Undan tashqari, qayta ishlash sanoatini xom ashyo bilan to‘liq ta’minlash ishlari natijasida, natural xo‘jalikdan tovar xo‘jaligiga o‘tish imkoniyati yaratildi. Buning yaqqol dalili sifatida raqamlarga murojaat qilamiz, ya’ni, 1978-1988 yillardagi qishloq xo‘jaligidagi yetishtirilgan yalpi mahsulotlarning o‘rtacha o‘sish sur’atlarini olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich mana shu 9-10 yillar ichida o‘rtacha 6,5 % ni tashkil etgan. Agrar islohotlarning yana bir ahamiyatli tomoni shundan iboratki, unda qishloqlarda sanoat ishlab chiqarish faoliyatini olib borishga ruxsat berilganligidir. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga va birinchi navbatda, ichki va tashqi bozor uchun, xalq xo‘jalik iste’moli mollarini yetqazib berishga, asosiy e’tibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |