiz rahbari
Islom Karimov: “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining mamlakatimizni
modernizatsiya qilish va o`rta sinfni shakllantirishdagi ulkan ahamiyatini hech
narsa bilan qiyoslab bo`lmaydi”– deb ta`kidladilar.
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalar mustahkamligining o`rni beqiyosdir.
Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy
xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil
hisoblanadi. Jumladan, keyingi yillarda oilani mustahkamlashga, yosh avlodni
jismoniy va ruhiy sog`lom qilib tarbiyalashga e`tiborning kuchayishi, oilani
jamiyatning ravnaq topishidagi tutgan o`rni va ishtirokini yanada oshirish,
oilalarning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy-axloqiy manfaatlarini va
farovonligini yaxshilashni, davlat tomonidan qo`llab- quvvatlashni kuchaytirish va
izchil ta`minlash borasida aniq maqsadlarga yo`naltirilgan chora-tadbirlar
ko`rilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining 2012 yil 26 aprelda qabul qilingan “Oilaviy
tadbirkorlik to`g`risida”gi qonuni bilan oilaviy biznesning huquqiy kafolatlari
yanada mustahkamlandi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatning
muhim bo`g`ini bo`lgan oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar har bir yurtdoshimiz hayotida o`z
samaralarini ko`rsatmoqda. Ta`kidlash joizki, ushbu qonunning qabul qilinishi
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo`lib, iqtisodiy-huquqiy
jihatdan esa muhim yangilik hisoblanadi. Chunki, dunyo mamlakatlari
qonunchiligi tarixida, jumladan, bizning mamlakatimiz qonunchiligi tarixida ham
bugungi kunga qadar biznesning “oilaviy korxona” tarzidagi butunlay yangi
tashkiliy huquqiy shakli kuzatilmagan yoki boshqacha qilib aytganda qonun
darajasida mustahkamlanmagan edi.
“Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi qonun aynan shunday ixcham, boshqarish
oson, sodda va qulay korxona yaratish imkoniyatini yaratadi. Bunda korxonaning
hamma narsasi qon-qarindosh bo`lgan shaxslarga tegishli bo`lib, qaysi yo`nalish
bo`yicha ish yuritish masalasidan tortib, dam olish vaqti-yu, kimlarga qaysi vazifa
topshirish ishigacha ularning o`zlari hal qilishadi. Ular o`zlariga, ya`ni
ishtirokchilar va yollanma xodimlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozli
mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlardan mustaqil ravishda foydalanishga
haqli hisoblanadilar.
Mustaqil
O`zbekistonda
bozor
munosabatlarining
barqarorlashuvi,
iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, odamlarda
mehnatga, moddiy ne`matlarga munosabatlarning o`zgarishini taqozo etadi. Kichik
va o`rta biznes, oilaviy biznes, fermerlik harakati, qo`shma korxonalarda
tadbirkorlikning samarali usullarini joriy etish, ushbu faoliyatga imkon beruvchi
shaxs sifatlarini tarbiyalash, odamlar tafakkurida yangicha qarashlarni
shakllantirish psixologiyaning muhim masalalaridan hisoblangan tadbirkorlik
muammosini izchil ilmiy asosda o`rganishni taqozo etadi.
Bulardan tashqari, xususiy tadbirkorlik va o`rta mulkdorlar sinfi
mamlakatning asosiy tayanchi hisoblanadi.
Yoshlarda bozor munosabatlari, iqtisodiy hayot qadriyatlari, muvaffaqiyatlari,
ularga erishish yo`llari va usullari haqidagi real tafakkurni shakllantirish hamda
iqtisodiy erkin shaxsni tarbiyalashda iqtisodiy ta`lim, shu jumladan, iqtisodiy
fanlarga alohida mas`uliyat yuklaydi. Chunki yoshlarda yangicha iqtisodiy
tafakkurni shakllantirish bozor islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning
eng asosiy kafolatidir.
O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohani takomillashtirish, mamlakat ijtimoiy-
siyosiy hayotini erkinlashtirish borasidagi faol harakatning boshlanganligi,
Prezidentimizning har bir nutqi, asarlarida mulkdorlar sinfi, tadbirkorlar, kichik
biznes, dehqon va fermer xo`jaliklari muammolariga alohida o`rin berilishi
mustaqil O`zbekiston fuqarolari shaxsida ijtimoiy-iqtisodiy tafakkurni to`g`ri
shakllantirish, ularni halol tadbirkor ruhida tarbiyalash, iqtisodiy tafakkurni ilk
yoshlikdanoq, shakllantirishga e`tiborni qaratishni taqozo etadi.
Darhaqiqat, bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun
biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy
belgilab qo`yishga davlatimiz katta e`tibor qaratmoqda. Mamlakatimizda biznesni
tashkil qilishning ushbu shakli, biznesni yuritishda yuzaga kelgan milliy
an`analarimizga, xo`jalik yuritish faoliyatining mavjud holatiga to`la mos keladi.
Respublikamizda bunday biznesni tashkil qilishning qonunchilik bazasi
yaratilmoqdaki, bu oilaviy biznesning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish,
iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal va keng rivojlanishi va yangi ish
o`rinlarining ochilishiga imkoniyat yaratmoqda. Bu esa oilalarning ish bilan band
etish orqali ularning daromadlarini ko`paytirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda
mulkdor oilalarning naqadar ko`payishi oilaviy xotirjamlikni ta`minlaydi.
Tadqiqotning dolzarbligi. Hozirda tadbirkor shaxsining o`ziga xos
xususiyatlarini, uni oilaviy tadbirkorlik bilan shug`ullanayotgan shaxslarning ichki,
ruhiy psixologik omillarning psixologik o`ziga xosligini yoritib beruvchi ilmiy
tadqiqot ishlari yetarli darajada mavjud emas va bu holat O`zbekiston sharoitida
odamlarni, birinchi navbatda yoshlarni tadbirkorlikka undovchi omillarning
psixologik tabiatini o`rganish va shunga mos tarzda ta`lim-tarbiya dasturlarini
ishlab chiqishni dolzarb ilmiy muammo sifatida namoyon etadi.
Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning iqtisodiy tafakkurini to`g`ri
tarbiyalash, ularda ijtimoiy-iqtisodiy hayotga faol munosabatni shakllantirish,
ishbilarmon, ruhan tetik fuqarolarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish zarurati tadqiqot muammosini aniqlashga imkon beradi.
Mavzuning ilmiy muammosi O`zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-
aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi qonunning
mazmunidan ham kelib chiqadi. Zero, hukumatimiz rahbari ta`kidlaganidek:
“Kichik biznes – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni
mo`tadillashtirishga yordam beradigan o`rta tadbirkorlar sinfining paydo bo`lishi
demakdir. Bu – respublika bozorini zarur iste`mol tovarlari va xizmatlar bilan
boyitishdir. Bu – yangi ish o`rinlaridir. Shuni hamisha nazarda tutish kerakki, faqat
kichik va xususiy tadbirkorlikni keng, hamma joyda rivojlantirish hisobidagina
g`oyat keskin muammoni - aholini (ayniqsa, ortiqcha mehnat zahiralari mavjud
bo`lgan qishloq joylar va mintaqalarda) ish bilan bandligini ta`minlash
vazifasini hal qilishga qodir bo`lamiz”. Iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish
sharoitida iqtisodiy tafakkurning psixologik mexanizmlarini bilish ilmiy nuqtai
nazardan dolzarb bo`lib, bu quyidagilarni hisobga olish va tahlil qilishni nazarda
tutadi.
Birinchidan, iqtisodiy boshqaruv tizimini erkinlashtirish: bu maqsadda
barcha bo`g`inlardagi rahbar shaxslarda odamlar bilan ishlash va muomalaning
yangicha shakllarini hamda mos malakalarning shakllanishiga erishish. Yangicha
muomala shakllarini tarbiyalash ijtimoiy – psixologik muammo bo`lib, bu xo`jalik
subyektlari bo`lmish insonlarning dastlabki o`chog`iga oilaga, undagi o`zaro
munosabatlarga ham bevosita bog`liqdir.
Ikkinchidan, yangicha iqtisodiy tafakkurning muhim bo`lagi marketing
tafakkuri bo`lib, iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida uning namoyon bo`lishi ham
o`zgaradi. Zamonaviy talab va taklif bozori sherikchilik munosabatlarining sifat
jihatdan mukammal shakli - do`stona munosabatlar va ishonchga asoslanganligi
uchun ham, oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesdagi eng muhim va ustuvor sifat
uning alternativ ekanligiga, ya`ni o`zgalar fikriga ishonch, hurmat va ularning
rang-barangligi bilan hisoblashish, xaridorga yo`naltirilgan yondashuvga o`tish
maqsadga muvofiqdir. Bu sifatlarning tarbiyalanishida urf-odat, rasm-rusumlar va
an`analarning ahamiyati benihoyat kattadir.
Hozirgi paytda O`zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning
bo`lishi davr taqozosi bo`lib, shaxsiy dunyoqarashga ega bo`lgan insonlargina
jamiyat taraqqiyotini ta`minlovchi ko`plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir
bo`ladilar. Ana shu tariqa iqtisodiyotni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, yerga, mulkka egalik
hissini tarkib toptirish orqali odamlar turmush tarzini yaxshilash, ulardagi iqtisodiy
ong va iqtisodiy tafakkurning ham erkinlashuvi jarayonini, har bir shaxsning
mulkka munosabatining o`zgarishini taqozo etadi.
