Bo’g’imlar jarohatlanishi. Tasniflanishi: - yopiq va ochiq (otma qurol natijasida va uning natijasida bo’lmagan); o’qdan, snaryad parchasidan; teshib o’tib ketgan, ko’r, urinib o’tib ketgan; ichkariga kirgan va ichkariga kirmagan.
Og’irligi bo’yicha: kapsulali izolyastiya qilingan jarohatlar va epifizlarning ahamiyatsiz shikastlanishi bilan teshib o’tib ketgan jarohatlar; epifizlarning cheklangan darajadagi shikastlanishi bilan kechadigan bo’g’imlarning ko’r ichkariga chuqur kirgan jarohatlari; bo’g’im ichidagi parchali sinishlar. Bo’g’imlar jarohatlanishida umumiy alomatlar: qon quyilishi, shok, infekstiyali asoratlarning umumiy namoyon bo’lishlari. Mahalliy alomatlari: Gemartoz, palpastiyada va o’qi bo’ylab bosim berilganda og’riq, sinovial (serali, gemorragik, yiringli) suyuqlikning oqib ketishi, rentgenologik ko’rikdan o’tkazish. Yiringli asoratlar: bo’g’im empiemasi; kapsulyar flegmona; osteoartrit; yirinli penartrit.
Do'stlaringiz bilan baham: |