Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash .Pedagogik mahoratni oshirirsh.
O’quvchi:Mustaqil ishlashni o’rganadi.O’z fikrini ravon bayon qila oladi.Shu mavzu asosida qo’shimcha materiallar izlaydi,ularni o’rganadi.Do’stona muhitda,hamkorlikda ishash ko’nikmasi shakllanadi.
|
G’afur G’ulomning ‘’ Mening o’g’rigina bolam’’ voqeiy hikoyasi
I.Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad. O’quvchilarga “ Mening o’g’rigina bolam ” hikoyasi haqida ma’lumot berish.
2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni to’g’rilik , rostgo’ylik ,halollik ,insonga mehr –muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni og’zaki nutqini o’stirish,o’z fikrini erkin ifodalash ,nazariy xulosalar chiqarish ko’nikmasini rivojlantirish.
II. Darsning metodi :”Ko’rsatmali o’qitish”, “Bliss – so’rov”,”Klaster”
III.Darsning usuli.
IV. Darsning jihozi: 5-sinf adabiyot darsligi, adibning rasmi, kitoblari, elektron darslik, rag’bat kartochkalari, ko’rsatmali qo’llanma (jadval)
V.Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism (3daqiqa)
2. Uy vazifa
3. O’tilgan mavzuni takrorlash
4. Yangi mavzu bayoni
5. Mustahkamlash (7 daqiqa)
6. Darslik bilan ishlash (10daqiqa)
7. O’quvchilar bilimini baholash
8. Yakuniy fikirni aytib, uyga vazifa berish (2daqiqa)
VI. Darsning borishi
O’tilgan mavzu: G’afur G’ulomning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
G’afur G’ulom 1903-yilning 10-may kuni Toshkentning Qo’rg’ontegi mahallasida tug’ildi.
1916-yilda rus-tuzem maktabiga kirib o’qidi. 45 yillik ijodi davomida G’afur G’ulom ko’pdan-ko’p she’r, doston, ocherk, feleton, hajviya, hikoya, qissa, maqola, tarjima asarlar e’lon qilgan. Yaxshilik, ezgulik, birodarlik, do’stlikni ulug’ladi. Kelajakka katta umidlar bilan qarashga undadi. Bular uning asarlariga xos bo’lgan muhim xususiyatlardir.
G’afur G’ulom Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o’zbek she’riyatining katta bilimdoni edi.
1943-yilda O’zbekiston fanlar akadimiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.
Unga o’zbek adabiyoti, fani va madaniyati rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni 1999-yilda Prezidentimiz farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun ” ordeni bilan taqdirlandi.
2003-yilning may oyida G’.G’ulom tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Toshkent shahrining eng katta istirohat bog’laridan biriga shoir nomi bilan, haykali o’rnatildi. Metro bekatlaridan biri ham G’.G’ulom nomi bilan ataldi.
Adib 1966-yilning 10-iyunida vafot etdi.
G’afur G’ulom she’rlar bilan birga o’nlab hikoyalar “Netay ”,”Yodgor ”,”Tirilgan murda ” singari qissalr ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari-“Kuzatish”, “Sen yetim emassan ”, “Vaqt ”, “Sog’inish ”,”Onalar” singari she’rlari yaratildi.
Uning yana bir mashhur asari- “Shum bola ”qissasi 1936-yilda yozilgan bo’lsa- da, 60-yillarda adib uni qaytadan ishladi, yanada sayqalladi. G’afur G’ulomning o’zi “Vaqt ”she’rida bashorat qilgan ezgu istaklari aynan mustaqillik yillarida ro’yobga chiqdi:
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g’aniymatdir, umruzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir , umrimiz boqiy.
G’afur G’ulom hayoti va ijodi bo’yicha “Blis – so’rov” o’tkaziladi.
T/r
|
G’afur G’ulom
|
She’rlar
|
To’plam
lari
|
Hikoya
lari
|
Qissa
lari
|
Doston
lari
|
Ballada
lari
|
1
|
“Vaqt”, “Sog’inish”,
“Ona”,
“Sen yetim emassan”
|
+
|
|
|
|
|
|
2
|
“Dinamo”
“Tirik qo’shiqlar”
|
|
+
|
|
|
|
|
3
|
“Shum bola”,
”Yodgor”,
“Netay”,
“Tirilgan murda”
|
|
|
|
+
|
|
|
4
|
“Mening o’g’rigina bolam”,”Hiylai sha’riy”
|
|
|
+
|
|
|
|
5
|
“Ko’kan”
|
|
|
|
|
+
|
|
6
|
“To’y”,
“Ikki vasiqa”
|
|
|
|
|
|
+
|
Do'stlaringiz bilan baham: |