Tadqiqotning
metodologik
asosi
bo`lib,
avvalo
O`zbekiston
Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi qonuni, “O`zbekiston
Respublikasining mulkchilik to`g`risida”gi qonuni, “Iqtisodiy islohotlar
konsepsiyasi” hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to`g`risida”gi, “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish va
hisobga qo`yish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qonuni va qonun
hujjatlari,
tadqiqot
ishining
asosi
bo`lib
xizmat
qildi.
Prezidentimiz
I.A.Karimovning iqtisodiyotni erkinlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish, milliy istiqlol mafkurasi mazmunini tashkil etgan fikr va
g`oyalari tashkil qiladi.
Tadqiqot ishining o`rganilganlik darajasi. G`arb psixologiyasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy tasavvurlar konsepsiyasi (S.Moskovisi, J.Kodol, A.Dontsov,
T.Emelyanova va boshqalar), g`arb va amerikalik psixologlarning muvaffaqiyatga
erishish motivi nazariyasi (D.Makelland, D.Atkinson va nemis olimi
X.Xekxauzen) hamda Rossiya psixologlarining shaxsning faoliyatda shakllanishi
nazariyalari (L.Vigotskiy, D.Elkonin, A.Leontev, G.Andreeva va boshqalar),
o`zbek olimlarining ijtimoiy-iqtisodiy sohani tadqiq etish bo`yicha ishlab chiqqan
nazariy yondashuvlari (M.Davletshin, E.G`oziyev, G`.Shoumarov, V.Karimova,
H.Lutfullayev, D.Axmedov, O.Hayitov, G.Ochilova va boshqalar) ham xizmat
qildi.
Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Oilaviy tadbirkorlik faoliyati
orqali oilaning mustahkamligini samaradorligini ta`minlovchi ichki psixologik
omillarning konkret ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarga hamda shaxsdagi
ustuvor motivatsiya, ustanovkalarga bog`liqligini ilmiy metodlar yordamida
o`rganish. Shu asosda bugungi yoshlardagi tadbirkorlik faoliyatining real
psixologik mexanizmlarini o`rganish tadqiqotimizning ilmiy maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun bir qator vazifalar belgilab
olindi:
1. Oilaviy tadbirkorlikning O`zbekiston sharoitida rivojlanishini va oilaning
ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik jihatini o`rganishga bag`ishlangan ilmiy
adabiyotlarni tahlil qilish, ishning metodologik asoslarini belgilash va tadqiqot
dasturini tuzish;
2. Yoshlarda tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish, moyillik va ishbilarmonlik
muhim omillarini aniqlash;
3. Shaxsning tavakkal qilish darajasini aniqlovchi psixologik metodikalar
ishlab chiqish va ularni amaliyotda sinash;
4. Tadbirkorlik faoliyatining shaxsdagi tavakkalchillikka moyillik darajasini
aniqlash va tadqiqot natijalarini tahlil qilishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy farazlari. Tadqiqotda quyidagi ilmiy taxminlar ilgari
surilishi mumkin: Oilaviy tadbirkorlik shug`ullanayotgan oila farzandlari va
bugungi yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi va shu sohaga moyilligi
undagi ijtimoiy-psixologik ustanovkalarga hamda muvaffaqiyatga nisbatan
motivatsiyaning kuchiga, konkret shart-sharoitlarda bu kuchning namoyon
bo`lishiga bog`liq bo`lib, ularning motivatsion kuchi va ko`rinishlari shaxsning
ijtimoiy xulqida va muloqot jarayonida shakllanadigan sifatlarida ko`rinadi.
Oilaviy tadbirkorlik faoliyatida ustuvor bo`lgan ehtiyojlarga, eng avvalo undagi
ijtimoiy ehtiyojlarga, shunga mos tarzda asosiy faoliyat turlariga namoyon
bo`ladigan tavakkalchilik darajasiga bog`liq bo`lib, ayni yoshlik davrlarida bunday
moyillikning darajasi o`rtachadan yuqori bo`lganda samara beradi. O`ziga
ishonchning bo`lishi va tavakkalchilik psixologik xoslikka ega bo`lib, ularning
namoyon bo`lishida ijtimoiy borliq va undagi normalarning ta`siri kuchliroqdir.
Buning uchun tadbirkorlik psixogrammasi mavjud bo`lishi, unda mahalliy shart-
sharoitlar, mentalitet va moddiy hamda ma`naviy boyliklarga shaxsiy munosabatlar
inobatga olinishi kerak.
Tadqiqotning metodlari. Tadbirkor faoliyatini o`rganish uchun quyidagi
metodikalar qo`llanildi:
1. “Yoshlarning tadbirkorlik qobiliyatlarini diagnostika qilish” metodikasi
(B.Navro`z-zoda tasnifi);
2. Test-so`rovnomalar - “Muvaffaqiyatga erishish”, “Mag`lubiyatdan
qochish” motivatsiyasini o`rganishga mo`ljallangan Ellers testi hamda
“Tavakkalchilikka moyillikni” o`rganuvchi Shubert testlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning obyekti. Tadqiqot mobaynida asosan oilaviy tadbirkorlar,
yoshlarda tadbirkorlikka tasavvurlarini o`rganish uchun Buxoro davlat universiteti
magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar misolida (50 kishi), shuningdek,
Buxoro
shahrida
istiqomat
qilayotgan
va
oilaviy
tadbirkorlik
bilan
shug`ullanadigan ( 10 ta) oila tadqiqot obyekti sifatida tanlandi.
Magistrant talabalar, oilaviy tadbirkor vakillarining tadqiqot obyekti qilib
tanlanishining asosiy sabablaridan biri, bu davrning inson shaxsining
shakllanishidagi ijtimoiy ahamiyati aynan shu yoshda qiziqishlar doirasi ma`lum
ma`noda torayib, professional yo`nalish shakllanganligi, ijtimoiy tasavvurlar
maqsadga yo`nalganligi va bular shaxs taraqqiyotida yetakchi o`rin egallashi bilan
tushuntiriladi.
Ilmiy tadqiqotning predmeti bo`lib, turli jins va yosh vakillari, magistrant
talabalar, oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan oila a`zolarning
ijtimoiy va iqtisodiy tafakkurlari, ularni shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik
omillar, ijtimoiy ustanovkalar, ijtimoiy-iqtisodiy kutishlar, ijtimoiy sanksiyalar va
oilani mustahkamlovchi ichki ruhiy omillar va shaxsdagi tadbirkorlik faoliyati
bilan shug`ullanishga imkon beruvchi fazilatlar ishning predmeti sifatida tanlandi.
Ilmiy tadqiqotning yangiligi. Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangiligi hamda
qiymati quyidagilar bilan izohlanadi:
1. Tadqiqotda birinchi marta yoshlarning tadbirkorlikka oid tasavvurlarini
o`rganish mexanizmi ilmiy-nazariy jihatdan o`rganildi va tahlil qilindi.
2. Tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishish va mag`lubiyatdan qochish
motivatsiyasi shakllanishining psixologik nuqtai nazardan psixologiyaning obyekti
sifatida qamrab olindi. Tadqiqot natijalarini tahlil qilish uchun psixologiyaning
asosiy metodlari qo`llanilib va shu bilan tadqiqot tom ma`noda predmetlararo
izlanishlarning samarasini ko`rsatish namunasi sifatida e`tirof etildi.
3. Ilk marotaba oilaviy tadbirkorlar va yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy ongi va
tasavvurlarini o`rganish, shaxs fazilatlarini ijtimoiy ustanovkalar orqali
shakllantirish jarayonida tadbirkorlar fikridan tashqari, jamoatchilik fikridan ham
samarali foydalanildi va ularni ushbu jarayonga faol ravishda tortish mexanizmi
ishlab chiqildi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati bevosita
uning ilmiy yangiligi va tadqiqot metodlarining ishonchliligidan kelib chiqadi.
Bizning tadqiqotimizda kichik biznes subyektlari va tadbirkorlarda iqtisodiy
tafakkurni shakllanish mexanizmlarini o`rganish yo`nalishiga o`ziga xos nazariy
hissa bo`lib qo`shiladi. Tadqiqotning nazariy ahamiyati shundaki, unda qo`lga
kiritilgan nazariy xulosa va tahlillar psixologiya fanini ma`lumotlar bilan boyitadi.
Tadbirkorlik faoliyatining “o`zbek” modelini yaratishda o`ziga xos bir ulush
bo`lib xizmat qiladi. Bu modelni yaratishda o`z yechimini kutayotgan
tadbirkorlarimizning bir qator psixologik xususiyatlari ochiladi. Natijalar
psixologiya fanini yangi manbalar va empirik ma`lumotlar bilan to`ldiradi.
Ishning amaliy ahamiyati shundaki, tadbirkorlik sifatlarining namoyon
bo`lishi oila va ta`lim muassasalarida bolalar tarbiyasini tashkil etishda
tavsiyalarga asos bo`ladi. Bundan tashqari, olingan natijalar asosida tadbirkorlar,
ishbilarmonlar va ota-onalar uchun bolalarning iqtisodiy ongini shakllantirish
bo`yicha metodik ko`rsatmalar hamda tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunday tavsiya
va ko`rsatmalar maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, ayniqsa,
oliy o`quv yurtlarida ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik bilimlarni takomillashtirish
va bu muassasalar psixologlari uchun dasturlar ishlab chiqishda qo`l keladi. Shu
bilan birga, ular psixologiya fanini va psixologik tadqiqotlarni yangi ma`lumotlar
bilan boyitadi.
Himoyaga tavsiya qilinayotgan holatlar:
1. Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish, yoshlardagi iqtisodiy tafakkur
va ongidagi mavjud tadbirkorlikka oid tushunchalar, his-tuyg`ular, milliy
xarakterning o`ziga xos namoyon bo`lishini ta`minlaydiki.
2. Tadbirkorlik fazilatlari eng avvalo shaxsdagi tadbirkorlik faoliyatining
o`zaro mutanosibligiga bog`liq bo`lib, muvaffaqiyatga erishish va mag`lubiyatdan
qochish motivatsiyalarining vujudga kelishi, mazmuni, tavakkalchilikka tayyorlik
darajalarining nisbati bir-biridan farq qilishiga qaramay, ularning barchasi shaxsda
tadbirkorlik faoliyati yaxlit faollik sifatida namoyon bo`ladi. Xuddi shu sababdan
ularni alohida-alohida o`rganish mumkin emas, chunki ularda motivatsion,
emotsional-irodaviy, baholash, nazorat aspektlari uyg`unlashgan bo`lib, o`zaro
uzviy bog`liqlikda hukm suradi.
3. Tadbirkorlik motivatsiyasi, tarbiyalash mumkin bo`lgan ijtimoiy faoliyat
ko`rinishi bo`lib, uning samarasi va mazmun-mohiyati shaxsdagi ehtiyojlar tizimi,
tavakkalchilik darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy tasavvurlar tizimiga bog`liqdir.
Shuning uchun ham tadbirkorlik motivatsiyasini shakllanish jarayonida maxsus
ijtimoiy treninglar va faol tayyorgarlik metodlaridan foydalansa bo`ladi, ular
yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy ong va tafakkur ko`lamini kengaytirib, uni ijtimoiy
obyektlarga nisbatan baholar berish mazmuniga ta`sir ko`rsatadi.
Dissertatsiyaning tuzilishi: Dissertatsion ish kirish, 3 bob, 7 ta paragraf,
xulosa, amaliy tavsiyalar, adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iborat. Ishning
umumiy hajmi __ bet.
XULOSA
Mamlakat iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgan bir davrda siyosiy, ijtimoiy,
iqtisodiy sohadagi yutuqlar, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik xususida ilmiy
xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mazkur tadqiqot ishi bugun tadbirkordan
qanday mohirlik, qobiliyat va bilim talab qilishi to`g`risida yetarli ma`lumot
beradi. Oilaviy tadbirkorlik faoliyatni o`rganishga bag`ishlangan tadqiqot ishimiz
oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etayotgan oilalarga bir qancha xulosa va
tavsiyalarni beradi.
1. Muvaffaqiyatga intilish yoki mag`lubiyatlardan qochish motivatsiyasi
tadbirkor shaxsini faoliyatga undovchi muhim psixologik mexanizm bo`lib, yosh,
individual va oilaviy muhitga bog`liq.
2. Tadbirkorlik bilan shug`ullanish nisbatan motivatsiya mohiyatan ijtimoiy
xarakterga ega bo`lib, u shaxsning jamiyatdagi axloqiy normalar va qadriyatlarga
munosabati hamda ma`naviy dunyoqarashiga bevosita bog`liq tarzda namoyon
bo`ladi.
3. Oilaviy tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida jamiyat
tomonidan boshqariladigan jarayondir.
4.
Tadbirkorlardagi
tavakkalga
moyillik
undagi
ijtimoiy-psixologik
ustanovkalarga va mehnat motivatsiyalariga bog`liq bo`lib, ularni aniq faoliyatlar
misolida o`rganish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo`ladi.
5. Tavakkalchilikka bo`lgan munosabat doirasidagi tadqiqot natijalari shuni
ko`rsatdiki, aksariyat tadbirkorlar deyarli tavakkalchilikni so`nggi chora deb e`tirof
etishib, o`zlari bilan yuqori mustaqillikni, faollikni, o`zlariga ishonch hissini
namoyon etishib, ko`proq o`z kuchlariga ishonishni afzal ko`rishar ekan. Yana shu
narsa aniqlandiki o`zbek tadbirkorlari tavakkalchilikning o`rta me`yorini, ya`ni uni
o`rta darajada bo`lishini afzal ko`rishar ekan.
6. Tadbirkorlar faoliyatidagi real tavakkalning yuqori darajasi, ularning fikricha,
raqobatning o`sishi bilan bog`liq deb ko`rsatilgan.
• yangi ishni mustaqil tashkil etish;
• ishonchli hamkor topish.
7. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati muvaffaqiyatining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari aniqlab olindi, ularning asosiylari:
• o`z muammolarini mustaqil yechishdagi keng imkoniyatlar;
• o`z raqobatbardoshligani yuqori baholash;
• asosiy sheriklarning ishonchliligani yuqori baholash.
Xulosa qilib aytganda, oilalarning muhim daromad manbai va mulkdorlar
sinfini shakllantirishning asosi bo’lgan xususiy sektorning mavqeini yanada
oshirish oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Oilaviy
tadbirkorlikning dolzarbligi shundaki, aholini ish bilan ta’minlash bilan birga, oila
iqtisodini yaxshilash bilan birga oiladagi barqarorlikni, ularning daromadlarini
oshirish, davlat byudjetiga tushumlarni ko’paytirish, pirovardida, oila
farovonligini, xalqning to’kin - sochin hayot kechirish imkoniyatlariga ham ega
bo’ldi.
AMALIY TAVSIYALAR
Tadqiqot ishimizdan kelib chiqib bir nechta amaliy tavsiyalar ishlab chiqdik.
Oilaviy tadbirkorlik iqtisodiy munosabatlar jarayonida kerak bo`ladigan qirralari
xususida mushohada yuritmoqchimiz.
Birinchidan, tadbirkorlikda aqliy salohiyat, intellektual xususiyatlar
rivojlangan bo`lishi lozim. Bu sifatlar yana bir qator sifatlar bilan bog`liq:
muammo va to`siq, qiyinchiliklarni oldindan ko`ra olish layoqati, rivojlangan
hayot jarayonlari, oldindan ko`p sabab va oqibatlarni tasavvur qila olish, real
fantaziya, tafakkurdagi kreativlik (ya`ni ijodiy yondasha olish qobiliyati) va
boshqalar. Bu sifatlarning barchasi eng avvalo tadbirkorning o`z oldiga real
maqsadlar qo`yish va o`z faoliyatini rejalashtira olishga imkon beradi.
Ikkinchidan, tadbirkorga kommunikativ sifatlar zarur, ya`ni tadbirkorlik
ko`pincha amalda ko`pchilikning birgalikdagi harakatlari bo`lgani uchun ham
tadbirkorga odamlar bilan to`gri va o`rinli muomala qilish mahorati zarur. Bu
xususiyatlarga, avvalo, ko`pchilik fikrini muvofiqlashtira olish, begonalarga
nisbatan ijtimoiy nuqtai nazardan sabr-toqatli bo`lish, ba`zan oqimga qarshi bora
olish, ya`ni agar manfaat talab qilsa, oxirigacha o`z nuqtai nazarini va
qiziqishlarini himoya qila olish, turli toifa, jins va yosh xususiyatli insonlar bilan
gaplasha olish va o`z fikrini tushuntira olish kabi qator sifatlar kiradi.
Uchinchidan, tadbirkor ko`pincha tavakkal qilishga majbur bo`lgani uchun,
unga o`ziga xos irodaviy sifatlar kerak ularga dastavval, tavakkal qila olish
qobiliyati, o`z harakatlari, istaklari va ehtiyojlarini nazorat qila olish, kurashish,
g`alaba qilish ishtiyoqi, o`z “Meni”ning fazilatlarini ko`rsatish orqali,
ko`pchilikning e`tiboriga sazovor bo`lish, qat`iyat, talabchanlik, intiluvchanlik,
qo`rqmaslik, dadillik kabi qator fazilatlar kiradi.
To`rtinchidan, tadbirkor o`z-o`zini haddan ziyod “ezadigan”, tadbirkorlik
faoliyatiga o`ta “berilgan” bo`lganligi uchun ham unga yaxshigina sog`liq,
salomatlik, kuch-quvvat va kelajakka ishonch zarur. Tadbirkorning asosiy motivi,
ya`ni faoliyatning maqsadi pul topish, uni jamg`arish va foyda uchun sarflash
bo`lganligi uchun ham, ular uchun pul bilan to`gri muomalada bo`lish katta
ahamiyat kasb etadi.
Tadbirkorning ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik bilimini oshirish maqsadida
mazkur, soha mutaxassislari uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.
• bozor munosabatlarining barqarorlashuvini ta`minlashga qaratilgan mavjud
qonun-qoidalarni yanada mustahkamlash;
• oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan bir qatorda kasanachilik, xalq
hunarmandchiligi rivojlantirish;
• joylarda kichik va o`rta biznesni tashkil etish (ayniqsa, tuman, qishloqlarda);
• fermerlik harakatiga keng yo`l ochish; qo`shma korxonalar tashkil etish;
• qo`shma korxonalarda tadbirkorlikning samarali usullarini joriy etish
(jamoalardagi psixologik muhitni stimullashtirish);
• ushbu faoliyatga imkon beruvchi shaxs sifatlarini tarbiyalash (ijtimoiy xulq
normalari va sanksiyalari asosida);
• odamlar tafakkurida yangicha qarashlarni shakllantirish psixologiyaning
muhim masalalaridan hisoblangan tavakkalchilik muammosini izchil ilmiy asosda
o`rganish (mag`lubiyatdan qochish va muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini
diagnostika qilish, tavakkalchilikka tayyorlik darajasini aniqlash va shaxsdagi
asosiy ehtiyojlarni qoniqqanlik darajasini aniqlash);
• tadbirkorlikning iqtisodiy-psixologik o`ziga xosligani yoritib berish va bu
holat O`zbekiston sharoitida odamlarni, birinchi navbatda yoshlarni tadbirkorlikka
undovchi psixologik tabiatini o`rganish (empirik tadqiqotlar zamirida);
Hozirgi zamon tadbirkorining faoliyatini tahlil qilishdan avval, unga xos
bo`lishi lozim bo`lgan sifatlar xususida to`xtab o`tish kerak.
Respublikamizning barcha aholisi ushbu sohaning mazmun – mohiyatini
tushunib yetishi uchun ularga xizmat ko’rsatuvchi organni tashkil etish, mavjud
ommaviy axborot vositalari orqali oilaviy tadbirkorlik haqida ma’lumot berishni;
ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.:
“O`zbekiston”, 2011.
2. Karimov I.A. Jahon moliyaviy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf
etishning yo`llari va choralari/ I.A. Karimov.- T.: O`zbekiston, 2009.
3. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch / I.Karimov. – T.:
“Ma`naviyat”, 2008.
4. Karimov I.A O`zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: O`zbekiston, 1998.
5. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil
davom ettirish – davr talabi: 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishtirish yakunlari va 2009 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi
ma’ruza // Xalq so`zi gazetasi. – 14.02.2009. – № 33-34
6. Kasanachilik to’g’risidagi Nizom. 2006 y., 11 yanvar., “Xalq so’zi” gazetasi.
7. Hayitov O.E., Ochilova G.O. Tadbirkorlik psixologiyasi: O`quv qo`llanma.
1- kitob. Oliy o`quv yurtlari magistratura talabalari uchun.// Prof. V.M.Karimova
umumiy tahriri ostida.- T.: Fan va texnologiya”, 2008.
8. Karimova V.M., Akromova F.A. Iqtisodiy psixologiya. Ma’ruzalar matni.-
T.:”Shams ASA” MCHJ bosmaxonasi, 2002.
9. Akramova F.A. “Iqtisodiy psixologiya” fani bo`yicha ta`lim texnologiyasi /
“Iqtisodiy ta`limdagi o`qitish texnologiyasi” seriyasidan. – T., 2007.
10. Hayitov O.E. Lavozimga da’vogar imidjini shakllantirish va rivojlantirish
bosqichlari // Ta’lim menejmenti. – 2008.
11. Hayitov O.E. Muvaffaqiyatga erishish motivining ijtimoiy xulqqa ta’sirini
o`rganish // Iqtisodiyot va ta’lim. – 2001.
12. Qosimova M.S., Xodiyev B.YU., Samadov A.N., Muhitdinova U.S. Kichik
biznesni boshqarish. O`quv qo`llanma. – T., 2003.
13. Shodmonov SH., Jo`rayev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. – T.,
2000.
14. S.S.G`ulomov. Tadbirkorlik va kichik biznes. Toshkent, ToshDAU 1998.
15. Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi: Oliy ta’lim, xalq ta’limi, sog’liqni
saqlash, o`rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalarining ma’muriy xodimlari
uchun qo`llanma. – T., 2007.
16. Karimova L.I. Yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida reklamaning
psixologik muammolari / Ta`lim va tarbiya. – 2003.
17. Maxmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi: O`quv qo`llanma / Mas`ul
muharrir: A.Xolbekov. – T.: DJQA «Rahbar» markazi; «YUNAKS-PRINT»
MCHJ, 2006.
18. Maxmudov I.I. Mehnat kollektivining psixologik muhitini o`rganish.
Uslubiy qo`llanma / Talabalar va psixologlar uchun. – T.: ToshDU, 1993.
19. Mullaboyeva N.M. Tavakkalchilikning yosh va psixologik xususiyatlari
(o`smir va o`spirinlik davri misolida): Psixol. fan. nomzodi .... dis.: 19.00.05. – T.:
O`zMU, 2007.
20. Bekmurodov A.SH., Sattorov S. To`rayev J., Soliyev K., Ro`ziyev S.
Kichik biznes va tadbirkorlik rivoji – davr talabi. - T.: TDIU, 2005.
21. Muhammedov M., Istamov D., Hamroyev M., Qudratov A. Tadbirkorlik
iqtisodiyotining asoslari. O`quv qo`llanma. Samarqand, 1998.
22. A.Abdullayev, Q.Muftaydinov, X.Aybeshov. Kichik biznesni boshqarish.
Toshkent, “Moliya” 2003. 192 b.
23. Yakovlev V. Yoshlarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish jihatlari /
Bozor, pul va kredit. – 2000. – №1-2.
24. Xo`jayev N., To`rayev X., Saidmurodov S., Hakimov T. Iqtisodiy bilim
asoslari. – T., 2005. – 120 b
25. Xo`jayev N., Ivatov I. Iqtisodiy bilim asoslari. – T., 1999.
26. Tojiboyeva D., Xo`jayev N., Avalova G. Iqtisodiy pedagogika: O`quv
qo`llanma. – T., 2008. – 256 b.
27. G`ulomov S.S. Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti: (O`quv
qo`llanma) / Muharrir A. Abdumajidov. – T.: Mehnat, 1997.
28. O`zbekistonda ishbilarmonlik va tadbirkorlikning rivojlanishi / Mirziyoyev
SH.M., Oqnazarov F.A., O`rmonov M.O`. – T.: «Universitet», 1993.
29. Rahimov M. Iqtisodiy islohot sharoitida mehnat. – T.: Fan, 1993.
30. Ishmuhamedov A.E., Eshov M.P., Sunnatov M.N. Bozor iqtisodiyoti va
biznes asoslari: O`quv qo`llanma. – T.: TDIU, 2006.
31. Meliya M. Biznes – eto psixologiya: Psixologicheskie koordinati jizni
sovremennogo delovogo cheloveka / Marina Meliya. – 3-e izd. dop. – M.: Alpina
Biznes Buks, 2005.
32. Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi: O`quv qo`llanma. – T.: 2006
33. Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti: Oliy o`quv yurtlari
magistrantlari uchun darslik. / S.G`ulomov, M.Sharifxo`jayevlar tahriri ostida / –
T.: O`qituvchi, 2000.
34. Ayollar psixologiyasi: an`anaviylik va o`zgaruvchanlik // Respublika ilmiy-
amaliy anjuman materiallari (Toshkent, 9 noyabr’ 2002 yil). – T.: «KO`HINUR»,
2002.
35. Gulyamov S.S. Menejment va biznes asoslari.T.: Mehnat, 1997-351
36. Abdullayev A. va b. Kichik biznesni boshqarish. T. 2003.
37. Avtonomov V.S. Model cheloveka v ekonomicheskoy nauke. – SPb., 1998.
38. Makklelland D. Motivasiya cheloveka. – SPb., 2007.
39. Maslou A. Motivasiya i lichnost. – 3-ye izd. / per. s angl. – SPb., 2009
40. Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.D., Abduxalilova L.T., Muhitdinova
U.S., Yo`ldashev M.M. Strategik marketing. O’quv qo’llanma. – T., 2004.
41. Saidmurodov S.S, Mahmudov N.M., Abirqulov Q.N, Dadaboyev Q.A.
Resurs tejamkorlik. O’quv qo’llanma. – T., 2002
42. Mamajonova
D.
Reklamani
idrok
qilishning
ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari // Ta’lim menejmenti. – 2007. Psixologiya menedjmenta: Uchebnik. /
Pod red. G.S. Nikiforova. – 2-ye izd. dop. i pererab. – SPb., 2004.
43. Salimova T.A. Istoriya upravleniya kachestvom: Uchebnoye posobiye. /
Salimova T.A., Vatolkina T.Sh. – M., 2005.
44. G`oziyev E.G`. Oliy maktab psixologiyasi.-Т.:1997
45. G`oziyev
E.G`.
Faoliyat
va
xulq-atvor
motivatsiyasi.-Тoshkent:
Universitet, 2003
46. G`oziyev E.G`. Hamkorlik psixologiyasi.-Т, 1992
Internet manbalari:
1.
www.google.uz
2.
www.psy.ru
3.
www.ziyonet.uz
4.
www.doc.uz
5.
www.koob.ru
6.
www.lex.uz
7.
www.gov.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |